Tarbiya metodlari


Muammoli pedagogik vaziyatlarni  yeching



Yüklə 25,88 Kb.
səhifə3/3
tarix27.04.2022
ölçüsü25,88 Kb.
#56450
1   2   3
8-m

Muammoli pedagogik vaziyatlarni  yeching.

       1. 2- sinfda har xil buyumlar: qalam ruchka, rezinka va boshqalar yo’qola boshladi. Bir kuni  sinfdagi  qizchaning bosh kiyimi yo’qoldi. O’qituvchi topilmalar byurosining faoliyati  haqida gapirib berdi. Bolalar topib olingan narsalar qaytarib berilishi to’g’risidagi kattalardan eshitgan misollarni aytishdi.



       O’qituvchi qanday tarbiya metodini qo’llagan. Bu metodning samaradorligi nimalarga bog’liq. Har doim ham ushbu metod samara beradimi?

       2. Muallim quyidagicha hikoya qiladi: «O’g’lim (9 yosh) qorong’idan va balandlikdan  qo’rqadi. Men  imkon boricha uni ko’proq ana shu qo’rquvni yenga oladigan sharoitga qo’yaman: Goho ob-havo qandayligini bilib kelish uchun kechqurun hovliga, goho go’yo esdan chiqqan narsani olib kelish uchun qorong’i xonaga yuboraman. 

         O’yin paytida ayrim paytlari chuqurlikka sakraymanda, «Daraxtning hov anavi novdasini menga olib ber. Uni emas, narigi,  yuqoridagisini» deyman.

       O’qituvchi to’g’ri qiladimi? Bu qanday tarbiya metodi.? U nima uchun samarali?

       3. Dars boshlanishidan oldin o’qituvchi yerda g’ijimlangan qog’oz parchasi yotganini ko’rib, bir o’quvchiga «qog’ozni ol», deb murojaat qildi. O’sha o’quvchi sekin partadan turib «men tashlamaganman, nega olarkanman» deb, yana joyiga o’tirdi.



       O’qituvchi nima qilishi kerak? Sinfning ta’sirlanishi qanday bo’ladi va bu nimaga bog’liq?

5.      O’qituvchi o’zini-o’zi darsdan chiqarib yuborgan holni eshitganmisiz? Bunga quyidagi voqea sabab bo’lgan edi: o’qituvchi dars o’tish uchun sinfga kirsa, tanaffusda navbatchilar sinfni darsga tayyorlamagan, doska o’chirilmagan, latta  yo’q, bo’r yo’q. O’qituvchi : «Shunday oddiy masalani hal qila olmagan yomon o’qituvchi dars o’tishi mumkin emas»,- deb sinfdan chiqib o’qituvchilar xonasiga ketdi. Uch minutdan keyin esa sinf o’quvchilaridan vakillar borib, o’qituvchidan kechirim so’rab, uni sinfga qaytishini iltimos qilishdi.

       Vaziyatni tahlil qiling. O’qituvchi to’g’ri yo’l tutdimi? O’quvchilarda ongli intizomni tarbiyalash usullari  qaysi hollarda samara beradi?

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

    


 

 

 
Yüklə 25,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin