Tarbiya tizimi jtimoyilashtirish tarbiya tizmida innovatsiyalar



Yüklə 68,21 Kb.
səhifə1/3
tarix05.05.2023
ölçüsü68,21 Kb.
#107647
  1   2   3
TARBIYA TIZIMI JTIMOYILASHTIRISH TARBIYA TIZMIDA INNOVATSIYALAR


TARBIYA TIZIMI JTIMOYILASHTIRISH TARBIYA TIZMIDA INNOVATSIYALAR

REJA:


  1. Ta’limda innovatsion uslublarni ishlab chiqish va joriy etishning o‘ziga xos xususiyatlari

  2. Pedagogik texnologiyada qo‘llaniladigan usul va vositalar

  3. Innovatsiyalarni joriy etish muammolari, salbiy va ijobiy xususiyatlari

SHunday qilib, pedagogikada “tarbiya” kategoriyasining bir vaqtda bir necha tushunchalari mavjud tarbiyani o‘rganayotgan avlodga tarbiyani eng muhim ijtimoiy tajribalarni yetkazish bo‘yicha maxsus tashkil etilgan jarayon sifatida tushunish, eng keng tarqalgan tushunchalardan hisoblanadi. SHundan kelib chiqib, har qanday tarbiya jarayonining asosi, haqiqatda, o‘qitish hisoblanadi, degan xulosaga kelish to‘g‘ri bo‘ladi. Ushbu holatda tarbiya jarayoni didaktik vositalar bilan ko‘rina boshlaydi. Tarbiya tizimi tushunchasining o‘zi esa – o‘zining avtonomliligi va ko‘rib chiqish o‘zliga xosligini yo‘qotadi va didaktika ichiga “tortib kiritilgan” bo‘lib qoladi. Tarbiya jarayoni o‘zining o‘ziga xosligini “saqlab qolish” uchun “Tarbiya, tarbiya... tarbiya!” monografiya hammualliflari V.A.Karakovskiy, Novikova, Selivanova kabi mashhur estoniyalik pedagog va psixolog O. YO.Laymete taklif etgan uning boshqa tushunchasidan foydalanadilar. Agarda tarbiya jarayonini “Laymete bo‘yicha” qaraydigan bo‘lsak, unda tarbiya tizimi didaktikadan iborat bo‘lmaydi, balki bir tomondan psixologo-pedagogik, boshqa tomondan esa – ijtimoiy-pedagogik tizimdan iborat bo‘ladi.


