Ovqatda vitaminlar yetarli bo’lmaganda odam juda jahldor bo’lib qoladi, salga charchaydi, ishtahasi va mehnat qobiliyati pasayadi, ba'zan og’ir kasalliklar kelib chiqadi. Biroq, shuni bi-lish kerakki, vitaminlarni, ayniqsa, vitamin preparatlarini ortiqcha miqdorda iste'mol qilish ham juda zararli. Vitaminlar ikkita katta guruhga bo’linadi. 1. Suvda eriydigan vitaminlar. Bularga B vitaminning katta guruhi, C, PP vitaminlar kiradi. Vitamin A - organizmning o’sish va rivojlanish vitamini. O’smir ovqati tarkibida vitamin A yoki karotinning bo’lmasligi (u ovqat bilan organizmga tushib, jigarda vitamin A ga aylanadi), ko’z kasalligi - shabko’rlik paydo qiladi, organizmning yuqumli kasalliklarga nisbatan qar-shiligini susaytiradi,bu vitaminsiz yuz va qol terisi g’adir-budir bo’lib qoladi,dag’allashadi,soch-lar xiralashib, to’kiladi.Vitamin A sut yog’larida, sariyog’da, tuxum sarig’ida, sutda, baliq-moyi-da, jigarda, sabzida. pomidor, qovoq, o’rik, xurmo, salat, ismaloq va na'matakda ko’p bo’ladi. - Vitamin A - organizmning o’sish va rivojlanish vitamini. O’smir ovqati tarkibida vitamin A yoki karotinning bo’lmasligi (u ovqat bilan organizmga tushib, jigarda vitamin A ga aylanadi), ko’z kasalligi - shabko’rlik paydo qiladi, organizmning yuqumli kasalliklarga nisbatan qar-shiligini susaytiradi,bu vitaminsiz yuz va qol terisi g’adir-budir bo’lib qoladi,dag’allashadi,soch-lar xiralashib, to’kiladi.Vitamin A sut yog’larida, sariyog’da, tuxum sarig’ida, sutda, baliq-moyi-da, jigarda, sabzida. pomidor, qovoq, o’rik, xurmo, salat, ismaloq va na'matakda ko’p bo’ladi.
- Vitamin B1 - (tiamin) o’simlik urug’larida, yirik tortilgan undan tayyorlangan nonda, no’-xat, loviya, suli va grechixa yormasida, shuningdek, go’sht, sut, tuxumda bo’ladi. Ovqatda vi-tamin B1 bo’lmaganda sog’liqqa katta zarar qiladi; odam tez charchab qoladi, yurak urishi tez-lashadi, holdan toyadi, oyoqlardan quvvat ketadi, yurganda gandiraklaydi va hokazo.
Dostları ilə paylaş: |