O‘zbek pedagogikasi tarixida tarbiyaga oid yondashuvlar.
Jahon xalqlari pedagogikasida tarbiya masalalari.
Tarbiya fanining ilmiy-tadqiqot metodlari
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish O’zbek pedagogikasi tarixida tarbiyaga oid yondashuvlar. Tarbiya fani manbalari va ularni o‘rganish bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi uchun zaruriyat hisoblanadi. Bu borada o‘zbek pedagogikasi tarixida tarbiyaga oid muhim yondashuvlar bayon qilingan. Mazkur o‘rinda namuna sifatida ularning eng muhimlariga e‘tiboringizni tortamiz. “Avesto” kitobida yosh avlodni Ezgu niyatli, Ezgu fikrli va Ezgu faoliyat(amal)li shaxslar sifatida voyaga yetkazish alohida ta‘kidlangan. Keyinchalik bu pedagogik tamoyillar jahon xalqlari tarbiya jarayonida qabul qilingan. Misol uchun, bu tamoyillar milliy pedagogikamizdan tashqari XIX asrda Germaniya pedagogikasida asosiy tamoyillar sifatida belgilangan. 4 Shu sababli mazkur tamoyillar hozirgi zamon tarbiya jarayonida ham amaliyotga tadbiq etilmoqda. Masalan, yangi milliy g‘oyamizning ikkinchi tamoyili Ezgulikdir.
Qur‟oni karimda va Hadisi shariflarda yoshlarni E‘tiqodli, Yaxshilik va Yomonlikni farqlash ruhida tarbiyalash ta‘limi berilgan. Buning natijasida VIII asrdan boshlab to hozirgi kunga qadar Pedagogika fanimizda mazkur tamoyillar tarbiyaning asoslaridan biri bo‘lib kelmoqda. Chunki e‘tiqodli, yaxshilik va yomonlikni farqlovchi shaxs insonparvar, xalqparvar va vatanparvar kishi sifatida faoliyat yuritadi. XI asr mutafakkiri Yusuf Xos Hojib ―Qutadg‘u bilig‖ asarida yoshlarni Adolatli, Qanoatli va Bilimli qilib voyaga yetkazish metodologiyasini asoslab bergan. Uning yozishicha, bunday fazilatlarga ega inson eng yetuk hisoblanadi. Sohibqiron Amir Temur ―Tuzuklar‖ asarida shaxsni ijtimoiy tarbiyalash masalasini talqin qilgan va bunda shaxsda murosa (kompramiss) fazilatini shakllantirish lozimligini ta‘kidlaydi. Uning fikricha, yetuk shaxs do‘stu dushman bilan murosa qiladi. Do‘stga murosa qilish tushunarli, lekin dushmanga murosa qilish qanday bo‘ladi? Dushman bilan murosa qilish shaxsning aqliy va axloqiy yetukligini bildiradi. Alisher Navoiy ―Hamsa‖ asarida bir qator komil insonlar timsolini tavsiflab bergan. Misol uchun, ―Farhod va Shirin‖ dostonida Farhodni 9 yoshida komil inson bo‘lib yetishganini va buning uchun u eng yetuk Ustozlardan saboq olganligini tasvirlaydi. Shirin esa o‘z davrining eng axloqiy, aqliy va estetik yetuk kishi sifatida taqdim etiladi. Ular bunday komillikka yoshligida olgan tarbiyalari tufayli yetishgan. Jadid mutafakkiri Mahmudxo‟ja Behbudiy ―Padarkush‖ pedagogik dramasida bilim olmagan bolaning padarkush bo‘lib yetishini tasvirlab bergan. Chunki bilim tarbiyaning ilmiy va nazariy asosi hisoblanadi. Keltirilgan manbalardan ma‘lum bo‘ladiki, tarbiya jarayonida shaxsda bir talay fazilatlar, tamoyillar va g‘oyalarni shakllantirish lozim bo‘ladi. Har qanday tarbiya jarayonida bu pedagogik merosga tayaniladi. Jahon xalqlari pedagogikasida tarbiya masalalari. Jahon xalqlari pedagogikasida bir qator tarbiyaga oid tajribalar shakllantirilgan. Mazkur o‘rinda ularning eng muhimlariga diqqatingizni tortamiz. Chex pedagogi Yan Amos Komenskiy ―Buyuk didaktika‖ asarida yosh avlodni o‘qitish vositasida tarbiyalashni asoslab bergan. Bunda o‘quv fanlarini o‘qitish jarayoni shaxsning aqliy, axloqiy va estetik tuyg‘ularini shakllantirishga, shaxsni hayotga tayyorlashga asosiy e‘tibor qaratiladi. Fransuz pedagogi Jan Jak Russo ―Emil‖ asarida oila tarbiyasi masalasini talqin qilib bergan. Uning fikricha, oilada bola tarbiyasi bilan oilaning eng yetuk a‘zosi shug‘ullanishi kerak. Pedagog bu borada onalarning