Bu o‘z navbatida tarbiya tizimi o‘quvchilarga faqat didaktik sifatida emas (o‘qituvchilar, darslar, darsliklar, uy vazifalari orqali), balki ijtimoiy omil sifatida ham, ukuvchilarning atrof-muhitga jalb etilganligi orqali ham ta’sir ko‘rsatadi; ota-onalar, o‘qituvchilar va ukuvchilar o‘rtasida yuzaga keladigan munosabatlar orqali, har bir ta’lim muassasalarida tashkil topadigan ma’lum psixologik muhit orqali ta’sir ko‘rsatadi.
“Didaktik tizim” tushunchasi pedagogikada ancha qadimdan shakllangan. Kollejning didaktik tizimi ta’lim maqsadlari, o‘qish mazmuni, uni tashkil etishning metod va shakllari orqali ifodalanadi. Albatta, tarbiyaviy maqsadlar o‘rganilayotgan material mazmuni, uni yetkazish shakli va metodlari kabilarni belgilash orqali o‘qitish jarayonida ham amalga oshiriladi. Lekin tarbiyaning ikkinchi tushunchasi mantig‘ida didaktik tizimning o‘zi tarbiyaviy tizimning didaktik tizimida ishtirok etadi, ya’ni uning tizimi hisoblanadi. Ta’lim muassasining tarbiyaviy vazifasi birinchi navbatda, o‘quvchilarda, o‘zini shu dunyoda anglab yetish, boshqalar orasida o‘z o‘rnini topish bilan dunyoga, madaniyatga, atrof-muhitga qadriyatlarni shakllantirishdan iborat. Lekin mana shu vazifani faqat o‘qitish jarayonida amalga oshirib bo‘lmaydi: u individual manfaatlarini qondirish bilan bog‘liq dam olish doirasidagi o‘yin, mehnat, ijodiy faoliyat bilan ham bog‘liq. SHunday qilib, xususan tarbiya tizimi innovatsiyalarini o‘rganish imkoniyati paydo bo‘ladi. Uni yaratish va rivojlantirish jarayonida, har gal qator aniq masalalarni hal etish kerak bo‘ladi: yuqorida nomlari keltirilgan mualliflar ularning beshtasini alohida urg‘u bilan ko‘rsatadilar:
1. Ukuvchilarda dunyoning yaxlit va ilmiy asoslangan ko‘rinishini shakllantirish.
2. Fuqarolik o‘zini anglashni, vatanni taqdiri uchun javobgarlikni shakllantirish.
3. Ukuvchilarni umuminsoniy qadriyatlarga jalb etish, ular orasida mana shu qadriyatlarga mos bo‘lgan xulqni shakllantirish.
4. O‘sib kelayotgan kelajak avlodda, shaxs xususiyatlari sifatida prespektivlikni, “ijodkorlik”ni shakllantirish.
5. O‘z-o‘zini anglashni shakllantirish, o‘zini amalga oshirishda ukuvchiga yordam ko‘rsatish.
Albatta, bu masalalar ro‘yxatini davom ettirish mumkin. Lekin har qanday holatda ham, mana shu vazifalarning o‘zi yuqorida sanab o‘tilgan tarbiyalash vazifalarining “alohidaligini” ko‘rsatadi.
YUqorida bayon etilgan didaktik qarashlarning turli jihatlarida innovatsiyalar yuzaga kelishi va shakllanishi imkoniyatlarini chuqur muhokama qilish kabi, ushbu masalada, tarbiya tizimini falsafiy va texnologik jihatlarda ko‘rib chiqishda tarbiyaviy innovatsiyalarni qo‘llab o‘rganamiz.
Tarbiya tizimini ko‘rib chiqishning falsafiy jihati – tarbiyaning mazmun-maqsadlarini asoslashni, uni konkretlashtirish va tarbiyaning kerakli mazmuni bilan aloqasini asoslab berishni ko‘zda tutadi. Biz avval aytganimizdek, bugungi kun qarashlari ostida, tarbiya tizimida ikki turlicha bo‘lgan konseptual (ko‘p jihatdan qarama-qarshi) yondashishlar mavjud.
Birinchi yondashish tarbiya – bu ukuvchi shaxsiga o‘ziga xos mazmunga ega bo‘lgan (falsafiy-pedagogik, g‘oyaviy, psixologik-pedagogik, ma’naviy va boshqa), ijtimoiy belgilangan va maqsadga muvofiq ta’sir ko‘rsatishga asoslanadi. Bunday tarbiya ma’lum shakllarda (frontal, guruhli, individual) va ma’lum metodlar bilan amalga oshiriladi.
“Tarbiya ta’sir ko‘rsatish sifatida” mana shu paradigmasida pedagog barcha choralar bilan samarali tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishga erishishi kerak. U (pedagog) o‘zi beixtiyor, bolalar va ota-onalarning teng qimmatli ishtirokisiz, mana shu tizimda asosiy subekt bo‘lib qoladi, chunki bolalar “olib boruvchilar” rolida ishtirok etadilar. Va, albatta, tarbiyada teng huquqli sherik hisoblanmaydilar. Bu yerda ukuvchi “tarbiya predmeti” sifatida ishtirok etadi va ukuvchining faolligi sifatida subektivlik to‘g‘risidagi murojaat har gal “kerakligini faol o‘zlashtirish” yoki adaptiv faollik deb ataluvchi xususiyatga ega bo‘ladi.
Bu yondashish biz ilgari keltirib chiqargan ijtimoiylashtirish kategoriyasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq, bunda biz tarixiy ishlab chiqilgan ijtimoiy qoidalarni, qadriyatlar, munosabatlar, ma’naviy va moddiy madaniyat bilan munosabat usullarning inson tomonidan o‘zlashtirilishi jarayonini tushunamiz. Umumiy qabul qilingan tip asosida aytadigan bo‘lsak – ukuvchini tarbiyalash (mana shu tushuntirilishda) – uni kattalar dunyosiga olib kirish, uni umumiy qonunlar bo‘yicha “birga kabi” yashashga o‘rgatish demakdir. SHunday qilib, ijtimoiylashtirish insonning “adaptik faollik” qobiliyatiga ega bo‘lishini ko‘zda tutadi va maqsadga muvofiq jarayonlar (o‘qitish va tarbiyalash) maktabgacha, maktab, maxsus kasb-hunar kollejlari muassasalarida hamda tasodifiy omillar (oila, ommaviy axborot vositalari, san’at bilan muloqat qilish) ta’siri ostida amalga oshiriladi.
Bu ta’sir ko‘rsatish tarbiya tizimi (yoki ijtimoiylashtirish) insonparvarlikka zid kabi baholanishi mumkin emas, chunki u albatta, avtoretit vositalar bilan amalga oshirilishi shart emas. Unda o‘qituvchi va ukuvchilar o‘rtasida insonparvarlik munosabatlari mavjud bo‘lishi, gumanitar qadriyatlar targ‘ib qilinishi, guruhli va individual ijodkorlik elementlari tatbiq qilinishi mumkin.
Bundan tashqari, ta’sir ko‘rsatishning tarbiya tizimi o‘zi tarbiya jarayoniga demokratik qadriyatlar va qoidalar kiritishi kerak (atrof-hayotdagi o‘zgarishlar ortidan): hayotni tashkil etish demokratik usullarini o‘zlashtirish (ukuvchilar hamjamiyatidan boshlab), boshqalarga nisbatan huquq va majburiyatlarini o‘zlashtirishga amal qilish.
Lekin, tarbiya bilan bog‘liq bu yondashish, muhit bilan bog‘liq bo‘lib chiqmoqda, CHunki bolaning hulqi va hayoti bu holatda to‘laligicha tashqi kuchlar bilan belgilanadi. Va unda yuung tanlovni amalga oshirish imkoniyati qolmaydi. Etkazish kerak bo‘lgan qandaydir tarbiyaviy mazmun, mana shu tarbiyaviy standartdan kelib chiquvchi ijtimoiy-pedagogik-nazariy, bularning barchasi ukuvchining ichki “xohlayman” istagiga emas, balki tashqi “kerak” talabiga yo‘naltirilgan metodlarni talab etadi. SHuning uchun ushbu tarbiyaviy tizim qandaydir jazo va majburlashlarsiz mavjud bo‘lishi mumkin emas.
Tarbiyadan boshqa yondashish insonparvarlik tarbiyaviy tizimini yaratish bilan bog‘liq. Bu yondashish birinchi navbatda, biz ilgarigi bo‘limda batafsil ko‘rib chiqqan individuallashtirish jarayoni bilan mos keladi (lekin uni bola ijtimoiylashtirish masalalarini iloji boricha yaxshi o‘zlashtirib olishi maqsadi bilan bog‘liq yondashish bilan adashtirish kerak emas). YAna bir bor eslatib o‘tamiz, individuallashtirish – bizning tushunishimizcha – bu ukuvchida mavjud yoki o‘zining individual tajribasida egallagan yagona, alohida va o‘ziga xosligini ta’minlab turish va rivojlantirish bo‘yicha kattalarning hamda ukuvchining o‘zining faoliyatlaridir.
Individuallashtirish, birinchidan, birlamchi asosiy ehtiyojlarini individual yo‘naltirilgan yordam ko‘rsatishni ko‘zda tutadi. Busiz tabiiy “o‘zligini” his etish mumkin emas. Ikkinchidan, aynan mana shu individ uchun xos bo‘lgan tarbia bergan (meros bo‘lib o‘tgan) jismoniy, intellektual, emotsional qobiliyatlar imkoniyatlarni maksimal, erkin amalga oshirish uchun sharoitlar yaratishni ko‘zda tutadi. Va nihoyat, individuallashtirishning uchinchi belgisi, asosiy xislati – avtonom ma’naviy o‘zini qurishda, o‘zini ijodiy gavdalantirishda, “moslashuvchan bo‘lmagan faollik”, hayotiy o‘z yo‘lini tanlashdagi qobiliyatini rivojlantirishda insonga yordam ko‘rsatishdir.
SHaxsni individuallashtirish uning “o‘zligini” rivojlantirish, shunday qilib, keng ma’noda insonparvarlik tarbiyaviy tizimini tashkil etadi.Tarbiyada bunday yondashishning maqsadi, ukuvchilarga, ularning “subektiv mavjudliklarini” tashkil etishda yordam ko‘rsatish hisoblanadi. Buning uchun ushbu tarbiyaviy tizimda, insonga o‘zini anglash va o‘zini amalga oshirishda yordam beruvchi maxsus vositalar ishlab chiqiladi. Endi faqat pedagog emas, balki ukuvchilarning o‘zlari ham insonparvarlik tarbiyaviy tizimining subekti hisoblanadi (bola asosan, tarbiya obyekti hisoblangan ta’sir ko‘rsatish tarbiyaviy tizimidan uning asosiy farqi ham mana shundan iborat). Ushbu paradigmada pedagoglar ham, ukuvchilar ham kasb xzunar kollejlari oldida turgan maqsadlarini birgalikda aniqlashtiradilar, ularni amaliy vazifalar darajasiga ko‘taradilar va hamkorlikdagi faoliyatda amalga oshiradilar. Kolej insonparvarlik tarbiyaviy tizimi samaraliligining muhim sharti ukuvchilar va kattalarni umumiy jamoaga birlashtirish hisoblanadi (lekin o‘z vazifalari bo‘yicha turlicha bo‘lsa ham: ukuvchilar, pedagoglar, ota-onalar). Ukuvchilar va kattalarning o‘zaro munosabatlari ma’lum munosabatlarni yuzaga keltiradi, ular birinchi navbatda tizimning tarbiyaviy imkoniyatlarini belgilaydi.
Munosabatlar pedagoglar alohida g‘amho‘rligi bo‘lib qoladi. Har qanday insonparvarlik tarbiyaviy tizimi aniq tizim hisoblanadi. Uning tashkil topishi, faoliyati va rivojlanishida muhit, faqat tashqi ta’sir ko‘rsatuvchi omil sifatida emas, balki ushbu tizimning o‘zining tarkibiy qismida katta rol o‘ynaydi.
Tarbiyaviy tizimlar ikki turini taqqoslash, tahlil qilish yakunida ta’sir ko‘rsatish ta’lim tizimi va insonparvarlik tarbiya tizimi o‘zinig predmeti mazmunida ham farq qilishini alohida aytib o‘tamiz.
Birinchisi, birinchi navbatda, dunyoning ijtimoiy ko‘rinishini o‘rganadi. Ikkinchi tizim o‘zini-o‘zi o‘rganish usulini o‘rganadi. Ma’lum ijtimoiy qoidalarni, qadriyatlarni, munosabatlarni yetkazib ta’sir ko‘rsatish tarbiya tizimi, ukuvchilarda o‘zini anglashga qobiliyatni rivojlantirish masalasini o‘z oldiga qo‘ymaydi – bu uning predmeti hisoblanmaydi.
Insonparvarlik tarbiyaviy tizimi – bu boshqa gap. Inson tanlab olish subekti sifatida ishtirok etar ekan, u bu tanlovni o‘ziga nisbatan amalga oshirishi ko‘zda tutiladi, demak o‘zini anglash jarayonisiz bu tizimni amalga oshirish mumkin emas. SHuning uchun turli insonparvarlik tarbiyaviy tizimlar, hozirgi kunda, aynan mana shu yo‘nalishda rivojlanmoqda. Innovatsiya (anglagan holda, umuman yangilikni kiritish sifatida) ishchi (amaliy) tushunchasini eslab, aniq misolda tarbiya tizimini falsafiy jihatdan qarashda, innovatsiya qanday shakllanishini ko‘rsatamiz.
