Taqdimoti


Ta’limga psixologik tayyorlik deganda



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə2/2
tarix12.04.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#96446
1   2
MAKTABGACHA PSIXOLOGIK TAYYORGARLIK MUAMMOSI YUZASIDAN NAZARIY HAMDA AMALIY BILIMLARNI SHAKLLANTIRISH.

Ta’limga psixologik tayyorlik deganda bolaning obyektiv va subyektiv jihatdan maktab talabiga munosibligi nazarda tutiladi. U maktab ta’limiga avval psixologik jihatdan tayyorlanadi. Binobarin, uning psixikasi bilim olishga yetarli darajada rivojlanadi.
  • Shu yoshdagi bola idrokining o‘tkirligi, ravshanligi, sofligi, aniqligi, o‘zining qiziquvchanligi, dilkashligi, xayrixohligi, ishonuvchanligi, tafakkurining yaqqolligi bilan boshqa yoshdagi bolalardan ajralib turadi. Maktab ta’limiga tayyorlanayotgan bolada diqqati nisbatan uzoq muddatli va shartli barqaror bo‘ladi

. Bola o‘z diqqatini muayyan obyektga tuplashga intiladi. Uning xotirasi qiziqarli, ajoyib g‘aroyib, kishini taajjubga soladigan ma’lumot va hodisalarni puxta esda olib kolish, esda saklash, esga tushirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shu davrgacha bevosita kattalar rahbarligida u yoki bu axborotlarni o‘zlashtirib kelgan bo‘lsa, endi o‘z xohish-irodasi bilan zarur ma’lumotlar tuplashga, o‘z oldiga aniq maqsad va vazifa qo‘yishga harakat qiladi.
  • Bolaning ana shu faolligi xotirasining muayyan darajada rivojlanganligini bildiradi. U she’r, hikoya va ertaklarni esda qoldirish uchun ko‘p takrorlashi, yod olishning eng qo‘lay yo‘l va usullaridan foydalanishi ta’lim jarayonida unga juda qo‘l keladi. Birinchi sinf o‘quvchisi ko‘pincha obrazli xotiraga suyanib bilish faoliyatini tashkil etsa ham, bu ish xotiraning boshqa turlarini inkor qilmaydi.

Aksincha, ta’lim so‘z-mantiqiy xotirasini taqozo etadi. So‘z-mantiq xotirasining mavjudligi ma’nosini tushunib esda olib qolish jarayonining samaradorligi ortishiga keng imkoniyat yaratadi.Tajribadan ma’lumki, bola ma’nosiz so‘zlardan ko‘ra ma’nodor tushunchalarni bir muncha tez va mustahkam eslab qolish xususiyatiga ega. Uning nutqi maktab ta’limiga tayyorgarlik bosqichida kattalar bilan muloqotga kirishish, kishilarning fikrini o‘qib olish va to‘g‘ri idrok qilish darajasida, nutqning tuzilishi esa grammatika qoidalariga mos, mantiqan izchil, ifodali, miqdor va ko‘lam jihatdan fikr almashishga yetarli bo‘ladi.
Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin