Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2022 йил №10)
ISSN 2181-1709 (P)
330
Education and innovative research 2022 y. №10
uchun o’quv mashg’ulotlari, ta’lim va tarbiya sub’ektlarining aloqasi asosida
amalga oshirilishi.
taqdimot funktsiyasi bo’lajak o’qituvchilarning xulq-atvori va
faoliyatidagi ijtimoiy-madaniy va pedagogik bilimlarini o’quvchilarga
yetkazish, shuningdek, tarbiya qadriyatlarini shakllantirish va taqdim etish
zarurati bilan bog’liq.
kommunikativ funktsiya o’zaro aloqaning shaxsiy modeliga yo’naltirilgan
ta’lim sub’ektlarining hamkorligini ta’minlaydi.
tashkiliy funktsiya turli xil jamoaviy va ijodiy faoliyatni tashkil etish,
shuningdek ta’lim jarayoni va ta’lim tizimlarining rivojlanishini boshqarish
zarurati bilan bog’liq.
transformatsion funktsiya rivojlanish jarayonlari qonunlaridan
foydalanishni, bo’lajak o’qituvchi shaxsining qiyofasini shakllantirishni
ta’minlaydi.
Bo’lajak o’qituvchilarni tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash insonparvarlik,
eng oliy insoniy qadriyatlar, mehrlilik va do’stlik, mehribonlik munosabatlarda
mas’uliyatlilik, huquqiy madaniyatni yuksaltirish; mehnatga bo’lgan
ehtiyoj, mehnatsevarlikka hayotning eng oliy qadriyati-moddiy farovonlik,
ijodkorlik manbai sifatida qarash, xulq va muloqot madaniyati, o’z qadrini
bilish, real hayotiy vaziyatlarda o’zlashtirilgan axloqiy tushunchalarga
muvofiq harakat qilish, ekstremal vaziyatlarda kurashish va omon qolish,
irodasining kuchli va zaif jihatlarini tanqidiy tahlil qila olish qobiliyatini
rivojlantirish; milliy urf-odatlar, xalqning an’ana va qadriyatlariga nisbatan
ijobiy munosabatni shakllantirish; o’zi haqidagi fikrlarni eshitish va xulosa
chiqarish ko’nikmalarini shakllantirishni taqozo etadi.
Pedagogika oliy ta’lim tashkilotlarida bo’lajak o’qituvchilarni tarbiyaviy
faoliyatga tayyorlash shaxsning intellektual faoliyatiga qo’yiladigan mantiqiy
talab va me’yorlar mazmuni sifatida tushuniladi.
Bo’lajak o’qituvchilarni tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash jarayoni
ulardan umumiy pedagogika, falsafa, mantiq, psixologiya, tarbiyaviy ishlar
metodikasi kabi fanlar doirasida o’rganiladigan barkamol shaxs tarbiyasining
mazmuni, mohiyati, xususiyatlari, qonuniyatlarini bilish, ularga amal qilishni
talab etishi bilan birga quyidagi masalalarni e’tiborga olishni nazarda tutadi:
tashkiliy: ta’lim jarayonida talabalarning faol sub’ektiv pozitsiyasini
rag’batlantirish; talabalar faoliyatini tashkil qilishda o’quv jarayonining
boshqa sub’ektlar (o’qituvchilar, ota-onalar) bilan o’zaro munosabatini
inobatga olish;
mazmunli: kasbiy tayyorgarlik jarayonida talabalar faoliyatining har
xil turlarini (kognitiv, dizayn-tadqiqot, amaliy ta’lim) rivojlantirish; o’quv
faoliyatini axborot-uslubiy jihatdan qo’llab-quvvatlash;
motivatsion: talabalarning o’quv faoliyatida muvaffaqiyatli ishtirokini
ta’minlash talabalar bilan o’quv loyihalarini ishlab chiqish, taqdim etish va
Образование и инновационные исследования (2022 год №10)
ISSN 2181-1717 (E)
331
http://interscience.uz
amalga oshirish; talabalarning o’zini o’zi anglashiga hissa qo’shadigan o’quv
mashg’ulotlarini tahlil qilish rejasini tuzish;
pedagogik qo’llab-quvvatlash: o’quv loyihalariga pedagog rahbarligi;
talabalarning shaxsiy kasbiy rivojlanishiga qaratilgan individual maslahatlarni
rejalashtirish.
Adabiyotlar tahlili, tadqiqot muammosi yuzasidan olib borilgan ilmiy
izlanishlar bo’lajak o’qituvchilarni innovatsion yondashuv asosida tarbiyaviy
faoliyatga tayyorlash texnologiyalarini takomillashtirish asoslarini ishlab
chiqish va amaliyotga joriy etish kerakligini ko’rsatdi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 23 sentyabrdagi
O’PQ-637 sonli “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni
2. Mavlonova R.A., Voxidova N.X., Rahmankulova N.X. Pedagogika
nazariyasi va tarixi. – T.: Fan va texnologiya, 2010.
3. Шмырева Н.А., Губанова М.И., Крецан З.В. Педагогические
системы: научные основы, управление, перспективы развития. -
Кемерово, 2002. С. 97
4. Байкова Л.А. Методика воспитательной работы: Учебное
посо¬бие для студентов высших учебных заведений. – М.: Академия,
2006. – С. 120.
Dostları ilə paylaş: |