Taqdim etilgan yondashishlarning har birida, innovatsiya yondashishlardan birini aniqlashtirish hisoblansa ham, har gal qandaydir yangi g‘oya bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, tarbiya insonparvarlik paradigmasini muhokama qilib O.S. Gazman, birinchi navbatda, tarbiya maqsadini o‘zini rivojlantirish va pedagogik yordam ko‘rsatish g‘oyasi bilan bog‘laydi. Ko‘pchilik hozirgi zamon mualliflari insonparvarlik paradigmasini o‘rganishlarida, shaxs rivojlanishiga amal qilib o‘zini rivojlantirishga ( yoki o‘zining “o‘zligini” rivojlantirishga) turli tomonlardan yondashadilar. Ba’zi mualliflar ushbu so‘zning keng ma’nosidan kelib chiqadilar: o‘zini umumiylikka yetkazish, barcha odamlar uchun xosliklar, hammaga mos kelish, ya’ni u yoki bu sotsial ideologik talablarning kontekstidan chetga chiqadilar, umuminsoniylikning o‘zini rivojlantirishdagi ahamiyatini ta’kidlaydilar.
Mualliflar ikkinchi guruhi esa o‘z diqqatini boshqacha qaratadilar: inson o‘zining individualliligini, alohidaliligini, o‘zining “o‘zligini” rivojlantiradi (bu ko‘pincha umuminsoniylikni namoyon etish individual ifodalangan usullarini o‘z ichiga oladi).
O.S. Gazman “Erkinlik pedagogikasi: XXI asr insonparvarlik taraqqiyotidagi yo‘l” nomli asarida “o‘zini rivojlantirish” terminida, yuqorida aytilgan ikki mazmunni birlashtirish va o‘zini rivojlantirishni faqat yagona subektda taqdim etilishi mumkin bo‘lgan yangi sifatni tashkil etish uchun insonning o‘zida san’atni (madaniyatlilikni) to‘plash, birlashtirish jarayoni sifatida tasavvur etishni taklif etadi. Faqat ijtimoiy va biologik emas, balki erkin (ekzestensial) mavjudot sifatida o‘sib borayotgan inson to‘g‘risidagi tasavvur madaniyligi va tabiiyligi tamoyillarini erkinligi tamoyili bilan to‘ldirilishini talab etadi.
SHunday qilib, pedagogik yordam ishi, erkinlik, ijodkorlik, kattalar va bola o‘rtasida haqiqiy demokratiya va insonparvarlikda yuzaga keladigan tarbiya, boshqa madaniyatga kiradi. Tarbiya maqsadini pedagogik yordam sifatida, mana shu umuman yangicha tushunish, mazmuni bo‘yicha tarbiya tizimini falsafiy jihatdan qaralganda, innovatsiya hisoblanadi. U mana shu maqsadga mos yangi tarbiya texnologiyasini ishlab chiqishga olib keladi.
Tarbiya texnologiyasi deganda biz, tarbiyaning ma’lum maqsadlariga erishishga qaratilgan maxsus pedagogik uslublar tizimini tushunamiz. Har qanday tarbiya metodikasi tarbiya texnologiyalaridan tashkil topadi. Masalan, jamoani rejalashtirish, o‘smirlar bilan aloqa o‘rnatish, pedagogik diagnostika texnologiyasi va boshqalar.
Agar texnologiya – bu tarbiya metodikasining yakunlangan qismi bo‘lsa (uning birligi), uslub esa o‘z navbatida bu umumiy yoki shaxsiy pedagogik madaniyatda qayd etilgan tarbiya texnologiyasiga nisbatan yakunlangan elementdir. Agarda uslub biror-bir tarbiya masalasi bilan barqaror bog‘liq bo‘lsa, u oddiy tarbiyaviy texnologiya bo‘lib qoladi.
Masalan, guruxni mikroguruhlarga bo‘lish (qiziqishi bo‘yicha, qur’a tashlash bo‘yicha, yetakchilari bo‘yicha), hamkorlikdagi faoliyatda o‘yin rollarini yaratish usullari, guruhning muhokamada so‘zga chiqish tartibi va boshqalar – bularning barchasi tarbiyaning aniq uslublariga misollar. Lekin ulardan hech biri, qandaydir aniq tarbiyaviy masala bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq emas, shuning uchun mana shu uslublarni turli xil texnologiyalarga kiritish mumkin.
Mikroguruhlarga ajratish uslubini jamoa bo‘lib maqsadni belgilashda ham, hamkorlikda rejalashtirish va umumiy ishlarni bajarish texnologiyasida ham qo‘llash mumkin, shuningdek guruhli tahlilni tashkil qilish usuli sifatida ham, muloqot reytingida mashqlar o‘tkazish uslubi sifatida ham qo‘llash mumkin. SHunga mos ravishda ishlab chiqilayotgan pedagogik yordam texnologiyalari ham ilgari ma’lum bo‘lgan uslublar yo‘nalishidan iborat bo‘lishi mumkin, lekin ularning ma’lum tartibda tuzilgan ketma-ketliklari yangi tarbiya vazifalariga javob bera boshlashi mumkin. Pedagogik yordam texnologiyasi – bu o‘sib borayotgan odamning boshqalardan o‘zining farqini anglab yetishiga yordam beruvchi o‘zining bo‘shligi va o‘z kuchi – jismoniy, intellektual, ma’naviy, ijodiy vositalardan foydalanishi tizimidir.
Bu ta’lim olishda mustaqil va muvafaqqiyatli ilgari borishi, shaxsiy hayot yo‘li va hayot mazmunini tanlashi uchun zarurdir.
Ushbu texnologiyani amalga oshirish o‘quvchining savolidan boshlanadi: “Men kim bo‘laman!”, “Qanday bo‘lishim kerak?”. Pedagog bilan birgalikda mana shu savollarni muhokama qilish yana boshqa bir mustaqil savolni ham keltirib chiqaradi: “Qanday yashash kerak?” Maxsus tashkil etilgan maslahatlar orqali aynan mana shu o‘quvchiga xos bo‘lgan individual hayot tarzi asta-sekin tuziladi, intelektual, emotsional, jismoniy yuklamalar qulay rejimi tanlanadi.
O‘quvchi pedagog yordamida muvafaqqiyat va baxtsizliklarga bardosh berishning o‘zi uchun mos usullarini topadi, mehnat faoliyatining mos turini aniqlaydi, bo‘sh vaqtini, uzluksiz ish shakllari, odamlar bilan munosabatlar xususiyatlarini belgilaydi.
“Pedagogik yordam” tushunchasining semantik ma’nosi birinchi navbatda faqatgina biror narsaga kamroq ega bo‘lgan odamgagina yordam ko‘rsatish va qo‘llab-quvvatlash mumkinligidan iborat. SHuning uchun ukuvchining o‘zida biror narsani bilish istagi paydo bo‘lsa va bu yo‘lda uning oldida qiyinchiliklar paydo bo‘lsa – pedagogik yordam harakatga keladi.
SHunday qilib pedagogik yordam texnologiyasi, birinchi navbatda, vaziyatga javob qaytarishdan iborat bo‘ladi. O‘z navbatida bu texnologiya turli uslublardan iborat. Ulardan biri – baholash algoritmik uslub hisoblanadi.
Ukuvchi faoliyatini tuzatish va baholash munosabati: “yaxshi, yomon”, “to‘g‘ri-noto‘g‘ri”, “mumkin-mumkin emas” kabilar ma’lum yosh bosqichida belgilar xulqi doirasini belgilaydi. Bu uslub o‘qituvchi obro‘si hali juda kuchli bo‘lmagan kolej yoshidagi o‘quvchilar uchun ancha samarali bo‘ladi.
Pedagogik yordam texnologiyasini amalga oshirish uchun yangi bir uslub – ijtimoiy ko‘nikmalar kursini kiritish maqsadga muvofiq. Ushbu kurs etik madaniyat, ijtimoiy munosabatlar, shaharlararo munosabatlar, qaror qabul qilish, o‘zini anglash kabi fanlardan iborat bo‘lishi mumkin. Ushbu ikki fan – akademik emas balki labaratoriya – amaliy mashg‘ulotlar yoki o‘zini namoyon etish va o‘zaro aloqalar hamda hamkorlik tajribasi uchun jamoani ijodkorlik bo‘yicha mashg‘ulotlar ko‘rinishida qurilishi juda muhim.
Pedagogik yordamni amalga oshirishdan keyingi uslub – ukuvchilar jamoasini yaratish va o‘zini boshqarishda pedagogning yordami hisoblanadi.
SHu yerda biz ma’lum bo‘lgan eski oppozitsiyaga qaytamiz: jamoa va shaxs. Lekin ushbu holatda biz ukuvchilar jamoasini tashkil etishni o‘z maqsadimiz sifatida emas, balki har bir o‘quvchining ijtimoiy, ijodiy o‘zini amalga oshirishi sharti sifatida qaraymiz.
O‘zini boshqarish buyruq bo‘yicha yuzaga kelmaydi, balki ukuvchilar va o‘smirlar qiziqishlari hamda kolej fuqarosi huquqlari ham o‘z manfaatlarini o‘zaro himoya qilishlari ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Ushbu o‘zini boshqarish (aynan mana shu yerda pedagogning yordami kerak) kolej doirasida ukuvchilar qiziqishlarini birlashtiruvchi bo‘lganida va kolejning o‘zi fuqarolik jamiyati sifatida qurilganda paydo bo‘ladi.
Agarda diskoteka o‘tkazish, sayohatga borish yoki qandaydir tanlovlar o‘tkazish uchun o‘smirlar birlashishni xohlasalar, mana shu vaziyatda o‘zini boshqarish lokal tajribasi paydo bo‘ladi. Kattalar esa bu vaziyatda yordamchi bo‘lib qolishlari mumkin. O‘zini boshqarishda qoidalar ishlab chiqarish majburiy element hisoblanadi. Ukuvchilarning o‘zlari yaratadigan qoidalar, qonunlar, huquq qoidalarining muhim ahamiyatga egaligi pedagogikada ancha avval payqalgan.
Ukuvchilarning o‘zlari yaratgan qoidalar ularni birlashtiradi. Kolej hayoti muammolarini yanada demokratik hal etishga imkon beradi. Lekin asosiysi, bunday qoidalar erkinlik va mas’uliyatlilik doirasini belgilab beradi. Ushbu holatni intizomlilikni rivojlantirishning kuchli vositasi sifatida tushunib, ko‘pchilik kasb xunar kollejlar o‘zlarining qonunlarini, o‘rtoqlik nizomlarini, vijdon kodekslarini yaratmoqdalar. Lekin ushbu uslubda ham ma’lum xavfli tomonlari mavjud. Pedagog, ba’zi ukuvchilar boshqalar ustidan nazoratchi bo‘lib qolmasliklarini kuzatib borishi zarur. Bunday holatda ukuvchilar jamoasida adovat ham yuzaga kelishi va ukuvchilar qonunni bajaruvchilar va ularga qarshi kuzatuvchilarga ajralib qolishlari mumkin. SHunday qilib, yuqorida tasvirlangan uslublar to‘plami (ularning ro‘yxati albatta, davom ettirilishi mumkin) yangi maqsad – pedagog yordam uchun texnologiyani belgilab beradi. Va mana shu mazmunda innovatsion texnologiyadan iborat bo‘ladi.
Umuman olganda, har qanday tarbiya tizimining yangilanishi innovatsiyalar hisobiga amalga oshiriladi. Bu esa ikki – revolyutsion va evolyutsion yo‘l bilan sodir bo‘lishi mumkin.
Inqilobiy yo‘l odatda.kasb xunar kollejlari hayotida, jamiyat hayotidagi favqulodda vaziyatlar bilan kelib chiqadi. Ikkinchi yo‘l – tarbiya tizimini samarali pedagogik boshqarish bilan mumkin bo‘ladi, chunki yangilanish mexanizmlari tizimning o‘zida mavjuddir.
Tizimning holati va faoliyati to‘g‘risida yaxshi yetkazilib turiladigan obyektiv axborotlar, pedagoglar va o‘quvchilar jamoasining doimiy, ijodiy izlanishiga yo‘nalgan ishlari ta’lim tizimi yangilanishini rejali va boshqariladigan qiladi. Innovatsion kasb xunar kollejlari tashkil topishining didaktik jihatini tahlil qilish quyidagi xulosalarga kelishga imkon beradi:
Innovatsion kasb xunar kollejlari tashkil topishi jarayonini didaktik ko‘rib chiqish uchta turlicha jihatlar orqali amalga oshiriladi:
a) falsafiy-metodologik (o‘qitish maqsadlari);
b) nazariy (o‘qitish mazmuni, o‘qitish jarayoni tuzilishi va qonuniyatlari);
c) texnologiya (o‘qitish jarayoni qoidalar tamoyili).
Didaktik qarashning falsafiy-metodologik jihati quyidagidan iborat. U yoki bu ijtimoiy buyurtmaning mazmunidan qat’iy nazar, maqsadlarni aniqlashtirish jarayoni har doim ma’lum pedagogik strategiyani tanlash bilan berilishi kerak. Ijtimoiy buyurtmadan o‘qitish jarayonini tashkil etishning aniq maqsadlariga o‘tish jarayonida haqiqatda ishtirok etuvchilar barchalari: olim-didaktiklar, kasb xunar kolleji ma’muriyati, birinchi navbatda esa yangi ta’lim modellarini ishlab chiquvchi innovatsion kasb xunar kollej o‘qituvchilari shunday tanlovni amalga oshirishga majburlar.

