Tanlash usuli bilan kombinatorik masalalarni yechish 1.Kirish.O’zbekiston Respulikasining “Ta’lim to’g’risidagi” qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilishning yangi davrini ochganligi tabiiydir.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi “Ta’lim to’g’risida” gi O’zbekiston Respublikasi qonunining qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan bo’lib, milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi ustuvor yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikda, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo’ljalni to’g’ri ola bilish mahoratga ega bo’lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo’naltirilgandir.
Matematikaning kombinatorik tahlil, kombinatorik matematika, birlashmalar nazariyasi, qisqacha, kombinatorika deb ataluvchi bo‘limida chekli yoki muayyan ma‘noda cheklilik shartini qanoatlantiruvchi to‘plamni (bu to‘plamning elementlari qanday bo‘lishining ahamiyati yo‘q: harflar, sonlar, hodisalar, qandaydir predmetlar va boshqalar) qismlarga ajratish, ularni o‘rinlash va o‘zaro joylash ya‘ni, kombinatsiyalar, kombinatorik tuzilmalar bilan bog‘liq masalalar o‘rganiladi. Hozirgi davrda kombinatorikaga oid ma‘lumotlar inson faoliyatining turli sohalarida qo‘llanilmoqda. Jumladan, matematika, kimyo, fizika, biologiya, lingvistika, axborot texnologiyalari va boshqa sohalar bilan ish ko‘ruvchi mutaxassislar kombinatorikaning xilma-xil masalalariga duch keladilar. Masalan, oddiygina o’z hayotimizdan misollar ko’raylik. Fermer o’z ishchilariga turli ishlarni bo’lib berishi, shaxmat o’yinida turli yurishlar seriyasidan eng ma’qulini tanlash, katta jamoa ichidan liderlarni tanlash va hokazo. Bu va boshqa ko'plab savollar to'g'ridan-to'g'ri kombinatorika bilan bog'liq va usiz hal qilinmaydi. Ma'lum bo'lishicha, bizning hayotimizdagi matematika deyarli deyarli doimo namoyon bo'ladi va ko'pincha biz buni sezmaymiz.
2.Asosiy qism.Kombinatorika bo’limiga oid masalalarni ishlash uchun o’quvchining fikrlash qobiliyati tez, tasavvur olami keng bo’lishi kerak. 8-sinfda “Tanlash usuli bilan kombinatorik masalalarni yechish” mavzusini o’tishdan oldin o’quvchilarga uning ahamiyati va hayotdagi o’rni haqida ma’lumot berish zarur. Kombinatorik masalalarni yechish
*Tafakkurni rivojlantirish;
*Kundalik hayotda yuzaga keladigan masalalarni yechishga tayyorlash;
*Uzoq muddatli xotirani yaxshilash;
*Mulohaza yuritish, umumlashtirish va xulosa chiqarish qobiliyatini rivojlantirishda, ayniqsa, ahamiyatlidir.
Shundan so’ng o’quvchilarga yangi mavzu bayoni taqdim etilsa maqsadga muvofiq bo’ladi.
Ko’pgina hayotiy masalalarning yechimi bir nechta bo’lishi mumkin. Yechimlar ichidan o’zi,izga eng maqbulini olishimiz tabiiy. Yechimlar sonini hisoblashda hamma variantlar(usullar, imkoniyatlar) dan birortasi ham qolib ketmasligi, yo’qolmasligi uchun tanlash(sanab chiqish) usulidan foydalanishadi. Bu usulning mohiyati misollar yechish jarayonida ochiladi.
1-masala. 2,3,5 raqamlari yordamida nechta ikki xonali son tuzish mumkin?
Javoblardan birortasini tushirib qoldirmaslik, ularni takror yozib qo’ymaslik uchun sonlarni o’sish tartibida yozib chiqamiz. Avval 2 raqami bilan, so’ngra 3 raqami bilan, keyin 5 raqami bilan boshlanadigan sonlardan masalaga mosini tanlab yozamiz.
22, 23, 25, 32,33, 35, 52, 53, 55.
Javob: 9ta ikki xonali son tuzish mumkin.
1-masalani yechishning yana bir usulini ko’raylik.
Ushbu chizmani ko'raylik: