Hukumron quldorlar doirasi xalq mashqlari turlaridan o‘z kamoloti va ko‘ngil ochishi yo‘lidan ham keng foydalangan. Quldorlar, bir tomonidan, o‘zlarining bo‘sh vaqtini ko‘pincha o‘yin, ov turli mashqlar bilan o‘tkazar, ikkinchi tomonidan o‘zlari uchun tomoshalar tashkil qilib, ulardan ancha chaqqon, kuchli va epchil ozod jamoachilarni ishtirok ettirar edilar. Qadimgi Misr, Eron, Xindiston va Xitoy yodg‘orliklari o‘sha vaqtlarda aslzodalarga qarashli saroylarda tomosha ko‘rsatgan darbozlar, jangchilar, o‘ynchi va raqqosalar bo‘lganligidan dalolat beradi. Shuday qilib, Qadimgi Sharq quldorlik davlatlarida jismoniy madaniyat elementlarining rivojlanishidagi harakterli xususiyati shundan iboratki, ozod dehqonlar orasida rasm bo‘lib kelishgan xalq jismoniy madaniyati shakillari va xalq mashqlarning turlari bilan birga, quldor boshqalarning bu jismoniy madaniyat eelementlarini o‘z obro‘yi va hukumronligini kuchaytirish uchun o‘zlashtirish va foydalanishga bo‘lgan intilishi yaqqol ko‘zga tashlanadi.