Turli pedagogik strategiyalardan tanlab olishning to‘rtta yo‘nalishi mavjud:


1. Bugungi ta’lim sohasining yaxlit eng yuksak vazifalari;
2. O‘qitish va rivojlantirish jarayonlari nisbati:
3. Ta’lim mazmuni konsepsiyasi ma’lum turiga yo‘nalganligi;
4. Inson madaniyati tuzilishi to‘g‘risida tasavvur.
Ushbu ma’lum pedagogik strategiyani tanlash ilmiy obektiv vazifalar bilan umuman hal etilishi mumkin emas.U har bir aniq innovatsion guruhning umumiy dunyoqarashi bilan, metodologik, falsafiy, antropologik qarashlari bilan bog‘liq.
Didaktik qarash falsafiy-metodologik jihatida maktabning innovatsionligi g‘oyaning o‘zi umuman yangiligidan tashqari, kasb xunar kollejlarida maqsadni shakllantirish jarayoni mavjudligi qayd etilganligidan ham iborat bo‘lishi mumkin. Maqsadni shakllantirish innovatsion kasb xunar kollejlarining mavjudligiga sabab bo‘ladi, va o‘z navbatida o‘qitishning o‘zi u sababli bo‘ladi.
Innovatsion kasb xunar kollejining tashkil topishi didaktik qarash (o‘qitish mazmuni, o‘qitish jarayoni tuzilishi va qonuniyatlari) nazorat jihatlari quyidagilardan iborat. Zamonaviy ta’lim vaziyatlari sharoitlarida, deyarli har bir kasb xunar kollejida variativ qismini aniqlash hisobiga boshlash, keyin esa, invariant asosini aniqlashtirib shaxsiy pedagogik strategiyasini ishlab chiqish imkoniyatiga ega. YA’ni zamonaviy asosiy o‘quv rejasi faqatgina turli innovatsiyalar yuzaga kelishiga yordam beruvchi omil sifatida emas, balki haqiqiy rag‘batlantirish sifatida ham amal qila boshlaydi.
O‘qitish nazariyasi (o‘qitish jarayoni tuzilishi va qonuniyatlari), o‘qitish mazmunidan farqli ravishda innovatsiyalar yuzaga kelishi uchun imkoniyat hisoblanmaydi. Lekin innovatsion kasb xunar kolleji tashkil topishini didaktik qarashda texnologik jihatida yuzaga keladigan innovatsiyalar uchun cheklovchi rolida ishtirok etishi mumkin.
Innovatsion kasb xunar kolleji tashkil topishini didaktik qarashdagi texnologik jihati quyidagilardan iborat.
O‘qitish mazmuni va texnologiyasida o‘zaro bog‘liqlik mavjud. O‘qitish mazmunidagi o‘zgarish (misol uchun o‘quvchi fikrlarini tashkil etuvchi sxemalar kiritish) darhol mana shu mazmunni yetkazib berishga qodir yangi pedagogik texnologiyani ishlab chiqishni talab qiladi. Va aksincha, ma’lum texnologiyalar o‘qitish mazmuni hajmining o‘ziga xos chegaralovchilarini ilgari suradi, masalan, davomiyligi va qamrab olish kengligi.

Aniq pedagogik texnologiyalar ko‘rinishida berilgan har qanday innovatsiyalar didaktik qarash texnologik jihatida, bir tomondan o‘qitish nazariyasi va mavjud maqsadlar bilan cheklangan, ikkinchi tomondan esa ushbu innovatsion texnologiya “mos” keladigan yondashish xususiyati (texnoizlanish) bilan cheklangan. Innovatsion maktab tashkil topishini didaktik qarash turli jihatlariga o‘xshash tarbiyaviy tizim tashkil topishini falsafiy va texnologik jihatlarida qaraladigan innovatsiyalarni o‘rganish ham mavjud.


Ommaviy guruxdan tashqari ish formalari pedagogik kollektiv orqali har bir bolaga ta’sir ko‘rsatishga imkon beradi. Ular bolalarda boshqalarni tushunish, kollektivda bir-biriga ta’sir ko‘rsatish, tengloshlari va kattalar bilan hamkorlik qilish malakalarining rivojlanishiga yordam beradi.
Akadem guruxdan tashqari ishning ana shu ommaviy shakllarini ikkita katta guruhga ajratish mumkin. Bu guruhlar ukuvchilar faoliyatining xarakteri bilan farq qiladi.
Birinchi guruh – frontal shakllar. Ukuvchilarning faoliyati «yonimda», «yonida» printsipi bo‘yicha tashkil etiladi, ya’ni ular bir-birlari bilan o‘zaro ta’sirda bo‘lmaydilar, har bir ukuvchi aynan bir xil ishni mustaqil ravishda bajaradilar. Pedagog har bir ukuvchiga bir yo‘la ta’sir ko‘rsatadi. CHeklangan ukuvchilar bilangina teskari aloqa o‘rnatiladi. Guruxning hammasi bilan o‘tkaziladigan tarbiyaviy mashg‘ulotlarning ko‘pchiligi “yonida” prinsipi bo‘yicha tashkil etilgan.
Ukuvchilarning guruxdan tashqari faoliyatini tashkil etish shakllarining ikkinchi guruhi “birga”, “birgalikda” prinsipi bilan xarakterlanadi. Umumiy maqsadga erishish uchun har bir ishtirokchi o‘z rolini bajaradi va umumiy natijaga o‘z hissasini qo‘shadi. Hammaning xatti-harakatlari muvaffaqiyati har bir ishtirokchining harakatiga bog‘liq. Ishni bunday tashkil etilishi jarayonida Ukuvchilar bir-birlari bilan yaqin hamkorlikda ish ko‘rishga majbur bo‘ladilar. Bunday faoliyat kollektiv faoliyat nomini olgan, tarbiyaviy ish esa – kollektiv tarbiyaviy ishlar deb nomlanadi. Pedagog har bir ukuvchiga alohida ta’sir ko‘rsatmaydi, balki ukuvchilar o‘rtasidagi o‘zaro aloqaga ta’sir etadi, bu esa pedagog bilan o‘quvchilar o‘rtasidagi teskari aloqaning yaxshilanishiga yordam beradi. Ukuvchilarning juft-juft, kichik guruhlarda faoliyati «birgalikda» prinsipi bo‘yicha tashkil etilishi mumkin.
Har bir yo‘nalishning o‘z afzalliklari va kamchiliklari bor.
Birinchi guruh pedagog uchun tashkil etishda oddiyligi bilan farq qiladi, lekin kollektiv o‘zaro ta’sir malakalarini kamroq shakllantiradi. Ikkinchi guruh ukuvchilarda hamkorlik, bir-biriga yordam berish, mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish malakalarini rivojlantirish uchun tengi yo‘q. Biroq usmir yoshdagi o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga ko‘ra (ular boshqa kishida teng huquqli insonni ko‘rolmaydilar, kelishib olishni, birga bo‘lishni bilmaydilar) kollektiv shakllarni tashkil etish pedagogdan ko‘p vaqt va muayyan tashkilotchilik malakalarini talab etadi. Uning pedagog uchun murakkabligi ham mana shunda.
Ikkala yo‘nalish o‘zaro bog‘langan va bir-birini to‘ldiradi, shu sababli quyida biz har bir yondashuv imkoniyatlarini aniq bir shakl misolida qarab chiqamiz.
Umumgurux tarbiyaviy mashg‘ulotni tayyorlash. Faraz qilaylik, algoritmik muvofiq ukuvchilar kollektivini o‘rganish bosqichi tugallangan va pedagog mashg‘ulotning mana shu shaklini tanlagan. Birinchi navbatda mashg‘ulotning mazmuni belgilanadi, unga muvofiq mazkur gurux uchun aktual bo‘lgan mashg‘ulot mavzusi tanlanadi va mashgulot g‘oyasi ifodalanadi.
Pedagog o‘zidan fikran shunday deb so‘rashi kerak:
“Mazkur mavzuni ochib borish orqali ukuchilarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish natijasida nimaga ega bo‘lishni istayman?” Umumgurux tarbiyaviy mashg‘ulotning mazmuni rivojlantirish, to‘g‘rilash, shakllantirish vazifalarini aks ettirishi kerak. Ta’lim berish vazifasi umumiy vazifalardan biri sifatida namoyon bo‘lishi mumkin. Boshqa so‘z bilan aytganda “ .. haqidagi ma’lumotlarni bayon qilish” tarbiyaviy mashg‘ulotning maqsadi bo‘lishi mumkin emas (vazifalardan biri bo‘lishi mumkin). Pedagog guruxdan tashqari mashg‘ulotning maqsadi hamda vazifalarini qanchalik aniq ifodalasa, uning istalgan natijalar haqidagi tasavvuri ham aniq bo‘ladi. Faqat shundan keyingina mashg‘ulotning mazmunini, metodlarni, vositalarni tanlashga kirishish mumkin. Mashg‘ulotning mavzusi, mazmuniga alohida ahamiyat berib, uning maqsadini ifodalashga normal yondashadigan yoki uni umuman e’tibordan chetda qoldiradigan pedagoglar noto‘g‘ri ish yuritadilar. Bunday holda tarbiyaviy ishning maqsadga yo‘naltirilganligi va tizimliligi yuqoladi.
Mashg‘ulot modelini tayyorlash natijalari umumgurux tarbiyaviy mashg‘uloti konspektida aks ettiriladi. U quyidagi tuzilishda bo‘ladi:
1) mashg‘ulotning nomi;
2) maqsadi, vazifalari;
3) jihozlanishi;
4) o‘tkazish shakli;
5) borishi.
Mashg‘ulotning nomida guruxdan tashqari mashg‘ulotning mavzusi aks ettiriladi. U faqat aks etib qolmay, shakl bo‘yicha lo‘nda qilib ifodalangan, jozibali bo‘lishi lozim.
Vazifalar juda aniq bo‘lib, mazkur mazmunni aks ettirishi kerak. Ular universal xarakterda bo‘lmasligi lozim. Masalan, “Jonajon shahriga muhabbat uyg‘otish” vazifasi o‘rniga “SHahar tarixiga qiziqishni oshirish”, “Usmirlarda shahar yubileyiga tayyorgarlik ishlariga o‘z hissasini qo‘shish istagini uyg‘otish”,
”Usmirlarda shaharning o‘tmishdagi mashhur kishilariga nisbatan hurmat hissi shakllanishiga yordam berish” kabi vazifalarni qo‘yish yaxshi bo‘ladi.
Guruxdan tashqari mashg‘ulotning jihozlanishiga turli vositalar: qo‘llanmalar, videofilmlar, diapozitivlar, adabiyotlar va boshqalar kiradi. Adabiy manbaning nominigina emas, balki uning muallifi, nashr etilgan joyi va yili ko‘rsatilishi kerak.
Gurux mashg‘ulotlari ishlab chikariщga ekskursiya, viktorina, konkrus, spektakl va hokazo shaklda o‘tkazilishi mumkin. Bunday holda mashg‘ulot rejasida uni o‘tkazish shakli “Kasbim faxrim”, “Fantaziyachilar konkursi”, “Fermer xujaligiga ekskursiya” kabi nomlar bilan birlashtiriladi. Agar gurux mashg‘uloti o‘zida bironta o‘tkazish shakllarini birlashtirsa, unda ukuvchilarni joylashtirish usuli ko‘rsatiladi: aylana, komandalar va hokazo.
Mashg‘ulotning borishida uning mazmuni, tarbiya metodlari tavsif etiladi va pedagogning mashg‘ulotni birinchi shaxs nomidan batafsil, izchillik bilan bayon qilinishdan iborat bo‘lishi mumkin yoki (pedagogning shaxsiga qarab) asosiy mazmuni kartochkalarda ifodalangan tezisli plandan tashkil topishi mumkin.
Mashg‘ulotning borishini modellashtirishda uning davomiyligi va strukturasini hisobga olish zarur. Gurux tarbiyaviy mashg‘uloti 15–20 daqiqadan , 1–2 soatgacha davom etishi mumkin.
Mazmuni va metodlari bo‘yicha xilma-xil bo‘lgan gurux mashg‘ulotlarini samarali o‘tkazish maqsadida uning asosiy to‘rt bosqichdan iborat bo‘lishiga amal qilish ma’qul.
1. Tashkiliy moment (0,5 – 3 daq.).
Pedagogik maqsad: ukuvchilarni o‘quv faoliyatidan faoliyatning boshqa turiga ko‘chirish, ana shu faoliyat turiga qiziqish, ijobiy his-tuyg‘ular uyg‘otish.
Tipik xatolar: darsning boshlanishini aynan takrorlash, uning vaqt jihatidan uzoq davom etishi.
Tavsiyalar: tashkiliy momentda kutilmagan holatni yuzaga keltirish, ya’ni topishmoqlar, muammoli masalalar, o‘yin momenti, tovush yozuvlari va hokazolardan foydalanish; ukuvchilarni uyushtirish shakllarini o‘zgartirish; ukuvchilarni boshqa xonaga, binoga (biologiya, fizika, musiqa, kasbga yunaltirilgan auditoriyalariga, kutubxonaga, muzeyiga) o‘tkazish yoki ularni guruxda aylana shaklda joylashtirish ukuvchilarning darsdan tashqari faoliyati samarali ko‘chishiga yordam beradi. Bu bo‘lajak mashg‘ulotga qiziqish, ijobiy his - tuyg‘ular uyg‘otadi.
2. Kirish qismi (butun mashg‘ulot vaqtining 1/5 qismidan 1/3 qismigacha).
Pedagogik maqsad: ukuvchilarni faollashtirish, ularni tarbiyaviy ta’sirga moyil qilish. Pedagog o‘zining pedagogik prognozi haqiqatda ukuvchilarning imkoniyatlari, shaxsiy sifatlari, mazkur mavzu yuzasidan xabardorlik darajasi, emotsional kayfiyati, faollik, qiziqish darajasi bilan qanchalik mos tushishini aniqlaydi. Bu bosqichda pedagogdan usmirlarni qiziqtirishgina emas, balki mashg‘ulotning borishi davomida unga qanday tuzatishlar kiritishi kerakligi va tuzatishlar qanday xarakterda bo‘lishini aniqlash talab etiladi. Masalan, pedagog o‘zi ma’lum qiladigan narsalarning yangiligiga umid bog‘lab, hikoyani planlashtirgan edi, ammo kirish suhbati ukuvchilarning bu muammoni bilishini ko‘rsatdi. Bunday holda pedagog hikoyani suhbat yoki o‘yin vaziyati bilan almashtirishi zarur. SHunday qilib, kirish qismining maqsadi usmirning shaxsiy tajribasidan mashg‘ulot mavzusiga “ko‘prik tashlash”dan iborat.
Tipik xato: pedagogning kutilmaganda usmirlarning ta’sirlanishidan (usmirlar pedagog kutayotgan narsani aytmasligi yoki qilmasligi mumkin) qo‘rqqani tufayli bu bosqichni inkor etishi. Pedagog mashg‘ulotning kirish qismini usmirlarning faolligiga emas, balki shaxsiy faollik asosiga quradi, teskari aloqani mensimay, usmirlarga passiv tinglovchilar rolini beradi. U usmirlarning emotsional kayfiyatini e’tiborga olmaydi.
Tavsiyalar: kirish qismi mashg‘ulotning mazmuniga qarab bilish xarakteridagi kirish suhbatidan, estetik va axloqiy mashg‘ulotlar yoki aqlni “charxlab olish” topshiriqlaridan (viktorina, konkurs va h.k.) iborat bo‘lishi mumkin.
Birinchi holatda savollar, ikkinchisida – topshiriqlar usmirlar uchun qiziqarli bo‘lib qolmay, pedagogga o‘quvchilarning tayyorlangan materialni idrok qilishga tayyorligi haqida axborot berishi kerak. Kirish qismida pedagog usmirlarning bo‘lg‘usi mashg‘ulot haqidagi dastlabki tasavvurlarini shakllantiradi, ularning faoliyatini tashkil etadi, ya’ni baholash tizimi bilan tanishtiradi, mashg‘ulot rejasini ma’lum qiladi, ularni komandalarga bo‘ladi. Baholashning an’anaviy tizimida pedagog aniq mezonlarni berishi, zarur qoidalarni tushuntirishi kerak.
Bolalar komandalarga bo‘linganda ularning xatti-harakatlarini raqobat asosiga emas, balki hamkorlik asosiga qurish lozim. Buning uchun quyidagi usul samaralidir: komandalarga to‘g‘ri javoblar uchun ochkolar o‘rniga qirqib ajratilgan rasmning bo‘lakchalari tarqatiladi. Mashg‘ulotning yakuniy qismida bu bo‘laklardan umumiy rasm yig‘iladi hamda ukuvchilar miqdori emas, balki umumiy natija muhimligi ayon bo‘lib qoladi.
Mashg‘ulotning kirish qismida usmirlarni faollashtirishning turli- tuman metodlari hamda vositalaridan: muammoli suhbat, rebus, krassvord, topqirlik va chaqqonlikka doir topshiriqlar va hokazolardan foydalanish mumkin.
3. Mashg‘ulotning asosiy qismi – vaqt jihatidan eng davomli bo‘lishi kerak (mashg‘ulotning 2/4, 1/3 dan sal ko‘proq qismi).
Pedagogik maqsad: mashg‘ulotning asosiy g‘oyasini amalga oshirish.
Tipik xatolar: ukuvchilarning qisman yoki butunlay passivligida pedagogning faolligi. Metodlarning bir xilligi – faqat hikoya yoki suhbat. Ko‘rgazmalilikning yo‘qligi, foydalaniladigan tarbiya vositalarining juda ham kamligi. Ongni shakllantirish metodlarining xulq-atvorni shakllantirish metodlaridan ustunligi. Darsning o‘quv muhiti yaratilishi. Ibratlilik, o‘rgatish, nasixatgo‘ylik qilish.
Metodik tavsiyalar: agar ukuvchilar maksimal ravishda faol bo‘lsalar, mashg‘ulotning rivojlantiruvchi, to‘g‘rilovchi, shakllantiruvchi, tarbiyalovchi, ta’lim beruvchi vazifalarini amalga oshirishda tarbiyaviy samara yuqori bo‘ladi. Guruxdan tashqari mashg‘ulotda ukuvchilarni faollashtirishda darsdan farq qiladigan alohida emotsional muhitni yaratish birinchi darajali ahamiyatga ega. Masalan, ukuvchilardan qo‘llarini ko‘tarish, o‘rnilaridan turish talab etilmaydi. Intizomni saqlab turish uchun alohida qoidalar joriy qilinadi.
Bir masala yuzasidan bir necha o‘quvchi o‘z fikrini bildirishi eng qulaydir. Pedagogning nutqida “to‘g‘ri”, “balli”, “ofarin” deb baholaydigan fikrlarning bo‘lmasligi, baholar o‘rniga xayrixohlik, his-hayajon, pedagogning his-tuyg‘ularini ifodalovchi, qoyil qolish bilan aytilgan “Ha”, “Juda qiziqarli”, “YAngi xabaring uchun rahmat”, “SHundaymi?”, “Buni qarang-a!” kabi iboralardan foydalanish iliq, xayrixohlik muhitining yaratilishiga yordam beradi.
Agar pedagog xulq-atvorni shakllantirishning xilma-xil metodlaridan iloji boricha ko‘p foydalansa, vaziyatni, o‘yinni tarbiyalovchi mashqlar, o‘rgatish, topshiriqlar berish, mashg‘ulotga turli xil faoliyat turlari: mehnat ijodiy ishlar, sport elementlari va hokazolarni kiritsa, samaradorligi shuncha oshib boradi. Pedagog turli faoliyat turlarini tashkil etishda ukuvchilarni komandalarga birlashtirar ekan, ularni bir-birlari bilan erkin muomalada bo‘ladigan qilib joylashtirishi, vazifalarni esa har bir ishtirokchi o‘zi uchun alohida emas, balki o‘zini jamoaning bir qismi deb his etadigan qilib taqsimlashi kerak. Topshiriqni bajarish uchun vaqt berishda komandaga uni bajarishni muhokama qilishiga bir necha daqiqa vaqt ajratish va komanda vakilidan tayyorligini so‘rash lozim. SHunday qilingan taqdirdagina ukuvchilarda faoliyatning umumiy maqsadi, xilma-xil vazifalar va hamkorlik uchun sabab (motiv)lar bo‘ladi.
Ongni shakllantarish metodlari ukuvchilarda e’tiqodning, amaliy etik (axloqiy) tushunchalarning tarkib topishiga yordam berishi kerak. Bu maqsadlarda hikoya metodini o‘quvchining axboroti, ma’ruzasi tarzida o‘zgartirish, tez-tez munozaradan foydalanish yaxshi samara beradi.
Guruxdan tashqari tarbiyaviy ishlarning ommaviy shakllarida ukuvchilarni munozara qoidalariga o‘rgatish lozim:
a) shuni yodda tutingki, bahslashuvchilar haqiqatni izlaydilar, ammo uni turlicha tasavvur qiladilar; bahsda umumiy mazmunni aniqlash, keyin esa qarashlardagi farqni oydinlashtirish va bunga hurmat bilan munosabatda bo‘lish kerak;
b) munozaraning maqsadi – tomonlardan birining haqligini aniqlash emas, balki haqiqatni qaror toptirishdir;
c) haqiqatni opponent shaxsiga ayblar qo‘yish bilan emas, balki faktlar yordamida qidirish zarur;
d) so‘zlovchini avval hurmat bilan tinglash, keyin esa o‘z nuqtai nazarini bildirish lozim.
4. Mashg‘ulotning yakuniy qismi.
Pedagogik maqsad: ukuvchilarni egallagan tajribalarini o‘zlarining kasb xunar kollejidan tashqi hayotlarida amalda qo‘llashga moyil qilish (xohish uyg‘otish) va mashg‘ulot qanchalik muvaffaq bo‘lganligini aniqlash. SHunday qilib, yakunlovchi qism pedagogning ukuvchiga boshqa muhitda tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishiga imkon beradi.
Tipik xatolar: bu qism umuman inkor qilinadi yoki “YOqdimi?”, “YAngidan nimalarni bilib oldingiz?” qabulidagi ikki savoldan iborat bo‘lib qoladi.
Tavsiyalar: dastlabki natijalarni aniqlash uchun krossvord, kichik viktorina, berilgan savolga uzoq o‘ylamay tez javob qaytarish, o‘yin vaziyatlari kabi bolalarni qiziqtiradigan test xarakteridagi nazorat topshiriqlari. Ukuvchilarning egallash tajribalarini shaxsiy hayotlarida qo‘llashga doir turlicha tavsiyalar berish. Bu mazkur muammoga doir kitoblarni ko‘rsatish, ukuvchilarning mashg‘ulotda egallagan bilim, malaka va ko‘nikmalarini qo‘llashi mumkin bo‘lgan vaziyatlarni muhokama qilish bo‘lishi mumkin. Hosil qilingan tajribani qo‘llashga doir ukuvchilarga maslahatlar: ular o‘z yaqinlariga nimalarni gapirib berishlari, mazkur mavzu yuzasidan nimalar haqida so‘rashi mumkin; qayerga borish, u yerda nimalarga e’tibor berish, mustaqil ravishda nimalar qilish va hokazo. YAkunlovchi qismda mashg‘ulot mavzusini kelgusida yana yoritib borish zarurati bormi, bor bo‘lsa buni qanday yo‘l bilan amalga oshirish mumkinligini aniqlash maqsadga muvofiqdir. Mashg‘ulotning yakunlovchi qismidan pedagog bundan keyingi gurux mashg‘ulotlarini o‘tkazishda ukuvchilar tashabbusini rivojlantirish uchun ham foydalanishi mumkin.
Guruxdan tashqari tarbiyaviy ishlarning individual va ommaviy shakllari, agar ularni tashkil etish va o‘tkazishda ota-onalar bevosita ishtirok etsalar, ukuvchilarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishda ancha samarali bo‘ladi.

18- Mavzu: Oila muhitining bola tarbiyasiga ijobiy ta’siri.


O‘quvchilarning bir xil saviyada, bir xil yoshda, bilimi jihatidan ham teng bo‘lgan jamoasini boshqarib turuvchi pedagog gurux rahbari deb ataladi.
Gurux rahbarining asosiy maqsadi o‘quvchilarini to‘g‘ri tarbiyalash jarayonida o‘quvchi va gurux rahbari bilan bir-birini tushuna olishini ta’minlashdir.
Kollejda o‘quvchilariga tarbiya gurux rahbarining ishlari orqali beriladi. Jumladan, tadbirlar, mushoiralar, har xil kechalar, uchrashuvlar, tanlovlar va boshqa o‘yinlar orqali o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya beriladi. SHunga qarab o‘quvchilarning fikrlash qobiliyati rivojlanib boradi.
Gurux rahbari kollej ma’muriyati bilan birgalikda va mahalla jamoasi, ota-onalar bilan hamkorlikda tarbiyaviy ishlarni olib boradi. Kollej ma’muriyati gurux rahbari va uning olib borayotgan ishlarini doimo qo‘llab-quvvatlashlari lozim. CHunki gurux rahbari o‘z o‘quvchilarini yaxshi biladi va ularni tarbiyalash uchun nimalar kerakligini hisobga olib ish yuritadi. Gurux rahbari ishini ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari boshqarib turadi.
Gurux rahbarining ish rejasini kollej direktori va direktor o‘rinbosari tuzadi va nazorat qilib boradi.
Ukuvchilar o‘qituvchi rahbarligida uquv faoliyatida bilim, ko‘nikma va malakalarni egallaydilar. O‘qituvchi gurux bilan ko‘pincha yolg‘iz ishlaydi va tarbiyachi sifatida ish yuritadi.
O‘qituvchilarning ukuvchilarga bo‘lgan munosabati katta mehribonlik va g‘amxo‘rlik bilan xarakterlanadi. Bular esa talabchanlik bilan olib boriladi. O‘quvchilar bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabatlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish hamda o‘quvchilarning o‘sishi va rivojlanishiga qarab ularni qayta qurish xususiyati ham gurux rahbari uchun muhim ahamiyatga ega.
Kollkj nizomida gurux rahbarining asosiy vazifalari belgilab berilgan. Gurux rahbari barcha o‘qituvchilar bilan birgalikda aloqada bo‘lib, o‘zining guruxi bilan tarbiyaviy ishlarni olib boradi. O‘qituvchilar tomonidan o‘quvchilarga qo‘yiladigan pedagogik talablar birligiga erishadi. Ota-onalar, kun uzaytirilgan guruh tarbiyachilari, jamoatchilik bilan doimo aloqada bo‘lib turadi.
Zarur bo‘lgan vaqtda o‘qishda o‘quvchilarga yordam ko‘rsatishni tashkil etadi. Gurux rahbari qiladigan ishlar hujjatlarini yuritadi va uni kollej ma’muriyatiga taqdim etadi. O‘quvchilar sog‘lig‘ini mustahkamlashga doir ishlarni o‘tkazadi va jismoniy hamda aqliy mehnat qilishga o‘rgatib boradi.
Gurux jamoasini tashkil etishda gurux rahbarining roli kattadir. Gurux majlisi o‘tkazish uchun avvalo jamoa jipslashtiriladi. Gurux rahbari majlisda ko‘plab masalalarni ko‘taradi. Gurux majlisida 3–4 ta masalalar ko‘rilib, muammoli tomonlari tahlil qilinadi va o‘z echimini topishi kerak bo‘ladi.
Gurux rahbari majlis o‘tkazish davomida yaxshi o‘qiydigan ukuvchilarni guruxda, ya’ni jamoa ichida rag‘batlantirishi kerak. Ukuvchilar bir-biriga do‘stona munosabatda bo‘lishadi. Ularni bir-biriga qarab yaxshi o‘qiy boshlashiga intiladi. YOmon o‘qiydigan bolalar ham yaxshi o‘qiydigan bolalarga intilib, ular ham yaxshi o‘qishga harakat qiladi. Bundan tashqari gurux rahbari o‘quvchilarning saviyasi rivojlanishi uchun o‘zi guruxda kutubxona qilishi kerak. Bu kutubxonadagi kitoblarni o‘quvchilar guruxdan tashqari o‘qish vaqtida yoki darsdan so‘ng bo‘sh qolgan paytlarida o‘qib o‘zlariga foydali tomonlarini olishi mumkin. Bizning yosh avlod xalqimizning inqilobiy, mehnat, jangovar an’analarni o‘zlashtirib, o‘ziga katta avlodning eng yaxshi fazilatlarini, g‘oyaviy e’tiqod va matonatini, Vatanga muhabbatini, uning iqtisodiy-siyosiy va jangovar qudratini mustahkamlashda ishtirok etishga intilishini singdiribgina, o‘z bobolari va otalari ishini davom ettira oladi.
Oila ham jamiyatning bir bo‘lagi hisoblanadi. Oilada bola tarbiyasini yo‘lga qo‘yish juda katta ahamiyatga ega.
Oila boshqa tarbiyaviy muassasalardan farqli ravishda odamning butun hayoti davomida uning barcha tomonlariga, qirralariga ta’sir ko‘rsatishga qodirdir va odatda ta’sir ko‘rsatadi. Oila tarbiya vazifasining bu ulkan miqyosi uning mafkuraviy va psixologik ta’sir ko‘rsatishning chuqur o‘ziga xosligi bilan uyg‘unlashib ketadi.
Ota-onalar bilan ishlash shakllarini odatda gurux rahbari o‘z shaxsiy xususiyatlarini, tajribasini, o‘quvchilarning oilalarida vujudga kelgan o‘ziga xos xususiyatlarni, ota-onalarning bilim va tajribasini, ukuvchilarni tarbiyalashda yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan xatolar va qiyinchiliklarni, fe’l-atvor xususiyatlarini, maktab pedagoglar jamoasidagi muhitni, ota-onalar bilan ish olib borishda tarkib topgan an’analarni va hokazalarni hisobga olib belgilaydi.
Ota-onalarga pedagogik bilim berishni amalga oshirishda faqat bilim berib qolmasdan, ularni tarbiya sohasidagi amaliy malaka va ko‘nikmalar bilan qurollantirish, ularning pedagogik faoliyatini uyg‘otish, mustaqil shug‘ullanshga undash, maqsadga muvofiq oila ichki munosabatlarini yo‘lga qo‘yish g‘oyat muhimdir.
Ota-onalar yig‘ilishlari ota-onalar bilan ish olib borishning an’anaviy tarkib topgan shaklidir. Hal qilinayotgan aniq vazifalarga bog‘liq holda gurux yig‘ilishlarini tashkiliy, yakuniy, chorak yig‘ilishlari, mavzuga doir yig‘ilish, bahs, amaliy yig‘ilish, ota-onalarning umumiy ta’limi bo‘yicha gurux rejasiga ko‘ra yig‘ilishlar tashkil etadi.
Tashkiliy yig‘ilishlarda ota-onalar qo‘mitasi saylanadi, ish rejasi tasdiqlanadi. Kollej atrofida pedagogik muhit o‘rnatish yuzasidan tadbirlar ishlab chiqiladi, jamoat topshiriqlari taqsimlanadi va turli ish yo‘nalishlariga doir tashabbuskor ota-onalar guruhlari tuziladi, ota-onalar ishtirokida kollej tadbirlarini o‘tkazish rejalari muvofiqlashtiriladi.
CHorakdagi yakunlovchi gurux majlislari ota-onalarning e’tiborini o‘quvchilarning bilimga doir qiziqishlari, qobiliyatini, axloqiy-irodaviy fazilatlarini rivojlantirishdagi yutuqlar, kamchiliklar, foydalanilmagan imkoniyatlarga qaratish maqsadini ko‘zda tutadi.
Biror mavzuga bag‘ishlangan yig‘ilishlar tarbiyaning eng dolzarb muammolari yuzasidan o‘tkaziladi, ularda ota-onalar qo‘mitasi va gurux rahbarining o‘quvchilarning u yoki bu sohadagi tarbiyalanganlik darajasi to‘g‘risida to‘plangan materiallardan foydalaniladi.
Majlis-munozaralar ota-onalar e’tiborini tarbiyaning biror muammosiga jalb etish maqsadida o‘tkaziladi. Bunday majlislarni ota-onalar qo‘mitasi a’zolarida ota-onalarning bir qismi o‘z vazifalariga, maktabning tavsiyanomalariga noto‘g‘ri munosabatda bo‘layotganliklari, ota-onalarning bir qismi tayyorgarlik kayfiyatida ekanligi haqida ma’lumotlar bo‘lgan taqdirda o‘tkazish tavsiya etiladi.
Amaliy yig‘ilish ota-onalarning tarbiyaviy jarayonlarda ishtirok etishini faollashtirish, unga maqsadga yo‘naltirilgan tus bag‘ishlash maqsadida o‘tkaziladi.
Ota-onalarning guruxdagi umumiy ta’limiy rejasiga ko‘ra majlislar, avvaldan belgilangan reja, muayyan tizimga muvofiq, ota-onalarga pedagogik bilim berishning shakli hisoblanadi.
YAkka tartibdagi pedagogik suhbat – gurux rahbarining o‘quvchilar, ota-onalar bilan olib boradigan ishining eng ommalashgan, qulay va samarali shakli hisoblanadi. Suhbat yordamida vujudga keladigan masalalarni tez hal etish, ota-onalar bilan ishonchli munosabatlar o‘rnatish, oilaviy tarbiya sharoitlari haqida qo‘shimcha ma’lumotlar olish, ota-onalarga pedagogik bilim berish, bolaning yakka tarbibdagi rivojlanishi dasturini va birgalikdagi pedagogik harakatlar tizimini ishlab chiqish orqali ota-onalarning tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishlarini va tarbiyasi qiyin ukuvchilar xulqini tuzatish va o‘quvchilar o‘rtasidagi munosabatlarda vujudga keladigan kelishmovchiliklarni hal etish kabi keng ko‘lamdagi ta’lim-tarbiya vazifalari hal qilinadi.
Tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish samaradorligi ko‘p jihatdan o‘qituvchilar va ota-onalarning muvofiq harakatlari bilan belgilanishini nazarda tutib, bolaning o‘ziga xos psixologik xususiyatlarini hisobga olish, uning xulq-atvoridagi eng kichik chetga chiqishlarga ham o‘z vaqtda e’tibor berish kerak, bunga gurux rahbari bilan ota-onalarning ishonchli munosabatlarini o‘rnatish, o‘quvchilarning oilaviy tarbiya sharoitlari haqida qo‘shimcha ma’lumotlar olish, ota-onalarning ishonchli o‘zaro munosabatlarini o‘rnatish orqaligina erishiladi. Bunday munosabatlarni o‘rgatish va chuqurlashtirish uchun yakka tartibdagi suhbatlardan foydalanish juda muhim.
Har bir ota-ona o‘z farzandini yaxshi ko‘radi, shuning uchun ular o‘z farzandida hosil bo‘lgan yangi, ijtimoiy jihatlarni mustahkamlash yuzasidan ehtimol tutilgan birgalikdagi harakatlari xususida maslahatlashishni muhim deb hisoblaydigan gurux rahbariga samimiy hurmat va ishonch bilan qaraydilar.
Gurux rahbarlari ota-onalar bilan birgalikda tarbiyaviy ishni tashkil etar ekanlar, eng yangi psixologik-pedagogik tadqiqotalr ma’lumotlarini e’tiborga olishlari ham muhimdir. Ularga muvofiq o‘sib kelayotgan kishi shaxsini shakllantirishga oilaning qo‘shadigan hissasi turli yosh bosqichlarda turlicha bo‘ladi va to‘lqinsimon o‘zgaradi.
Bunday bilimlarning yo‘qligi oilaviy tarbiyada ko‘plab xatolarga olib keladi. Gurux rahbari ota-onalar bilan ishlashda buni hisobga olmay iloji yo‘q. Bu jihatdan ota-onalarning ukuvchilarni tarbiyalashdagi quyidagi qiyinchiliklari va xatolarini ajratib ko‘rsatish mumkin.