tarbiyaviy o‘rnini alohida ta‘kidlaydi va Emil ismli onaning o‘z farzandini qanday tarbiyalaganligini, bu bu ayol ―Kundaliklar‖ tutib borganligini ko‘rsatib beradi. Shu ma‘noda tarbiya ishi bilan shug‘ullanuvchi shaxsning Kundaliklari bo‘lishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shved pedagogi Iogan Genrix Pistalotsi ―Erudiga maktablar‖ asarida yoshlarni ijtimoiy tarbiyalash va bunda ularni savodxon qilish masalasiga alohida tayanish lozimligini asoslab bergan. Hozirgi kunda butun dunyo xalqlarida amalda bo‘lgan savodxonlikni Alifbedan boshlash tizimini aynan Pistolotsi asoslab bergan. AQSH pedagoglari, masalan Jon Jems, tarbiyada pragmatizm, ya‘ni tarbiyaning amaliy natijalarini ustuvor qo‘yishadi. Unga ko‘ra, shaxsga kelgusi faoliyatida zarur bo‘lgan bilim, fazilatlar va ko‘nikmalar shakllantirilishi kerak. Mazkur masalalardan ma‘lum bo‘ladiki, jahon xalqlari pedagogik tajribasida ko‘p hollarda tarbiyaning amaliy jihatlariga e‘tibor qaratiladi. Bugungi kunda ham bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ana shu tajribalarni o‘rganishi, o‘zlashtirishi va amaliy faoliyatda qo‘llay olishi taqozo etiladi. Shu sababli mazkur Boshlang‘ich ta‘limda Tarbiya‖ fanini o‘qitish metodikasi o‘quv fani vositasida jahon xalqlari pedagogikasining tarbiyaga oid tajribalarini o‘rganish masalasi va uning metodikasini ishlab chiqish dolzarb bo‘lib turibdi. Chunki hozirgi zamon xalqaro ta‘lim dasturlari va talablari aynan Yevropa, Osiyo va Amerika qit‘alarida yashovchi xalqlarning pedagogik tajribalariga asosan ishlab chiqilgan. Masalan, Sharq xalqlari pedagogikasidan Ustoz-shogird tajribasi butun dunyo xalqlari tarbiya jarayoniga tadbiq etilgan. “Tarbiya” fanining ilmiy-tadqiqot metodlari. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari kasbiy kompetentsiyalarini o‘zlashtirish jarayonida Tarbiya fanining ilmiy-tadqiqot metodlarini ham o‘rganishi muhim ahamiyatga ega. Bu fanning metodlari Pedagogika fanining metodlaridan olingan bo‘lsa-da, biroq ular mazkur fan asosida kengroq ma‘noda tushuniladi. Chunki tarbiya jarayonining xarakteri shuni taqozo etadi. Mamalakatimizda ta‘sis etilgan Tarbiya fanining eng asosiy ilmiytadqiqot metodlari quyidagilardan iborat:
-tarbiyaga oid pedagogik merosni o‘rganish;
- tarbiyaga oid jahon xalqlari pedagogikasi tajribalarini o‘zlashtirish;
-tarbiyaga oid me‘yoriy hujjatlarni bilish; -tarbiyachining o‘z individual tarbiyaviy tajribasining bo‘lishi.
Mazkur ilmiy-tadqiqot metodlari o‘rganish, manbalarni o‘zlashtirish va tajriba o‘tkazish asoslarida o‘rganiladi. Bu metodlar pedagogik turkumdagi barcha fanlarda qo‘llaniladi. Biroq ushbu metodlardan Tarbiya fani ilmiy-tadqiqot metodlarini belgilashda quyidagilarga alohida e‘tibor beriladi:
a) tarbiyaga oid pedagogik meros o‘rganilganda qadimdan kelayotgan tarbiya g‘oyalari, usullari, tizimi va uni amalga oshirish yo‘llariga alohida e‘tibor beriladi; b) tarbiyaga oid jahon xalqlari pedagogikasi tajribalarini o‘zlashtirishda tarbiyaviy yondashuvlar, ularning amaliy tajribadan o‘tganligi va bugungi kun talabalariga javob berishi masalalariga diqqat qilinadi;
v) tarbiyaga oid me‘yoriy hujjatlarni o‘zlashtirishda aynan tarbiya masalasiga yo‘naltirilgan davlat standartlari, malaka talablari va murabbiy-o‘qituvchilarga qo‘yiladigan pedagogik talablarni o‘rganish va ularga amal qilish masalalariga e‘tibor beriladi;
g) tarbiyachining o‘z individual tarbiyaviy tajribasiga ega bo‘lish uchun talabalik davridayoq tarbiya asoslari, metodologiyasi, didaktikasi va amaliyotini o‘zlashtirish bilan pedagogik hamda malakaviy amaliyotlar davrida amaliy ko‘nikmalar bilan qurollanishga diqqat qilinadi.
