Kuchukcha tanasi uchun kartondan
sm o`lchamdagi
to‘rtburchakni kesib oling
|
|
To‘rtburchakning barcha tomonlarini vertikal chiziqlar bo`ylab eging
|
|
1 cm enli chiziq bo‘ylab yelim
surtib, qarama-qarshi tomonini yopishtiring.
|
|
Kuchukchaning uch qismdan iborat bosh shaklini rangli qog‘ozdan
kesib oling.
|
|
Oq qog‘ozdan ikkita kichik doira
shaklida ko‘zlarini kesib oling. Qora
marker yordamida og‘zini chizing.
|
|
Jigarrang kartondan ikkita oval
shaklni kesing. Bu quloqlari bo‘ladi.
|
|
Boshning orqa tomoniga ikkita
oval quloqni yopishtiring.
|
|
Tayyor bosh qismini tananing
yuqori qismiga yelim bilan yopishtiring.
|
|
Rangli kartondan kuchukchaning
panjalarini qirqib oling.
Ularning hajmi va shakli bir xil
bo‘ladi.
|
|
Kuchukchaning tanasiga panjalarini yopishtiring
|
|
Dumini jigarrang qog‘ozdan kesib oling va uni tanasining orqa tomoniga yopishtiring
|
|
O‘yinchoq bolalarni quvontirishi bilan birga ularga muloqot qilish, do‘stlar orttirish, yaqinlariga g‘amxo‘rlik qilishni o‘rgatadi, atrofidagi dunyoni bilishga yordam beradi. Bilasizmi, birinchi o‘yinchoqlar qadimgi davrlarda paydo bo‘lib, ular tosh, yog‘ochlardan yasalgan. O‘yinchoqlarning eng qadimiysi bu qo‘g‘irchoq hisoblanadi. Turli mamlakatlarda o‘yinchoqlar turli yo‘llar bilan yasalgan. O‘yinchoqlar rasmini ko‘ring. Ular qanday xomashyodan tayyorlangan? Har biri haqida so‘zlab bering.
Qadimgi o‘zbek milliy o‘yinchoqlari loydan yasalib, asosan, uy hayvonlari — qo‘zichoq, otlar, itlar, qushlar ko‘rinishidagi, chavandoz tomonidan egarlangan hayvonlar ko‘rinishidagi
hushtak o‘yinchoqlar edi.
O‘yinchoqning tasvirini o‘ylab ko‘ring, dizayn xususiyatlariga e’tibor bering, uni takomillashtirish zarurligini tahlil qiling, texnologik jarayonni takomillashtirish variantlarini ko‘rib chiqing, xomashyolarni tanlang va kompozitsiya qonunidan foydalaning. O‘yinchoqni ishlab chiqarishdagi har bir bosqichining bajarilish usullarini o‘ylab ko‘ring. O‘yinchoqlarning qaysi bo‘laklari harakatlanishi va qaysinisi harakatsiz bo‘lishi kerakligini o‘ylab ko‘ring. O‘yinchoq yasashni rejalashtiring
IV. Darsni mustahkamlash:Yasab bo’lgan o’quvchilar ishini baholash uchun savol-javob o’tkazaman.
1. Zamonaviy o‘yinchoqlar an’anaviy o‘yinchoqlardan qanday farqlanadi?
2. Mexanik va elektron, konstruktor va mozaika o‘yinchoqlar qanday materiallardan yasalgan? Bu o‘yinchoqlar sizni nimaga o‘rgatadi?
3. Nima uchun o‘yinchoq kerak?
4. Sizning sevimli o‘yinchog‘ingiz nimasi bilan sizga qimmatli?
5. O‘yinchoqlar sizni nimalarga o‘rgatadi?
V.O’quvchilar ishini baholayman.
VI. Uyga vazifa: Darsda ulgurmagan ishlarni tugatib kelish.
O’TIBDO’ ____________
Dostları ilə paylaş: |