Page 853
borliqqa nisbatan qarashlarimiz paydo bo`layotgan g`oyalarimiz negizida ham aynan
shu tarbiya tamoyillari yotadi.
Tarbiya pedagogikaning ham asosiy tushunchalaridan biri hisoblanadi.
Pedagogikada tarbiya ikki ma`noda farqlanadi: keng ma`nodagi tarbiya va tor
ma`nodagi tarbiya.
Keng ma`noda tarbiya- shaxsga jamiyatning ta`sir etishi, ijtimoiy hodisa sifatida
qaraladi. Ya`ni, shaxsning jamiyat talablariga javob berishiga va jamiyatning ta`siri
natijasida shaxsni rivojlantirishga yo`naltirilgan tarbiya.
Tor ma`nodagi tarbiya- pedagogik jarayon sharoitida ta`lim maqsadini amalga
oshirish uchun pedagog va tarbiyalanuvchilarning maxsus tashkil etilgan faoliyati
hisoblanadi. Bunda, tarbiya ma`lum bir ta`limni o`rganish maqsadida tashkil etiladi va
pedagog va o`quvchining faoliyat jarayoni tushuniladi.
Bundan bilinadiki, jamiyat uchun komil, ilmli, yetuk, barkamol insonni
shakllantirishdan iboratdir tarbiyaning maqsadi. Shaxsni kamol toptirishdagi asosiy
tushuncha ham bu tarbiyadir.
Shaxsni jamiyat talabidan kelib chiqib shakllantirishni tarbiya desak, tarbiya ham
sohasiga ko`ra turlarga bo`linadi. Aqliy tarbiya, mehnat tarbiyasi, jismoniy tarbiya.
Ta`lim muassasasidagi yo`nalishlarga asosan ekologik, iqtisodiy, huquqiy, fuqarolik,
siyosiy, axloqiy tarbiyaga bo`linadi.
Tarbiyaning umumiy vazifalari:
jamiyat a`zolarining maqsadga yo`naltirilgan rivojlanish hamda ularning qator
ehtiyojlarini qondirish uchun shart-sharoit yaratish;
jamiyat rivoji uchun zarur bo`lgan ijtimoiy madaniyatga mos yetarlicha hajmdagi
’’inson kapitalini’’ tayyorlash;
madaniyatlarni uzatib turish orqali ijtimoiy hayotning barqarorligini ta`minlash;
ma`lum jins yoshi va ijtimoiy kasbiy guruhlarning qiziqishlarini hisobga olgan
holda ijtimoiy munosabatlar doirasida jamiyat a`zolarining harakatini tartibga solish.
Xalqimiz uchun abadiy yo`qolmaydigan qadimiy tushuncha hisoblanadi tarbiya.
Axloq, ta`lim, odob, tarbiya kabi tuyg`u-tushunchalar qonimizga singib ketgan
qadriyatimizdir. Qadimdan tarbiya, maktab, ta`lim sohasiga jiddiy e`tibor qaratishgan.
Buyuk adiblarimiz Alisher Navoiy, Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurahmon Jomiy,
Abu Ali ibn Sinolarning asarlarida ham bu qrashlar o`z ifodasini topgan. Millatimizning
madaniyati
qanchalik
boy
ekanligini
ham
shundan
bilib
olsak
bo`ladi.
Ma`rifatparvarlardan biri, Abdulla Avloniy ta`lim va tarbiya, maktab ochish, yoshlarni
bilimli ma`naviyatli qilib tarbiyalash haqida qator ishlarni olib boradi. Ko`plab
asarlarini ta`lim olish, bilim va tarbiyaning mazmuni va mohiyatini yoritib bergan
holda, insonlarni ta`lim, tarbiya olishga undash, pand-nasihat shaklida yozadi. Ayniqsa,