Bularning barchasi Tarbiya fanining ilmiy-tadqiqot metodlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lish asoslari hisoblanadi. Shu jihatdan bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining quyidagi ko‟nikmalarga ega bo‘lishi taqozo etiladi: -tarbiya asoslarini o‘zlashtirishga qiziqish; -bolaparvarlik sifatiga ega bo‘lish; -muntazam o‘zi ustida ishlab borish; -o‘z tajribalarini ommalashtirish. Bular oliy pedagogik ta‘lim jarayonida pedagogik turkumdagi fanlarni o‘qish, tarbiyaviy tadbirlarda ishtirok etish va mustaqil ta‘lim mashg‘ulotlari vositasida o‘zlashtiriladi. Shu jihatdan hozirgi zamon talabalarining faol bo‘lishi taqozo etiladi. Misol uchun, bugungi kun talabalari zamonaviy texnik texnologiyalardan foydalanishni yaxshi bilishadi, ayni paytda, ular bilim olish masalasida faollashishi kerak. Mazkur ko‘nikmalarni o‘zlashtirishda hozirgi oliy pedagogik ta‘lim jarayonida quyidagi mashg‘ulotlarning turlari muhim ahamiyatga ega:
-amaliy mashg‘ulotlar;
-mustaqil ta‘lim mashg‘ulotlari;
-o‘quv jarayonida amalga oshiriladigan tarbiyaviy tadbirlar;
-auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar.
Shu sababli oliy pedagogik ta‘lim jarayonida mazkur mashg‘ulotlarni tashkil etish va amalga oshirish tizimini ishlab chiqish zaruriyat bo‘lib turibdi. Ayni paytda, amaliy va mustaqil ta‘lim mashg‘ulotlarining topshiriqlarini o‘z vaqtida bajarish bilan ta‘kidlangan ko‘nikmalarni kutilgan darajada o‘zlashtirish imkoniyati mavjud. Boshlang‘ich ta‘limda Tarbiya fanini o‘qitish metodikasi‖ o‘quv fanining ilmiy-tadqiqot metodlarini idrok etishda milliy va xalqparvarlik tamoyillariga asosiy e‘tiborni qaratish lozim. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi vaziri Sh. Shermatovning fikricha, bugungi kunda maktablarda amalga oshirilayotgan tarbiya jarayoni umumxalq xususiyatiga ega bo‘lmoqda. Buning ma‘nosi shuki, umumta‘lim maktablarida o‘qitilayotgan Tarbiya fani umumxalq xususiyatiga, ya‘ni xalqimizga xos bo‘lgan fazilatlar, odatlar va turmush-tarz madaniyati asolariga tayanishi lozim. ―Boshlang‘ich ta‘limda Tarbiya fanini o‘qitish metodikasi‖ fanining ilmiy-tadqiqot metodlarini shakllantirish va uni o‘zlashtirish tizimlarini belgilashda quyidagilarga asoslanish maqsadga muvofiq bo‘ladi:
-davlat ta‘lim standartlari va malaka talablarida belgilangan vazifalarni birlamchi bilish;
-pedagogik tadqiqotlarda tajriba-sinovdan o‘tgan metodlarni qabul qilish;
-innovatsion va integratsion xususiyatlarga ega yondashuvlarni ilmiy ishlanmadan o‘tkazgan tarzda ilmiy muomalaga kiritish;
-o‘zining ilmiy maktabiga ega bo‘lgan pedagoglarning individual tajribalarini amaliyot sifatida qabul qilish;
-milliy va umuminsoniy pedagogik qadriyatlarni tavsiflovchi g‘oyalarga asoslanish. Aynan bunday yondashuv ushbu fanning ilmiy-tadqiqot metodlarini belgilab olishda zamonaviylikni keltirib chiqaradi. Chunki bugungi kunda oliy pedagogik ta‘lim jarayonida o‘qitilayotgan pedagogik turkumdagi fanlarning umumiy va individual ilmiy-tadqiqot metodlari mavjud. Umuman bizning yondashuvimizga ko‘ra, Tarbiya fanining ilmiy-tadqiqot metodlari o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lishi shart. Bularning barchasi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun muhim kasbiy kompetensiya hisoblanadi.
Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, maʼnaviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boʻlgan xususiyatlarga ega boʻlishini taʼminlash yoʻlida koʻriladigan chora tadbirlar yigindisi. Tarbiya insonning insonligini taʼminlaydigan eng qadimiy va abadiy qadriyatdir. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud boʻla olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini taʼminlaydigan qadriyatlar tarbiya tufayligina bir avloddan boshqasiga oʻtadi.