D utor(forscha: دوتار) — Oʻrta Osiyo, Eron va Janubiy Osiyoda tarqalgan anʼanaviy ikki torli musiqa asbobidir. Nomi fors tilidan „ikki tor“ (< دو du — „ikki“, تار tār — „tor“) deb tarjima qilinadi, biroq Hirot dutori oʻn tor’tta torli boʻladi. Dutor XV asr atroflarida paydo boʻlgan deya tahminlar mavjud.
Yasalishi.Dutor tut, oʻrik, yongʻoq yogʻochlaridan yasaladi. Dutorning qorni oʻnga yaqin yupqa taxtakachni egib, bir-biriga yopishtirilib yasaladi. Buning ustidan qopqoq yopiladi va tayyor boʻlgan qorin dastaga ulanadi.
Torgir yoki tor ilgak dutorning ikki simini koʻtarib turadi. Dutorning dastasi ingichka uzun boʻladi. Boshqa torli asboblarda odatda metal pardalar boʻlsa, dutorda dastasiga oʻralgan 15 ga yaqin ipak parda boʻladi. Zamonaviy dutorlarning pardalari baʼzan yogʻoch yoki suyakdan yasaladi.
Dutor dastasi suyak, sadaf bilan bezaladi. Dutor torlari avvaliga ichakdan, keyin ipakdan tayyorlanar edi. Zamonaviy dutor torlari neylondan qilinadi.
Registri
Dutorda bir yarim oktava atrofidagi diatonik-xromatik gamma bor.
Chalish uslablari
Dutorni turli zarb bilan chalish mumkin. Yakka zarb, qoʻsh zarb, piripirak, rez kabi zarblar bilan chalinadi.
Hyunjin
Dutor uchun xalq orasida maxsus kuylar yaratilgan. Bular safiga „Toʻrgʻay“, „Fargʻonacha“, „Tanovar“, „Munojot“, „Rohat“, „Jigarpora“, „Dilxiroj“, „Chertmak“, „Shafoat“, „Suvora“, „Qoʻshtor“ kuylarini kiritish mumkin.
Dutor (fors— ikki tor) — 1) torli chertma milliy musiqa cholgʻusi. Oʻzbek, tojik, uygʻur, turkman, qoraqalpoq xalqlari orasida keng tarqalgan. Oʻzbek D.i muloyim, nafis va shi-rali ovozi bilan boshqa cholgʻulardan aj-ralib turadi. U asosan tut, oʻrik yogʻochlaridan yasaladi. Cholgʻuning kosaxonasi (rezonatori) 8—12 ta yupqa, bir-biriga yonmayon yopishtirilgan taxtacha (qovurgʻa)dan ishlanadi. Kosaxonaning ustki, ochiq qismiga yupqa qopqoq yopiladi va kosaxona boʻgʻiz orqali dastaga ulanadi. D.ning uzun va ingichka dastasiga 13—17 ta parda bogʻlanadi. Kosaxona va dastaga suyak va sadafdan ishlangan bezak naqshlar oʻyib yopishtiriladi. Torlari ipak iplaridan eshiladi. Ular Tanavor sozi (kvarta), Munojot sozi (kvinta), Qoʻshtor sozi (unison)ga sozlanadi. Uygʻurlarda D. kattaroq shaklda, Turkmanistonda fakat oʻyma (qazma) turi, Xorazm va Qoraqalpogʻistonda kosaxonasi qovurgʻalik D.lar bilan birga hajmi kichik, oʻyma xillari ham uchraydi. D. yakkanavoz va joʻrnavoz cholgʻu sozi boʻlib, sozandadan katta ijro mahoratini talab etadi. D.da yakka zarb, qoʻshzarb, bilak zarb, bidratma, teskari zarb kabi ijro usullari mavjud. D. haqidagi dastlabki yozma maʼlumotlarni Navoiyning zamondoshi Zaynulobidin al-Husayniy „Musiqaning ilmiy va amaliy qoidalari“ nomli risolasi (16-bobi)da uchratamiz. 16—17-asrlarda „Dutoriy“ ta xallusi bilan ijod etgan (hirotlik Yusuf Mavdudiy Dutoriy, mashhadlik Mirquliy Dutoriy kabi) sozandalarning nomlari manbalarda saqlangan. Hozirda milliy D. ijrochiligining oʻziga xos uslublari 4 ta asosiy (Andijon, Toshkent, Samarqand va Xorazm) maktablari orqali namoyon boʻladi. 20-asrda Andijon maktabi namoyandalaridan Dorip dutorchi, M. Najmiddinov, O. Rustamov, K. Jabborov, Fargʻonada Qoʻzixon Madrahimov ijrosida „Nolish“, „Choʻpon“, „Andijon Kurdi“, „Andijon Sayqali“, „Tuya boʻzloq“, „Qoʻshtor“; Toshkent maktabi yirik vakillaridan Solixon Hoji, A. Vahobov, F. Sodiqov, M. Yunusov, T. Alimatov, 3. Obidov, S. Yoʻldoshevlar talqinida „Sharob 1, 2“, „Shafoat 1, 2, 3“, Toshkent Sayqali", „Toshkent Kurdi“, „Rajabiy 1, 2“, „Kurash“, „Dutor Bayoti“, „Dutor Navosi“; Samarqand maktabi ustozlaridan Hoji Abdulaziz, Qori Siroj Yusupovlar ijrosida „Guluzorim“, „Bebokcha“, „Bozurgoniy“, „Gullar vodiysi“; Xorazm maktabi vakillaridan N. Boltayev, Yu. Jabborovlar ijrosida „Koradali“, „Aliqambar“, „Saqili Navo“ singari mumtoz kuylarda oʻz ifodasini topgan. 1970- yillardan yakka D.da Shashmaqom cholgʻu va ashula yoʻllari ham ijro etila boshlandi. Oʻzbek bastakorlaridan N. Hasanov „Gilos“, F. Sodiqov „Dutorim“, S. Yoʻldoshev „Dil kuylasin“, 3. Obidov „Togʻ goʻzali“, O. Qosimov „Yangra sozim“ kabi asarlarni D. uchun yaratganlar; 2) dutor-alt — anʼanaviy D.ni 1930- yillarda qayta ishlash natijasida paydo boʻlgan turi. Torlari kapron (yoki boshqa polimer iplari)dan ishlanadi. Dastasiga xromatik tartibda joylashgan yogʻoch yoki suyak pardalari yelimlab yopishtiriladi. Repertuaridan asosan oʻzbek kompo-zitorlari tomonidan qayta ishlangan (garmonizatsiyalashgan) xalq kuylari, fortepiano joʻrligida ijro etilayotgan asarlar oʻrin olgan. Mazkur D. asosida (Oʻzbek xalq cholgʻulari orkestriga moslab) turli hajmdagi D. xillari (D.— bas, D.— kontrabas) ishlandi.
O`tmish risolalarda Dutor haqida yetarli ma`lumotlar kam. Dutor Tanburga nisbatan yengil ijro etilganligi sababli xalq ichida eng ommaviy cholg`u bo`lib kelgan. Pardalarining pastligi, soni jihatidan kamligi tufayli uni ko`pincha ayollar qo`llab kelganlar va honaki, yengil kuy qo`shiq ijrosida, folklor yollarida foydalanganlar.
Dutor kosasi tut, dastasi o`rik daraxtlaridan yasaladi. Kosasi yupqa qovurg`alardan yeg`ib bir-biriga yopishtirib ishlanadi. Dasta bilan kosaxonasini esa bo`g`iz ulab turadi. Dastasi ingichka, uzun bo`lib ingichka bog`lama pardalar bog`langan bo`ladi. Ipakdan qilingan ikki torlari kvarta, kvinta, unison ba`zan oktava qilib sozlanadi. Asosiy sozlanish Munojot (kvinta), Tanovor (kvarta) deyiladi.
Dutor bizning cholg`ularimiz ichida ikkala torini barmoqlar bilan barobar bosib, birinchi torga ikkinchi torni jo`r qilib chalinadigan yagona qo`sh ovozli cholg`u hisoblanadi. Past ammo o`ta mayin yoqimli ovozi bor, dutor xalq yo`lidagi kichik hajmli kuy qo`shiqlar ijrosiga mo`ljallangan. Xalq musiqalarini ichida dutor uchun mahsus kuylar koplab uchraydi. "Qo`shtor", "Dutor navosi", "Dutor bayoti" va h k.
Havolalar
Oʻzbekiston Mumtoz Musiqasi saytida tanbur haqida maʼlumot
Oʻrta Osiyo asbobolari (ingl.)
Oʻzbekiston Mumtoz Musiqasi saytida dutor haqida maʼlumot