Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Respublika byudjeti defitsitini moliyalashtirish



Yüklə 5,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə316/338
tarix18.09.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#145110
1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   338
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

Respublika byudjeti defitsitini moliyalashtirish
– davlat tomonidan 
xorijdan va ichki mablag‘ni jalb qilish, respublika byudjeti mablag‘larining 
moliya yili boshlanishidagi qoldiqlari va qonunlarga muvofiq boshqa 
manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Real soliq
– soliq to‘lovchining ayrim mulklarini soliqqa tortadigan 
to‘g‘ri soliqlardan iborat.
Regressiv soliq
– soliqqa tortiladigan daromadning oshishi bilan 
soliq stavkasining pasayishi xarakterlidir. Bunday soliqlar toifasiga
xususan, egri (bilvosita) soliqlarni kiritish mumkin. Regressiv soliqlarning 
yuki (og‘irligi) boylarga nisbatan kambag‘al qatlamlar uchun og‘irroq deb 
sanaladi. Masalan, qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash uchun kambag‘allar 
boylarga nisbatan o‘z daromadlarining ko‘proq qismini (hissasini) 
sarflaydilar. Proportsional soliq ham regressiv bo‘lishi mumkin. 
Regressiv soliqqa tortish
– soliq asosi (bazasi)ning o‘sib borishi 
bilan soliq stavkasining pasayishini taqoza etadi. Soliq undirish og‘irligi 
daromadga teskari prorportsionaldir: daromad qancha kam bo‘lsa, soliq 
to‘lovchi uchun soliqning og‘irligi shuncha og‘irdir. Hozirgi paytda qo‘shilgan 


772 
qiymat solig‘ining joriy etilishi bilan egri (bilvosita) soliqlarning regressivligi 
kuchayib bormoqda. 
Rezidentlar
– kalendar yilida mamlakatda 183 kundan kam 
bo‘lmagan muddatda yashagan, O‘zbekistonda doimiy yashash joyiga ega 
bo‘lgan va bo‘lmagan soliq to‘lovchilardan iborat. Shu mamlakatning 
rezidentlarining daromadlari (shu mamlakat hududida va undan tashqarida 
olinganlari ham) shu mamlakatda soliqqa tortilishi shart. 

Soliqlar
– qonunda belgilangan tartibdagi stavka bo‘yicha xo‘jalik 
yurituvchi subyektlardan va fuqarolardan davlat tomonidan davlat yoki 
mahalliy byudjetga olinadigan majburiy to‘lovlar. Soliq, yig‘im, boj va 
boshqa to‘lovlar deyilganda qonuniy aktlar asosida belgilangan tartibda va 
shartlarda to‘lovchilar tomonidan tegishli darajadagi byudjetlarga yoki 
byudjetdan tashqari fondlarga majburiy badallarning to‘lanishi tushuniladi. 
Belgilangan tartibda olinadigan soliqlar, yig‘imlar, bojlar va boshqa 
to‘lovlarning yig‘indisi soliq tizimini tashkil etadi. 

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin