Ma’naviy, insoniy sifatlarning shakllanishida oiladagi, atrofdagi, jamiyatdagi muxit va bolalarga bo‘lgan munosabat muxim rol o‘ynaydi. Ota-onalarimiz va atrofdagilarning bir-birlariga bo‘lgan munosabatlarini ko‘rgan bola shunga qarab shakllana boradi. Ular avval kattalarga taqlid qiladilar. So‘ng sekin-asta qilayotgan ishlarining moxiyatini anglaydilar. Bolalarni to‘g‘ri tarbiyalashda ota-onaning ongi, ma’naviyati, bilimi, tarbiyalanganligi muxim axamiyatga ega.

Aniq bir maqsadga qaratilgan tarbiyaning samaradorligi tarbiyachining qanday metoddan foydalanishiga bog‘liq.
Aniq bir maqsadga qaratilgan tarbiyaning samaradorligi tarbiyachining qanday metoddan foydalanishiga bog‘liq.
Metod – yunoncha atama bo‘lib – aynan nimagadir yo‘l, usul orqali maqsadga erishish yo‘lini bildiradi. Metod, ya’ni usul axborotni uzatish va qabul qilish xarakteriga qarab:
1. So‘z orqali ifodalash usuli.
2. Ko‘rgazmalilik usuli.
3. Amaliy, namuna usuli.
4. Rag‘batlantirish va jazo usuli.
YUqoridagi metodlar (usullar) o‘z navbatida quyidagi guruxchalarga bo‘linadi:
Birinchi gurux - so‘z orqali uzatish, maslaxat berish, ma’lumotlarni eshitish orqali qabul qilish, xikoya, ma’ruza, suxbat va boshqa usullarga;
Ikkinchi gurux - kinofilmlar, tasviriy san’at, badiiy san’at va boshqa ko‘rish orqali tarbiyalash usullariga;
Uchinchi gurux - tarbiya ma’lumotlarini amaliy mexnat xarakatlari orqali berish. o‘rnak ko‘rsatish, boshqalarni amaliy mexnatini misol qilib ko‘rsatish;
To‘rtinchi gurux - o‘quvchi-talabalarning yaxshi bajargan ishlarini, o‘rtoqlari oldida yoki ota-onalar majlisida ma’qullash, minnatdorchilik bildirish, iqtisodiy yordam, stipendiyalarini oshirish, maqtov yorliqlari topshirish.