196
Davlat moliyasini tadqiq qilish shu davrdagi olimlarning
ishlarida asosiy o‘rinni egallagan edi. Ta’kidlash joizki, bu davrda
e’lon qilingan ishlarda xususiy xo‘jalik moliyasi to‘g‘risida
masalalar, hatto biror marta ham, esga olinmagan. Bir vaqtning
o‘zida, davlat daromadlariga oid masalalar: daromadlar tizimi, turli
davlatlarda ularning rivojlanishi, soliqlarni byudjetga undirish
shakllari va tartiblari, shu jarayonlar ustidan davlat tomonidan
amalga oshirilgan nazorat, byudjet defitsitini qoplash manbalari,
davlat kreditining rivojlanishi kabi masalalar tadqiq qilingan.
Oktyabr davlat to‘ntarilishiga qadar moliyachilar tomonidan
o‘rganilgan masalalarning boshqa bir yo‘nalishi byudjet va
mahalliy byudjetlar bilan bog‘langan. Ularda markaziy byudjet va
mahalliy byudjetlarning tuzilish masalalari va byudjet jarayoniga
tegishli bo‘lgan boshqa masalalar ko‘rib chiqilgan.
Dostları ilə paylaş: