206
8-BOB. XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLAR
58
MOLIYASI – DAVLAT MOLIYAVIY
SALOHIYATINING ASOSI
8.1. Davlatning moliyaviy salohiyati va uning
xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyasi bilan
o‘zaro bog‘liqligi
Davlatning moliyaviy salohiyati bozor iqtisodiyoti subyektlari
va aholining pul daromadlari va jamg‘armalari asosida shakllanib,
bir-birlari bilan o‘zaro bog‘langan quyidagi bo‘g‘inlardan tashkil
topadi:
•
respublika va mahalliy byudjetlar, byudjetdan tashqari davlat
maxsus fondlari byudjetlari; davlat kredit resurslari; davlat (unitar)
xo‘jalik yurituvchi subyektlari (XYuSlari) va davlatning ishtirokidagi
XYuSlar moliyasi. Davlatning moliyaviy salohiyati tarkibiga asosiy
fondlar, tugallanmagan ishlab chiqarish, moddiy aylanma
mablag‘lar, uy-ro‘zg‘or mulklari, nomoddiy aktivlar qiymati – inson
kapitali kiradigan moddiy kapital ko‘rinishidagi milliy boylik hajmini
kiritish mumkin;
•
xususiy XYuSlar moliyaviy salohiyati. U aylanmadan tashqari
aktivlar va aylanma aktivlarining yig‘indisidan tashkil topadi. Bu
yerda aylanmadan tashqari aktivlar nomoddiy aktivlar, asosiy
vositalar, tugallanmagan ishlab chiqarish, moddiy boyliklarga
daromadli investitsiyalar, uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar
(qo‘yilmalar), aylanmadan tashqaridagi boshqa aktivlardan
iboratdir. Shuningdek, bu yerda aylanma aktivlarning tarkibiga
zaxiralar, debitorlik qarzlari, qisqa muddatli moliyaviy qo‘yilmalar,
pul mablag‘lari va boshqa aylanma aktivlar kiradi. XYuSlarning
moliyaviy
salohiyati
ularning
yangi
qiymat
yaratishdagi
qobiliyatiga bog‘liq. Bir xil moliyaviy-iqtisodiy qudratga ega bo‘lgan
XYuSlar bir-biridan tubdan farq qiluvchi moliyaviy natijalarga
erishishi mumkin. Bu mol-mulkdan, ishlab chiqarish-texnologik
jarayonlar va kadrlarni boshqarish samaradorligiga, menejment
58
Ushbu darslikda xo‘jalik yurituvchi subyektlar deyilganda, eng avvalo, korxonalar va xo‘jalik yuritishning qolgan
barcha shakllari nazarda tutiladi.
195
•
moliya
sohasidagi
qarashlar
tizimi
umumiqtisodiy
nazariyaning ma’lum bir qismi hisoblanadi, ular moliya fanini
boyitadi va rivojlantiradi;
•
moliyaviy konsepsiyalarning vujudga kelishi mamlakat
makro- va mikroiqtisodiyotining talablariga javob reaksiyasidir yoki
ma’lum hukmron ijtimoiy guruhlar buyurtmasining bajarilishidir
(ijro etilishidir);
•
xorijiy olimlarning progressiv moliyaviy g‘oyalari iqtisodiy
o‘sishning yetarli yuqori darajasini ta’minlab, insonning turli-tuman
ehtiyojlarini qondirishda jamiyatga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: