часть
2
«
Научный импульс
»
Ноябрь
, 202
1618
mazmundagi bilimlarni yetkazish bo‘lgan. Asosiy e’tibor jamiyatni barqarorlashtirish,
odamlarning diniy savodini chiqarishga qaratilgan. O‘sha davrdagi ta’lim muassasalarida
ixtiyoriy ravishda san’atning 7 yo‘nalishi o‘rgatilgan.
San’atni o‘rganish jamiyat a’zolarining ma’naviy-axloqiy, aqliy, jismoniy rivojlanishi,
estetik didi, ekologik qarashlari vujudga kelishiga zamin tayyorlagan.
XVI asrdan XIX asr oxirigacha bo‘lgan davrda ta’lim-tarbiya jarayonining yakuniy
natijasi va o‘qituvchilarning pedagogik faoliyatini baholash yuzasidan muayyan izlanishlar
olib borilgan, lekin mazkur izlanishlar ko‘zlangan samarani bermagan.
Atoqli pedagog Y.A.Komenskiyning “Buyuk didaktika” asarida asosiy didaktik
kategoriyalar, o‘qitish maqsadi, ta’lim mazmuni, bilimlarni nazorat qilish, ta’lim-tarbiya
jarayonining sifatini belgilash didaktik jihatdan asoslangan. Olim pedagogika faniga
“bilimlarni nazorat qilish va baholash”, “imtihon”, “kollekvium”, “diktant” kabi yangi atama
va tushunchalarni kiritdi.
Yuqori malakali va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash sifatini oshirish maqsadida
oliy ta’lim muassasalarida besh ballik baholash tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Pedagogik kvalimetriyaning yangi va eng yangi rivojlanish davri.
XX asr boshida ta’lim muassasalarida tahsil oluvchilarning o‘zlashtirgan bilim,
ko‘nikma va malakalarini, keyinchalik kompetensiyasini nazorat qilish, baholash yo‘lga
qo‘yilgan.
O‘sha davrda Rossiya ta’lim muassasalarida ta’lim mazmunining g‘oyaviy-siyosiy
yo‘nalishiga urg‘u berilib, ta’lim-tarbiyaning uzviyligiga asoslangan nazariy tizim yo‘lga
qo‘yilgan, nazariy reproduktiv bilim, ko‘nikma va malakani nazorat qilish, ta’lim-tarbiyaning
yakuniy natijasi sifatida har tomonlama rivojlangan shaxsni shakllantirish nazarda tutilgan.
Pedagogik kvalimetriyaning eng yangi rivojlanish davrida tahsil oluvchilar shaxsiga
yo‘naltirilgan ta’lim paradigmasi maydonga chiqdi.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’limda umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan, pedagogik
munosabatlar insonparvarlashtirilgan, ta’lim oluvchining qiziqishi, ehtiyoji, ichki va tashqi
o‘quv motivlari e’tiborga olingan holda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish nazariyasi
turadi.
Ushbu paradigma asosida peda-gogik kvalimetriyada, shuningdek, ta’lim-tarbiya
tizimida ijobiy o‘zgarishlar vujudga keldi. Ular:
• ta’lim tizimida shaxsning ijtimoiylashuvi va moslashuviga asoslangan frontal ta’lim-
tarbiyadan shaxsning individual rivojlanishiga zamin tayyorlaydigan jarayonga o‘tish;
• ta’lim oluvchilarda umummadaniy, umuminsoniy qadriyatlar asosida nazariy bilim,
amaliy ko‘nikma va malakalarni qaror toptirish;
• majburiy o‘qitish shakllari bilan birga ta’lim oluvchilarni mustaqil ta’limga va
tayyorgarlikka yo‘naltirish;
• ta’lim mazmunidagi bilim, ko‘nikma va malaka, ijodiy faoliyatga xos tajriba va
qadriyatni qaror toptirishda o‘quv kurslarining nazariy masalalari asosida emas, balki
integrallashgan mazmun, fanlararo bog‘lanish, modullar tizimidan foydalanishga o‘tish;