Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Pulli kapital daromadlaridan olinadigan soliq



Yüklə 5,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə312/338
tarix18.09.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#145110
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   338
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

Pulli kapital daromadlaridan olinadigan soliq
– dividendlar, aksiya 
va obligatsiyalarning foizlari, bankdagi omonatlar bo‘yicha foizlar, zayomlar 
bo‘yicha yutuqlar va boshqa shunga o‘xshash bir necha daromadlardan 
olinadi. Avstriya, Kanada, Ispaniya, Fransiya kabi mamlakatlarda amal 
qiladi. Pulli kapitalning egasiga daromad berilayotgan paytda soliq ushlab 
qolinadi. Soliqning stavkasi 20%dan 40%gacha tebranadi. 
Progressiv soliq
– soliqqa tortish bazasining oshishi bilan soliq 
stavkasining ko‘tarilishi xarakterlidir. Progressiv soliqlarning orasida eng 
ko‘p uchraydigani daromad solig‘idir. 
Progressiv soliqqa tortish
– soliqqa tortiladigan summaning 
o‘sishiga mos ravishda soliq stavkasi ham ortadigan soliqqa tortish tizimi. 
Ular quyidagi shakllarda mavjud bo‘ladi: 1) oddiy progressiya – 
daromadning barcha summasi uchun soliqning stavkasi daromadning 
o‘sishiga muvofiq o‘sadi (ortadi); 2) murakkab progressiya – daromad 
qismlarga bo‘linadi va ularning har biri o‘z stavkasi bo‘yicha soliqqa tortiladi. 
Daromadning har bir keyingi qismi uchun soliqning stavkasi oldingisiga 
nisbatan yuqoriroq bo‘ladi. 
Proportsional soliq
– soliq shaklida olinishi mumkin bo‘lgan summa 
soliqqa tortish bazasining o‘lchamiga (miqdoriga, hajmiga) proportsionaldir. 
Bu soliq yagona stavkali soliqlar jumlasiga kiradi. 
Proportsional soliqqa tortish
– soliqning stavkasi soliq to‘lovchi 
daromadining hajmiga bog‘liq bo‘lmagan holda uning daromadiga nisbatan 
foizda o‘rnatiladi.
Preferentsiya
– 
investitsion 
va 
innovatsion 
xarajatlarni 
moliyalashtirish uchun investitsion soliq krediti va maqsadli soliq imtiyozi 
ko‘rinishida belgilangan (o‘rnatilgan) imtiyoz, afzallik. 

Respublika byudjeti
– Davlat byudjetining umumdavlat tusidagi 
tadbirlarni 
moliyalashtirishda 
foydalaniladigan 
qismi 
bo‘lib, 
unda 
daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili 
mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari 
va miqdori nazarda tutiladi. 
783 
ta’kidlangan byudjetlardan moliyalashtiriladi: fan, ta’lim, madaniyat, sog‘liqni 
saqlash, jismoniy tarbiya va sport (Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, 
viloyatlar va Toshkent shahri byudjetlaridan moliyalashtiriladigan byudjet 
tashkilotlari bo‘yicha); ijtimoiy ta’minot; aholini ijtimoiy himoya qilish; 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari 
hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini ta’minlash; iqtisodiyot 
turli tarmoqlarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent 
shahri byudjet tashkilotlarini saqlash; qonun hujjatlariga muvofiq iqtisodiyot 
tarmoqlarini rivojlantirishning maqsadli dasturlari va tadbirlarini amalga 
oshirish; qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar. 

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin