Bu davrda ko‘pchiliq kapitalistik mamlakatlarda ishchilar harakati keng quloch yoya boshladi. Shu bilan birga ishchilar sport tashkilotlarining taraqqiy etishi uchun ham qulay sharoitlar vujudga keldi. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida kapitalizm o‘z taraqqiyotining imperalistik bosqichiga o‘zil kesil o‘tdi.
Birinchi jahon urushi burjuaziya olamidagi ziddiyatlarni bartaraf etolmadi. G‘olib – davlatlar Osiyo, Afrika va lotin Amerika qit`alarida xalqni siyosiy va iqtisodiy jihatdan xalqni ezishga ta’sir etishini kengaytirib boraverdi. Burjuaziya dunyosida ziddiyatlardan eniga va chuqurligiga rivojlanib bordi, ezilgan xalqlarni milliy – ozodlik kurashi kuchaydi.