Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2022 йил №10)
ISSN 2181-1709 (P)
328
Education and innovative research 2022 y. №10
imkoniyatlarini kengaytiradi.
Innovatsion yondashuv asosida bo’lajak o’qituvchilarni tarbiyaviy
faoliyatga tayyorlash texnologiyalarini takomillashtirish bilan bog’liq
ilmiy izlanishlar jahonning yetakchi ilmiy markazlari va oliy ta’lim
muassasalarida, jumladan, University of Massachusetts (AQSH), Evropean
Qualification Framework (AQSH, Brusselь), Development and Selection of
Key Competencies (DeSeCo) (SHvetsariya), Nagoya universiteti (Yaponiya),
Moskva davlat pedagogika universiteti (Rossiya), Belьflid pedagogika
universiteti (Germaniya) olib borilmoqda.
Jahonda innovatsion yondashuv asosida bo’lajak o’qituvchilarni tarbiyaviy
faoliyatga tayyorlash texnologiyalarini takomillashtirishga doir olib borilgan
tadqiqotlarda tegishli ilmiy-amaliy natijalarga erishilgan. Jumladan, tarbiyaviy
faoliyatga situativ ta’lim identivligini akmeologik faolligini uyg’unlashtirish
asosida takomillashtirilgan (Massachusetsk universiteti, AQSH), tarbiyaviy
faoliyatni amalga oshirishga kompetentsiyaviy yondashuvlar geymofikatsiya
o’yin texnologiyalarini kiritish asosida rivojlantirilgan (Evropean
Qualification Framework, AQSH, Brusselь), nazariy, kontseptual va statistik
ko’rsatkichlar ta’lim natijalariga nisbatan empirik natijalarni qo’llash orqali
takomillashtirilgan (Development and Selection of Key Competencies);
o’quvchilarda kreativ tafakkurning samarali shakllari o’zida aks ettiruvchi
«Lesson Studuy»ning pedagogik diagnostik xususiyatlarini bosqichma-
bosqich aniqlash asosida takomillashtirilgan (Nagoya universiteti, Yaponiya);
bo’lajak o’qituvchilarni tarbiyaviy faoliyatga tayyorlashga ma’sullikni
identiv loyihalashtirish asosida rivojlantirilgan (Moskva davlat pedagogika
universiteti, Rossiya); tarbiyaviy faoliyatga tayyorlashga oid ijtimoiy
kompetentsiyalar (Lernkompetenz), mazkur faoliyatga oid bilimlarning
yangilab borilish monitoringini yuritish asosida takomillashtirilgan (Belfield
pedagogical university, Germaniya).
Jahon ilmiy-tadqiqot muassasalarida bo’lajak o’qituvchilarni tarbiyaviy
faoliyatga tayyorlashda ta’lim mazmunini o’zlashtirishga turli tashkiliy
omillarning ta’siri, tarbiyaviy faoliyatga tayyorgarlik jarayonida qobiliyat
va ma’suliyatiga yondoshib, tarbiyaviy faoliyat komponentlarini belgilash
va tanlash, tarbiyaviy faoliyatga tayyorgarlikning statistik ko’rsatkichlarini
kelajakda uzluksiz rivojlantirish, tarbiyaviy faoliyat natijalariga nisbatan
empirik natijalarni tadqiq qilish, auditoriya, pedagogik amaliyot va
auditoriyadan tashqari mashg’ulotlar davomida o’zlashtirilgan bilim,
ko’nikma va malakalarining tarbiyaviy faoliyatga ta’sirini aniqlash bo’yicha
bo’yicha ilmiy ishlar olib borilmoqda.