  1. Ota-onalarning ukuvchilar bilan muomilasining yetishmasligi. Ular o‘zlari, ishlari haqida kam so‘zlab beradilar. Kollej bolalari
    jamoasining hayoti, o‘z bolasining qiziqishlari, uning jamoat ishlari bilan, ishga munosabati va boshqalar bilan kam qiziqadi.

  2. Ukuvchilarni mehnat jarayonlariga jalb etish orqali ularning mehnat tarbiyasini tashkil qila bilmaslik.

  3. Ota-onalar turmushida salbiy misollarning mavjudligi kollejning pedagogik kuch-g‘ayratini yo‘qqa chiqaradi.

  1. Ota-onalar tarbiyaviy ta’sirining izchil emasligi: onda-sonda o‘qishini tekshirish, biror nojo‘ya ish uchun tergash axloqiy immunitet hosil bo‘lishiga yordam bermaydi.

  2. Oilaviy tarbiyaning asosi sifatida ta’qiqlashlar tizimi
    ijtimoiy namuna asosida tarbiyalay bilmaslik, bola hayotini u har doim to‘g‘ri xatti-harakatini mashq qiladigan tarzda tashkil eta olmaslik natijasidir.

6. Harakatlarning kollej bilan muvofiqlashtirilmaganligi yoki u bilan kelishmovchiligidadir.
7. Ayrim ota-onalarning bolalar ulg‘ayib borishi bilan tarbiyaviy faolligini susaytirib yuborishlari, bu esa bolalarning ota-onalardan uzoqlashuviga, kollejga qiziqishi pasayishiga olib keladi.
8. Qarorlar qabul qilishda kechikish. Bola katta bo‘lgandan keyin aqli kirib, tuzaladi deb o‘ylash odatda o‘zini oqlamaydi, ko‘pincha qayta tarbiyalashni talab etadigan pedagogik jihatdan qarovsizlik holatiga olib keladi.
Pedagogik ma’ruza pedagogik bilim berishning eng mashhur shakllaridan biridir. Keyingi paytlarda ota-onalarga pedagogik bilim berish keng miqyos kasb etib, korxonalardagi uyushmalar, madaniyat uylari huzuridagi, turar joylardagi va ota-onalar pedagogika universitetlari orqali turli shakllarda amalga oshiriladi.
Ochiq eshiklar kuni yoki ota-onalar kuni, odatda kollej ta’tillari paytida o‘tkaziladi. Ularni tashkil etish shakllari xilma-xil bo‘lishi mumkin. Bu tarkib topgan an’analarga va gurux rahbari ijodkorligiga bog‘liqdir. Oilaning yuksak tarbiyaviy imkoniyati bolalar va ota-onalarning o‘ziga xos xususiyatlari: qon-qarindoshligi, muhabbati, yaqinligi, ishonchi, burch hissi, obro‘liligi bilan ta’minlanadi. O‘z farzandining barcha zaif va kuchli tomonlarini yo‘rgakdagi chog‘idan biladigan, ularning qalbidagi eng kichik harakatni ham sezadigan va tushunadigan, unga ta’sir etishni biladigan onadan va otadan yaxshiroq kim ham ezgulikka, mehnatsevarlikka, do‘stlikka, birodarlikka, muhabbatga o‘rgata boradi?!
Gurux rahbari har doim o‘quvchilaridan xabardor bo‘lib turishi kerak. Masalan, bir o‘quvchining o‘zlashtirishi yomon bo‘lsa, uni yaxshilash uchun o‘qituvchi birinchi o‘rinda ota-onasi bilan uchrashib, surishtirshi kerak. Nimaga yaxshi o‘qimayapti, nima uchun darslarni o‘z vaqtida qilmaydi, shular haqida ota-onasi bilan suhbat olib borishi kerak. Agar bolaning oilasida hamma sharoit bo‘lib, bola o‘zi yaxshi o‘qishni xohlasa-da, o‘zi o‘ylagan natijaga erisha olmayotgan bo‘lsa, o‘qituvchi bolani yaxshi o‘qiydigan o‘rtog‘ining yoniga o‘tqizib qo‘yishi kerak. Bundan tashqari o‘shanga o‘xshagan o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarni yig‘ib har xil fanlardan, masalan, matematika, ona tili, va boshqalardan qo‘shimcha darslarni tashkil etib, bolalarning o‘qishga bo‘lgan talabini, qiziqishini yanada oshirishga harakat qilishi kerak. O‘qituvchi o‘quvchilarning ota-onalari bilan faol ishlashi kerak. Negaki, kollejda guruxda bo‘layotgan ishlardan ota-onalar ham xabar topib, qiynalgan vaqtida hamroh bo‘lishi lozim. Buning uchun ota-onalar bilan o‘qituvchining o‘rtasida bog‘lab turuvchi aloqa daftarchasini tutishi va uni doim qoldirmasdan yuritib turishi darkor.
1. Hozirgi zamon pedagogika fani oldida turgan muhim muammolardan biri o‘qituvchi va pedagogik mehnat sharoiti muammosi hisoblanadi. CHunki o‘qituvchida barcha pedagogik g‘oyalar mujassamlangan bo‘lib, uning faoliyati orqali bu pedagogik g‘oyalar amalga oshiriladi va hayotga tatbiq etiladi.
O‘qituvchining ko‘p qirrali va murakkab faoliyati zaminida yosh avlodni odobli, e’tiborli qilib tarbiyalash, ularni ilmiy bilimlar bilan qurollantirish kabi muhim vazifalar yotadi. Bularni amalga oshirish esa o‘qituvchining xilma-xil faoliyatiga bog‘liq: bolalarni o‘qitish, kollejdan va guruxdan tashqari ishlarni tashkil eta bilish, o‘tkazish, ota-onalar o‘rtasida pedagogik targ‘ibot ishlarni olib borish va hakozo. Bularni hammasi o‘qituvchilardan chuqur bilimlarga ega bo‘lishni, o‘z sohasini, bolalarni sevishni talab etadi.
Respublikamiz mustaqilligi e’lon qilingan sana 1991-yil 31-avgust xalqimiz hayotida ulug‘vor voqealardan hisoblanadi. Endi xalqimiz o‘zining boy tarixi, madaniyati, urf-odatlarini o‘rganish, targ‘ib qilish, o‘zligini tanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu voqeadan so‘ng ko‘p sonli o‘qituvchilar jamoalari oldiga Vatan ravnaqi uchun hormay-tolmay xizmat qila oladigan, buyuk vatani uchun o‘z jonini ham ayamaydigan yoshlarni tarbiyalash vazifasi ko‘ndalang qo‘yiladi. Bu vazifa oliy ta’lim konsepsiyasida alohida ta’kidlanadi.
Bunday ulkan vazifani amalga oshirishda gurux rahbari ham o‘zining beqiyos hissasini qo‘shadi. Gurux rahbarining asosiy vazifalaridan biri bizning kelajagimiz bo‘lmish yosh avlodni to‘g‘ri, insonparvarlik ruhida tarbiyalashdan iborat.
Gurux rahbari ishining o‘ziga xos xususiyatini shundan iboratki, u oddiy bolalar jamoasini emas, balki o‘quvchilar jamoasini shakllantiradi. O‘quvchilarning asosiy vazifasi o‘qishdan iborat. SHuning uchun gurux rahbari dastavval bolalarning o‘qishiga qanday munosabatda ekanliklarini, o‘zlarini qanday tutishlarini, uy vazifalarini sidqidildan bajarishlarini aniqlaydi. Va nihoyat, eng muhimi, ularning o‘qishidagi mo‘ljallari nimalardan iboratligi, bu mo‘ljallar ijtimoiy mohiyatga molik yoki molik emasligi hisoblanadi. Pedagog gurux bilan ishlashning dastlabki bosqichida turli vaziyatlarga duch kelishi mumkin.
Gurux rahbari jamoa rivojlanishining aniqlangan darajasiga qarab tarbiya usullarini tanlaydi. Bunda o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish qo‘shimcha shart hisoblanadi. Pedagog shaxsni har tamonlama yetuk kamol toptirishda katta rol o‘ynaydi. Aqliy tarbiya shaxsni har tomonlama taraqqiy ettirishda muhim rol o‘ynaydi.
O‘qituvchilik kasbiga, shu jumladan gurux rahbari kasbiga xos bo‘lgan muhim fazilatlardan biri – bolalarni sevishi, ularning hissiyoti bilan qiziqishi, har bir shaxsni hurmat qilishdan iborat. Bolani sevgan, butun kuch va bilimini bolalarning kelajagi buyuk vatanga sodiq fuqaro qilib tarbiyalashgan safarbar qila oladigan odamgina haqiqiy o‘qituvchi bo‘la oladi. Bolaga befarq, uning kelajagi bilan qiziqmaydigan, o‘qituvchilik kasbiga loqayd odam haqiqiy o‘qituvchi bo‘la olmaydi.
O‘qituvchi: “...O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat ekaniga ishonadigan milliy iftixorli bo‘lishi;
– bolalarni xalq pedagogikasi durdonalari hamda milliy qadriyatlarimiz asosida tarbiyalay olishi;
– nutqi ravon, xalq tili boyligi, ifoda usuli va tasvir vositalarini, adabiy til uslubi va me’yorini to‘la egallagan bo‘lishi” zarur.
O‘qituvchilik kasbiga xos bo‘lgan bunday fazilatlar, pedagogik odob gurux rahbarining yuksak kasbiy fazilatidir. U o‘qituvchining savodli bo‘lishiga, o‘z hissiyotini idora eta olishiga, bolalarga pedagogik ta’sir o‘tkazish vosita va me’yorlarni belgilash, aniqlashda yordam beradigan fazilat hisoblanadi. YUksak pedagogik odobga ega bo‘lgan gurux rahbarigina guruxda mo‘tadil psixologik iqlim o‘rnata oladi, bolalar qalbiga tez yo‘l topa oladi.
O‘z xizmati xususiyatiga ko‘ra gurux rahbari tashkilotchilik fazilatiga ham ega bo‘lmog‘i lozim. Buning uchun o‘qituvchi tashabbuskorlik va tashkilotchilik qobilyatiga ega bo‘lib, har doim tetik, g‘ayratli, o‘z kuchi va imkoniyatiga ishongan bo‘lmog‘i zarur. Tashabbuskor va g‘ayratli gurux rahbari bolalarni o‘z orqasidan ergashtira oladi, o‘quvchilar unga ergashadi.
O‘qituvchilik kasbi juda katta ruhiy va jismoniy kuch talab etadi, shuning uchun o‘qituvchining salomatligig ham ma’lum talablar qo‘yiladi. O‘qituvchining ovoz paychalari rivojlangan, ko‘rish qobilyati yaxshi bo‘lishi kerak. Uzoq tikka tura olishi, ko‘p yurishi, epchillik kabi fazilatlarga ham ega bo‘lmog‘i lozim.
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim konsepsiyasida mutaxassis vazifalari quyidagicha belgilangan: “... mutaxassis o‘z faoliyatini sohasidan qat’iy nazar, ijodiy jamoalarda ishlay olish qobilyatiga, menejment va marketing sohalarida tayyorgarlikka ega bo‘lishi, yangi texnologiyalarni joriy etishning xo‘jalik ijtimoiy va madaniy jihatlarini aniq tasavvur qila olishi kerak”.
Ushbu fikrlar o‘qituvchilarga ham, ya’ni mohir sinf rahbarlariga ham bevosita taalluqlidir. CHunki jamiyatimizda sodir bo‘layotgan tub o‘zgarishlar, bozor munosabatlariga kirib borishimiz o‘qituvchilarni nafaqat kasbiy bilimlarini, balki iqtisodiy, yuridik, texnikaviy bilimlardan ham xabardor bo‘lishini taqozo qilmoqda. Bu o‘rinda boshlang‘ich gurux o‘qituvchilari, gurux rahbarlarining xizmati katta.
3. Akadem guruxlar jamoasini jipslashtiruvchi omillardan biri o‘quv-tarbiya mazmunidir. Davlat ta’lim standarti asosida belgilangan fanlarning mazmuni salohiyati o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi bilan birga jamoaga xos bo‘lgan o‘rtoqlik, do‘stlik, hamkorlik, adolatparvarlik, mehr-u shavqat kabi fazilatlarning uyg‘unligi tufayli jipslashadi. SHu tufayli davlatimiz darsliklarning yangi avlodini tuzish konsepsiyasiga e’tibor qaratdi, hamda ta’lim mazmunini milliy istiqlol g‘oyasi asosiy tamoyillari bilan boyitishga e’tibor kuchaytirildi. Gurux rahbari ishida o‘quvchilar jamoasini shakllantirish markaziy vazifa hisoblanadi. CHunki jamoa gultojini tarbiyalash tarbiyaning yetakchi vazifalaridan biridir. Tarbiya metodlarini tanlashda ularning jamoada rivojlanish darajasiga mosligi muvafaqiyatning muhim sharti hisoblanadi.
4. Hozirgi zamon o‘qituvchisining asosiy fazilatlaridan biri – o‘z kasbiga sadoqatliligi, g‘oyaviy e’tiqodliligi – uni boshqa kasb egalaridan ajratib turadi. CHunki kollejda ta’lim-tarbiya ishining yuqori saviyada bo‘lishi o‘qituvchiga, uning kasbiy tayyorgarliliga bog‘liq.
Gurux rahbari shaxsiga qo‘yiladigan muhim talablardan biri gurux rahbarining o‘z ishini yaxshi bilishidir. U tarbiya metodikasini puxta o‘zlashtirgan bo‘lishi zarur. Ishni to‘g‘ri tashkil qilish va uni bolalar bilan tushunarli, qiziqarli va mas’uliyatni his qilgan holda olib borish kerak. O‘quvchilar o‘qituvchining bilimini bolalarga yetkaza olish imkoniyatlarini qadrlabgina qolmay, balki uning shu predmetga bo‘lgan qiziqishini, uning fidoyiligini ham qadrlashadi.
Gurux rahbarining yuksak madaniyati, uning teran bilim doirasi, ayniqsa, O‘zbekiston mustaqilikka erishgandan so‘ng xalqimizning o‘z tarixini, madaniyatini, urf-odatini o‘rganishiga, bilishga bo‘lgan qiziqishi ortib borayotgan davrda, ta’lim-tarbiya ishlarini muvaffaqiyatli kechishiga yordam beradi. Hozirgi zamon o‘qituvchisi, ayniqsa gurux rahbari milliy qadriyatlarimizni bilibgina qolmay, keng ota-onalar jamoatchiligi ichida, guruxda uning otashin targ‘ibotchisi ham bo‘lishi kerak.
O‘qituvchilik kasbi juda katta va ruhiy va jismoniy kuch talab etadi. SHuning uchun o‘qituvchining, ayniqsa gurux rahbarining salomatligiga ham ma’lum talablar qo‘yiladi.
O‘qituvchi shaxsiga qo‘yiladigan umumiy talablar bilan o‘qituvchi kasbining o‘ziga xosligi ayrim spetsifik talablarni keltirib chiqaradi. CHunonchi, kollej o‘qituvchisi anatomiya, fizologiya, maktab gigienasi fanlaridan xabardor bo‘lmog‘i, o‘quvchilar faoliyatini shu fanlar tavsiyasi asosida tashkil etishi lozim (gurux gigienik talabga javob berishi, o‘quvchilar rejimi, ularning aqliy va jismoniy rivojlanishini kuzatish va to‘g‘ri yo‘naltirish); o‘qituvchi o‘z nutqini iroda qilishi; adabiy nutq normalariga rioya qilishi; ovozning baland-pastligiga ahamiyat berishi, nutqining jonli, ifodali bo‘lishiga e’tibor berishi; bolalarni charchatib qo‘ymaslik maqsadida ish turlarini tez-tez o‘zgartira olishi, ota-onalar o‘rtasida pedagogik bilimlarni targ‘ib qilishi, ular bilan yaqindan aloqa o‘rnata olishi va ularga tarbiyaviy ta’sir o‘tkazishga yordamlashishi kerak.
Nihoyat, u o‘z ustida tinmay ishlashi lozim. Ayniqsa qadriyatlarimizni o‘rganishga, o‘zligimizni bilishga ehtiyoj katta bo‘lmoqda, zero bu narsalarni bilmay turib mustaqilligimizni mustahkamlab, buyuk davlat qurib bo‘lmaydi. Bu o‘qituvchidan, qolaversa gurux rahbaridan chuqur bilimli bo‘lishni talab etadi.
5. Ustozlik – bu kelajak, istiqbol uchun meros qilib qoldiriladigan boylikdir. Bu boylikning qadr-qiymati shu qadar buyukki, u odamni ma’naviy jihatdan boy qilib, qalbini baxtga, ilohiy nurga to‘ldiradi.
“Ustoz” so‘ziga berilgan ta’rifga e’tibor bering-a, uning mazmuni naqadar boy: Ustoz – muayyan fan, bilim, gohida betakror olim, pedagog mutaxassis, o‘z yo‘nalishi bo‘yicha barcha yangiliklardan boxabar, hayotda o‘z o‘rnini topgan, mavqei, salohiyati va maktabiga ega; olim fuzalo, oqil, komil, o‘rnak bo‘ladigan, o‘zining ilg‘or tajribasiga ega va kelajakni ilmiy tasavvur qiladigan; ilmli, bilimli, hamma tomondan tan olingan maslahatgo‘y inson.
Dunyoda biron kimsa yo‘qki, uning ustozi bo‘lmasa. U hukumat rahbarimi, buyuk allomami, vazir yoki iqtidorli shifokormi, xalq mehrini qozongan yozuvchimi yoki qo‘li gul kosibmi, qarangki barcha-barchaning o‘z ustozi va hayot yo‘lini charog‘on etib turuvchi yo‘lboshchisi bo‘ladi. Siz o‘zingizni ustozlik baxt sohibi hisoblasangiz, quyidagilarni unutmaslik kerak:
– “O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat” g‘oyasi sizning har kungi faoliyatingiz uchun dasturulamal bo‘lsin va shu buyuk xalq va davlatga munosib shogirdlar tayyorlang.
Ustozning eng buyuk burchi – xalqqa nafi tegadigan, aql-idrokli, qobiliyatli o‘quvchi-shogirdlar tayyorlashdan iborat. Ustoz yaxshi shogird tayyorlash uchun eng avvalo uning o‘zi ma’naviy jihatdan barkamol, fikrlash tarzi noyob, dunyoqarshi sog‘lom, o‘z yurti va xalqining g‘oyasi va ilg‘or mafkuraning bayroqdori bo‘lishi kerak.


Yüklə 68,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin