Muammoli pedagogik vaziyatlarni yeching.
1. 2- sinfda har xil buyumlar: qalam ruchka, rezinka va boshqalar yo’qola boshladi. Bir kuni sinfdagi qizchaning bosh kiyimi yo’qoldi. O’qituvchi topilmalar byurosining faoliyati haqida gapirib berdi. Bolalar topib olingan narsalar qaytarib berilishi to’g’risidagi kattalardan eshitgan misollarni aytishdi.
O’qituvchi qanday tarbiya metodini qo’llagan. Bu metodning samaradorligi nimalarga bog’liq. Har doim ham ushbu metod samara beradimi?
2. Muallim quyidagicha hikoya qiladi: «O’g’lim (9 yosh) qorong’idan va balandlikdan qo’rqadi. Men imkon boricha uni ko’proq ana shu qo’rquvni yenga oladigan sharoitga qo’yaman: Goho ob-havo qandayligini bilib kelish uchun kechqurun hovliga, goho go’yo esdan chiqqan narsani olib kelish uchun qorong’i xonaga yuboraman.
O’yin paytida ayrim paytlari chuqurlikka sakraymanda, «Daraxtning hov anavi novdasini menga olib ber. Uni emas, narigi, yuqoridagisini» deyman.
O’qituvchi to’g’ri qiladimi? Bu qanday tarbiya metodi.? U nima uchun samarali?
3. Dars boshlanishidan oldin o’qituvchi yerda g’ijimlangan qog’oz parchasi yotganini ko’rib, bir o’quvchiga «qog’ozni ol», deb murojaat qildi. O’sha o’quvchi sekin partadan turib «men tashlamaganman, nega olarkanman» deb, yana joyiga o’tirdi.
O’qituvchi nima qilishi kerak? Sinfning ta’sirlanishi qanday bo’ladi va bu nimaga bog’liq?
5. O’qituvchi o’zini-o’zi darsdan chiqarib yuborgan holni eshitganmisiz? Bunga quyidagi voqea sabab bo’lgan edi: o’qituvchi dars o’tish uchun sinfga kirsa, tanaffusda navbatchilar sinfni darsga tayyorlamagan, doska o’chirilmagan, latta yo’q, bo’r yo’q. O’qituvchi : «Shunday oddiy masalani hal qila olmagan yomon o’qituvchi dars o’tishi mumkin emas»,- deb sinfdan chiqib o’qituvchilar xonasiga ketdi. Uch minutdan keyin esa sinf o’quvchilaridan vakillar borib, o’qituvchidan kechirim so’rab, uni sinfga qaytishini iltimos qilishdi.
Vaziyatni tahlil qiling. O’qituvchi to’g’ri yo’l tutdimi? O’quvchilarda ongli intizomni tarbiyalash usullari qaysi hollarda samara beradi?
Dostları ilə paylaş: |