Shirin taomlar (issiq va sovuq taomlar) Issiq ichimliklar Sovuq ichimliklar va sharbatlar Xamir va qandolat mahsulotlari Vazifalariga ko‘ra taomnomalar bir necha turlarga bo‘linadi: taomlarni erkin tanlab olish bo‘yicha;
kunduz kungi taomlar buyurtmasi bo‘yicha;
taomlar majmui;
doimiy taomlar;
banketlar;
maxsus xizmatlar bo‘yicha;
parhez taomlar;
bolalar uchun taomnoma;
kunlik ratsion taomnomasi;
biznes - lanch taomnomasi;
yakshanba kungi branch taomnomasi.
Ovqatlantirish korxonalarida bunday taomnomalar, agar mijozlar bir toifada bo‘lsa, o‘z imkoniyatidan kelib chiqib 10 va 20 kunlik, hattoki bir oylik qilib tuzilishi mumkin. Shifoxona, sanatoriy, dam olish uylari va bolalar bog‘chasida kunduzi tuziladigan taomnomalarda mijozlarning mehnat faoliyati, taomlarning sifat va miqdori xisobga olinadi. Hamma tomonlarini xisobga olib, sutkalik taom uch mahalga bo‘linganda nonushta va kechki taom 25 % dan 50 % ga, tushlik esa 50% ga to‘g‘ri kelishi kerak.
Majmuali tushlik taomnomasi uch yoki to‘rt taomni o‘z ichiga oladi. Taomnoma 12 kunga tuziladi. Tushlik taom taomnomasi bitta taomdan (ikkinchi issiq taom), ikkita taomdan (sho‘rva va ikkinchi issiq taom), uchtadan (sovuq gazak, sho‘rva, ikkinchi issiq), to‘rttadan (sovuq gazak, sho‘rva, ikkinchi issiq, shirinlik), beshtadan (sovuq gazak, sho‘rva, ikkinchisi baliqli taom, ikkinchisi go‘shtli taom, shirinlik) va oltita taomlardan (sovuq gazak, issiq gazak, sho‘rva, ikkinchisi baliqli, ikkinchisi go‘shtli, shirinlik) iborat bo‘lishi mumkin.
Doimiy taomlartaomnomasidan butun mavsum davomida foydalanish mumkin. Ular jumlasiga 3 - 4 ta gazaklar, birinchi taomlar - ikkita, ikkinchi toamlar 4 - 5 ta, shirin taomlar, issiq va sovuq ichimliklar 4 - 5 ta, shuningdek, qandolat mahsulotlari kiradi.
Beshta va undan ortiq taomlardan iborat tushlik bayram yoki banket taomi deyiladi. Banketlar uchun tuziladigan taomnomalarning ko‘rinishi badiiy jihatdan boshqalardan farq qiladi, chunki uni rasmiylashtirish buyurtma beruvchining ishtirokida amalga oshiriladi. Bunda banketning o‘tkazilish vaqti ko‘rsatiladi.
Xizmat ko‘rsatishning maxsus turlari uchun taomnoma mintaqadagi xalqlarning milliy xususiyatlarini xisobga olib ya’ni «Yangi yil», «Navro‘z» bayrami, «O‘qituvchilar» kuni, «Xotira va qadrlash» kuni, «Xalqaro xotin - qizlar» kuni, «Mustaqillik» bayrami, «Konstitutsiya» kuni munosabati bilan o‘tkazilganda tuziladi va ziyofatlar tashkil qilinadi.