Taraqqiyot yo’lidan borayotgan mamalakatlarning sportchilari Olimpiya o’yinlarida muvaffaqiyatlarga erishmoqda. Hindiston sportchilari 1948,1952,1956,1964,1980-yillarda chim hokkeyi bo’yicha Olimpiya chempioni unvoniga sazovor bo’lishgan.
Osiyodagi taraqqiyot yo’lidan borayotgan mamlakatlarda davlat va jamoat tashkilotlari jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishiga katta e’tibor berdilar. Mustaqillikni qo’lga kiritgan Hindiston, Afg’oniston, Birma, Indoneziya, Livan va boshqa mamlakatlardagi sport tashkilotlari juda katta muvaffaqiyatlarga erishdi.