To‘g‘ri (bevosita) soliqlar – daromad solig‘i, foyda solig‘i, resurs
to‘lovlari, mol-mulk solig‘i va boshqalardan iborat bo‘lib, ularga egalik qilish
va ulardan foydalanish soliqqa tortish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
To‘g‘ri (bevosita) soliqqa tortish – shaxsan yoki ish beruvchi orqali
soliqlarni soliq xizmatlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lash orqali amalga
oshiriladigan jamiyat a’zolarini bevosita soliqqa tortishdan iborat. Aniq bir
shaxsning ahvoliga bog‘liq bo‘lmasdan, balki uning qanday mahsulotlarni
sotib olishiga bog‘liq bo‘lgan egri (bilvosita) soliqqa tortishdan farq qiladi.
To‘lov balansi - ma’lum bir davr (oy, chorak, yarim yil, yil) mobaynida
mamlakat tomonidan xorijga to‘langan to‘lanmalar va xorijdan olingan
to‘lovlar o‘rtasida nisbat. O‘z ichiga tegishli davrda mamlakat tovarlari
eksporti va importi qiymatlarini ifodalovchi savdo balansini, xizmatlar
balansini va notijoriy to‘lovni oladi. Bularning barchasi joriy operatsiyalar
bo‘yicha to‘lov balansini shakllantiradi. Mamlakatning umumiy to‘lov balansi
esa joriy operatsiyalar bo‘yicha to‘lov balansi, kapitallar va kreditorlar
harakati balansi, shuningdek, oltin va valyuta rezervlari harakati balansidan
tashkil topadi.
To‘lov aylanmasi – mamlakat iqtisodiyotidagi barcha pulli to‘lovlar
(pul to‘lovlarining) majmui (yig‘indisi, to‘plami).
To‘lovlarning navbatliligi - bir necha muddatli va muddati o‘tib
ketgan to‘lovlar mavjud bo‘lganda va ularni to‘liq to‘lash (qaytarish, uzish)
uchun mablag‘lar etarli bo‘lmagan holda to‘lovchining hisob varag‘idan pul
mablag‘larini o‘tkazish (olish, undirish) ketma-ketligi.
Tibbiyot sug‘urtasi – sog‘liqni saqlash bo‘yicha aholi manfaatlarini
sotsial himoya qilishning shakli. Sug‘urta hodisasi ro‘y bergan paytda
fuqarolarga tibbiy yordam olinishini kafolatlaydi. Ikki shaklda amalga
oshirilishi mumkin: majburiy va ixtiyoriy.