SHarqning buyuk mutafakkirlari Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu
Rayxon Beruniy, Kaykovus, Mahmud Qoshg’ariy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad
Yugnakiy, Alisher Navoiy, Jaloliddin Rumiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf
Fitrat, Mahmudxo’ja Behbudiylar yoshlarni kasb-hunarga tayyorlashning
Образование и инновационные исследования (2022 год №10)
ISSN 2181-1717 (E)
329
http://interscience.uz
tarbiyaviy mohiyati xususida, A.Begmatov, M.Kahharova, T.Maxmutov,
J.Tulenov, E.Yusupov, O.G’aybullaev, SH.Barotov, M.Davletshin,
V.Karimova, Z.Nishonova, N.Safaev, R.Sunnatova, G’.SHodmonov,
G’.SHoumarov, E.G’ozievlar bo’lajak mutaxassislar tarbiyasining falsafiy,
psixologik xususiyatlarini, O.Jamoldinova, G.Ibragimova, SH.Mardonov,
N.Muslimov, O.Musurmonova, D.Ro’zieva, O’.Tolipov, N.Egamberdieva,
M.Quronov tarbiyaviy faoliyatga tayyorlashning turli jihatlarini tadqiq
etganlar.
MDH mamlakatlarida L.A.Baykova, I.A.Zimnyaya, V.A.Slastenin,
A.V. Xutorskoylar tomonidan bo’lajak mutaxassislarni tarbiyaviy faoliyatga
tayyorlashning tashkiliy shart-sharoitlari va imkoniyatlari muayyan darajada
o’rganilgan.
Xorijiy davlatlarning M.W.Berkowitz, L.Botcheva, J.Shih, L.C.Huffman,
Elizabeth Kiss, J.Peter Euben, Emile Durkheim, I.H. Fuchs kabi olimlari
tadqiqotlarida bo’lajak mutaxassislarni tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash
jarayonini tashkil etishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilingan.
Bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash bugungi kunning
dolzarb muammolaridan biri bo’lib, “tarbiyaviy faoliyat” tushunchasi yagona
ta’rifga ega emas. Lug’atlarda va ma’lumotnomalarda berilgan ta’riflarga
ko’ra, tarbiyaviy faoliyat – tarbiyalash jarayoni, tarbiyaviy jarayonni tashkil
etish, tarbiyaviy faoliyatni uyushtirish kabi ma’nolarni anglatadi.
L.A.Baykova tarbiyaviy faoliyat o’qituvchining o’quv faoliyati mobaynida
o’quvchilarni tarbiyalashdagi ijobiy natijalarga erishishga qaratilgan ma’lum
qobiliyatlarni o’z ichiga olgan komponent deb qaraydi [1, 97].
V.D.Щadrikov tarbiyaviy faoliyat tushunchasini uni tashkil etish mazmuni
va funktsiyalaridan xabardor mutaxassis shaxsi bilan bog’lab, mazkur
faoliyatni tashkil etishning mazmuni, o’ziga xos xususiyatlarini anglatishiga
ishora qiladi[2, 97]..
Tarbiyaviy faoliyat - insoniyat tomonidan to’plangan madaniyat va
tajribani avloddan-avlodga o’tkazishga, shaxsning shaxsiy rivojlanishi uchun
sharoit yaratishga qaratilgan ijtimoiy faoliyat turi.
Bizningcha, tarbiyaviy faoliyat tarbiya jarayonining maqsad va vazifalari,
mazmuni, funktsiyalarini bilish, ijobiy natijalarni kafolatlashga qaratilgan
pedagogik qobiliyat turidir. Tadqiqotda bo’lajak o’qituvchilarning tarbiyaviy
faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun prognostik, tashkiliy,
kommunikativ, ijodiy faoliyatni amalga oshirish va individual yondashuv,
tadqiqotchilik kabi qobiliyat hamda ko’nikmalarga ega bo’lishlari kerakligi
qayd etilib, uning mazmuni tasniflangan.
Bo’lajak o’qituvchilarni tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash funktsiyalari
tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash zaruriyati va qadriyatlar mantig’i bilan
asoslanadi. Jumladan,
axborot funktsiyasi tarbiyaviy faoliyat madaniyatini shakllantirish
|