Тarbiyaning bosh maqsadi yosh avlodni ma’naviy, axloqiy tarbiyalashda xalqning boy, milliy ma’naviy an’analarga, urf-odatilari hamda qadriyatlariga asoslangan samarali tashkiliy ishlarni amalda ishlab
Тarbiyaning bosh maqsadi yosh avlodni ma’naviy, axloqiy tarbiyalashda xalqning boy, milliy ma’naviy an’analarga, urf-odatilari hamda qadriyatlariga asoslangan samarali tashkiliy ishlarni amalda ishlab chiqishdir.
Тarbiyaning bosh maqsadi yosh avlodni ma’naviy, axloqiy tarbiyalashda xalqning boy, milliy ma’naviy an’analarga, urf-odatilari hamda qadriyatlariga asoslangan samarali tashkiliy ishlarni amalda ishlab chiqishdir.
Maktabdan tashqari ta’lim muassasalarining to’garak qatnashchilari ongida yuksak ma’naviy axloqiy fazilatlar mujassamlashgan bo’lishi kerak. Тo’garak qatnashchilarini doimiy ravishda fan va madaniyatning so’nggi yutuqlaridan xabardor qilib turish, ular ongini ijodiy ishlar va tarbiyaviy tadbirlar bilan band qilish o’rin tutadi. Тo’garak qatnashchilarida mustaqillik tushunchasi shakllangan bo’lishi, ular davlatimiz ramzlarini, madhiyasini, urf-odatlarimizni yaxshi bilish kerak.
Maktabdan tashqari ta’lim o’qishlariga, hohishlariga asoslangan holda darsdan bo’sh vaqtlarda o’quv tarbiya jarayonini to’ldiradi va quyidagi yo’nalishlar bo’yicha to’garak qatnashchilariga talablar qo’yilishi kerak:
Maktabdan tashqari ta’lim o’qishlariga, hohishlariga asoslangan holda darsdan bo’sh vaqtlarda o’quv tarbiya jarayonini to’ldiradi va quyidagi yo’nalishlar bo’yicha to’garak qatnashchilariga talablar qo’yilishi kerak:
Vatanga muhabbat, komil inson tarbiyasi;
Estetik ta’lim;
Sayyohli yo’nalishi bo’yicha to’garaklarga qatnashish.
Ekologik ta’lim yo’nalishi bo’yicha to’garaklar;
O’quvchilarni ma’naviy axloqiy yo’nalishi bo’yicha;
Хuquqiy ta’lim yo’nalishi bo’yicha;
Тexnik ijodkorlik yo’nalishi bo’yicha;
Istiqlol bolalari va iste’dodli yoshlar;
Iqtisodiy ta’lim.
5. Tarbiyachilik texnikasi sinf rahbarining asosiy qurolidir.CHunki
tarbiyachilik talanti juda ko’p sifatlarni chuqur bilish, keng fikr doirasi, ishga jondildan ko’ngil qo’yish bolalarga bo’lgan cheksiz muhabbat, muomalada nazokatlilik, qalb yoshligi, serzavq, temperament, aql va odoblilik namunasi, aloqada nazokat va sipolik, vazminlik va kamtarlik kabi fazilatlarning bo’lishini taqozo qiladi. Bunda yana tarbiyachilik texnikasi qo’shilsa ishda muvaffaqiyat ta’minlanishi tabiiydir.
Sinf rahbaridan madaniyat darajasining kengligi, pedagogik odob talablariga rioya qilish, har bir o’quvchi shaxsini inson sifatida hurmat qilish bilan unga nisbatan talabchanlikni unutmaslik, tashkilotchilik malakalariga ega bo’lish, o’z malakasini tinimsiz oshirib borish bilan ishga ijodiy yondoshish talab qilinadi.
Muhimi shundaki, sinf rahbarining o’zi bolalarda tarbiyalamoqchi bo’lga g’oyaviy-axloqiy g’oyaga mos bo’lishi kerak. Tarbiyadagi xatolarning ko’pligiga asosiy sabab o’quvchilarning oldiga qo’yilayotgan talablar tarbiyachi harakterda hamisha ham namoyon bo’lavermasligidadir.
Sinf rahbarining maxsus kasbiy va ijtimoiy vazifalariga odilona baho beruvchi xolis hakam – tarbiyalanuvchilar. Avvalo, sinf rahbarining amaliy faoliyati faqat yarimi tarbiya texnologiyaga asoslanganligini nazarda tutish kerak. Uning ikkinchi yarimi bu san’at. SHu tufayli sinf rahbariga qo’yiladigan dastlabki
talab – unda pedagogik qobiliyat mavjud bo’lishi kerak. Sinf rahbarining qobiliyati– bu o’quvchilar bilan ishlashga ishtiyoq, bolalarga nisbatan muhabbat, ular bilan bo’lgan munosabatdan mamnun bo’lish bilan ifoda bo’ladigan shaxsning sifatlari.
Qobiliyat faoliyat jarayonida paydo bo’ladi va rivojlanadi. Qobiliyat uddaburonlikdan farq qiladi. Malaka va uddaburonlik mashq, o’qish natijasi hisoblansa. Qobiliyatning rivojlanishi uchun esa yana iste’dod, layoqat va zehn, ya’ni inson asab tizimida anatomo-fiziologik xususiyat bo’lishi ham zarur. Tarbiyaviy faoliyatning samarali bo’lishi uchun sinf rahbarida qobiliyatning quyidagi turlari mavjud bo’lmog’i va tarbiyalab yetishtirilmog’i lozim
- tashkiliy – sinf rahbarining o’quvchilarni jipslashtirish, ularni band qilish, vazifalar bo’lib berish, ishni rejalashtirish, qilingan ishlarni jamlash mahoratiga namoyon bo’ladi;
- didaktiga oid – o’rganishga bo’lgan qiziqish hamda ma’naviy, xissiy istaklarni rag’batlantirish, o’quv bilimini orttirish, faollashtirish mahoratida namoyon bo’ladi;
- pertseptiv – tarbiyalanuvchilarning ma’naviy dunyosiga singib, ularning emotsional holatini baholash, ruhiy xususiyatlarini aniqlash mahoratida namoyon bo’ladi;
- suggestiv – o’quvchilarga emotsional ta’sir ko’rsatishda namoyon bo’ladi;
- kelajakni ko’ra bilish - o’z harakatlarning oqibatini ko’ra bilishda, o’quvchilarda qanday fazilatlarni ro’yobga chiqarish lozimligini oldindan ayta olish mahoratida namoyon bo’ladi;
- tadqiqiy - pedagogik vaziyatlar va jarayonlarni o’rganish va obxektiv baholash mahoratida namoyon bo’ladi.
Sinf rahbarining faol jamoatchi sifatida hamisha namuna ko’rsatishi muhim ahamiyatga ega. Ayni vaqtda u kommunikativ (kattalar bilan ham, kichiklar bilan ham tez aloqa o’rnata olish) qobiliyatga ega bo’lishi, ro’y berayotgan fakt va hodisalarni faqat pedagogik qoidalarga bog’lab baholashgina emas, balki ro’y berish sababiga qarab hukm ham chiqarishi pedagogik optimizmga, ijod qilish qobiliyatiga ega bo’lish kerak. Sinf rahbarining eng muhim fazilati – odamlar bilan tezda til topa olishi, ko’pchilikka o’shila bilish, ulfatjonlik, dilkashlik bo’lib, bu undagi muomala madaniyatining yuksakligini ifodalaydi. CHunki unga hamisha odamlar bilan aloqa qilishga, ular bilan ishlashga to’g’ri keladi. Hozirgi sharoitdan kelib chiqqan holda o’quv-tarbiya jarayonida qulay munosabatlar yaratish uchun kasbiy jihatdan ahamiyatli asoslar bo’luvchi sinf rahbarining insoniy xislatlari muhim ahamiyatga ega bo’lmoqda.
Sinf rahbari uchun juda muhim xislat – insonparvarlik, ya’ni o’sayotgan insonga oliy qadriyat kabi munosabat qilish lozim. Insoniy munosabatla o’quvchiga nisbatan xayrixohlik, unga yordam berish, ularning fikriga quloq solmoq, uning o’quvchilik faoliyatiga yuksak talabchanlikdan iborat.
Sinf rahbari doimo faol, ijodkor shaxsdir. U o’quvchilarning kundalik hayotini uyushtiruvchi hamdir. O’quvchilarda qiziqish uyg’otish, ularni o’zi bilan yetaklash faqat yuksak irodali insonning qo’lidan keladi. Auditoriya, o’quvchilar jamoasi kabi murakkab organizmlarga pedagogik rahbarlik qilishi sinf rahbaridan topqir, zehni o’tkir, har qanday vaziyatni mustaqil yechishga doim tayyor bo’lishligini talab qiladi. Unga kasbiy jihatdan kerakli xislatlardan biri – sabr-toqat va dadillikdir. O’qituvchining birdan sarosimaga tushgani, o’z nochorligini o’quvchilar sezmasligi lozim. SHuni hamisha esda tutish kerakki, sinf rahbari o’z harakati va axloqini nazorat qilish, hech qachon arzimagan narsalarga asabiylashmasligi kerak.
Muvaffaqiyatli faoliyat yuritishning birinchi sharti - bu sinf rahbarining talabchanligi. Dastlab talabni u o’ziga qo’yishi kerak, chunki o’zingda bo’lmaganni o’zgadan talab qila olmaysan. Talabchanligi bilan birga oqilona tarbiyachi ham bo’lishi lozim. Pedagogik jarayonlarda yuz berib turadigan keskinliklarni bartaraf etish uchun tarbiyachiga hazil-mutoyiba tuyg’usi yordam beradi. Uning ko’lamida tayyor hazil, maqol, yaxshi, do’stona piching – ijobiy emotsional holat yaratishga imkon berib, o’quvchilarni o’ziga jalb qildiradi.
SHaxs axloqini harakterlaydigan belgilardan biri – ma’suliyatdir. Sinf rahbarining ma’suliyati - tarbiyachining faoliyati va ta’lim-tarbiya jarayonining aniq vazifalarini ham o’z ichiga oladi. Tarbiyachi zimmasiga bolaning shaxs sifatida har tomonlama kamol toptirish ma’suliyati yuklanadi. U o’quvchiga chuqur nazariy bilim berishi, uni hayotga, mehnatga tayyorlashi lozim. SHu bilan birga u o’quvchidagi mavjud layoqat va qobiliyatni o’z vaqtida payqab, individual munosabatda bo’lishi, unda mavjud bo’lgan ijobiy axloqiy sifatlarni avaylab o’stirishi darkor.
Sinf rahbari maktabdagi eng universal pedagogik hisoblanib u bajaradigan mehnatning o’lchovi, chegarasi yo’q. Uning bilmagan ishi uddasidan chiqa olmaydigan sohasi bo’lmaydi. SHu bilan bir qatorda, u beg’araz, xolis va ta’masiz shaxs bo’lib, jamoachilik asosida ishlaydi. Sinf rahbari pedagoglar, ota-onalar va o’quvchilarni o’zaro bog’lovchi shaxs sifatida barcha tomonlarning nuqtai nazarini hisobga olishi, harakatlarni bir markazga birlashtirishi, o’zaro aloqalarning to’g’ri bo’lishiga ta’sir o’tkazishi va ayni vaqtda o’zining pozitsiyasini aniq ta’minlay olishi kerak. Bu esa donolikdir.
SHunday qilib, pedagogik odobga ega bo’lgan sinf rahbari o’quvchilar orasida obro’ qozonadi. Ustoz qanchalik obro’ qozonsa, ta’lim va tarbiya mohiyatan shunchalik muvaffaqiyatli bo’ladi va aksincha, tarbiyachining shaxni qanchalik past bo’lsa, uning ta’siri shuncha bo’sh va o’quvchilarni voyaga yetkazish jarayoni ham shuncha zaif bo’ladi. Yuqori aytib utilgan fazilatlar sinf rahbarining tarbiyaviy ishlari samarasini oshirishda va uning muvaffaqiyatini ta’minlashga garov bo’ladi. Sinf rahbari nihoyatda ma’suliyatli va murakkab vazifani bajaradi. U sinfdagi tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi, o’quvchilarning murabbiysi, sinfni tashkil etadi hamda kamolot tashkilotchilari, o’qituvchilar, oila, keng jamoatchilik ahli bilan birga ish olib boradi.
So’nggi yillarda sinf rahbarining faoliyati turli shakl va metodlar bilan boyitildi. Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va o’tkazishda maktab jamoat tashkilotlarining roli tobora oshirildi. Ideologik muassasalar sifatida maktab oldida muhim tarbiyaviy vazifalar qo’yilgan, bu esa ayni vaqtda har bir sinf rahbarining asosiy vazifalari hisoblanadi, shunday qilib, alohida sinf birlashib maktabni tashkil etadilar. Alohida sinf jamoalari qo’lga kiritgan ta’lim va tarbiya borasidagi muvaffaqiyatlar butun maktab jamoasining muvaffaqiyatini minlaydi. SHu nuqtai nazardan sinf rahbarining ma’suliyati jamiyat oldida rahbarlik ma’suliyatidan kam
emas. SHunnig uchun maktab direktorlari sinf rahbari vazifasiga tajribali, tashkilotchi, mehnatsevar, mahoratli, yosh avlodni sevadigan o’qituvchilarni tayinlab, ular bilan muntazam ish olib boradilar.
Sinf rahbarining muhim vazifalaridan biri – bu o’quvchining o’qishga bo’lgan havasi, e’tiqodi va bilim, qobiliyatini rivojlantirish, kab-hunarga bo’lgan layoqatini, yosh va ruhiy xususiyatlar asosida rivojlantirish, har bir o’quvchining bo’lg’usi hayoti rejalarini amalga oshirish, o’quvchilarning salomatligini muhofaza qilishdan iborat. Faollarga ishonish, ularning sinf jamoasi orasida obro’sini ko’tarish, z vaqtida ularga tegishli yordam ko’rsatish sinf rahbarining bevosita asosiy vazifasidir. Sinf jamoasini tashkil etish va tarbiyalash jarayonida sinf rahbarining tashkilotchilik funktsiyasi juda katta ahamiyatga egadir.
“Tashkilotchilik” tushunchasining o’zi keng maxnoga ega. Maxsus bir maqsadni ko’zlab u yoki bu ishni, tadbiriy choralarni tashkil etish sinf rahbaridan katta malaka va maxsus mahoratni talab qiladi. Tashkilotchilik funktsiyasi bir nechta elementlarga bog’liqdir.
A. O’tgan ishlarni tahlil qilish, uning muvaffaqiyati yoki muvaffaqiyatsizligi sabablarini belgilab olish.
B. Sinfda o’tkaziladigan barcha ishlar tarbiyaviy harakterga ega bo’lib, ma’lum maqsadni ko’zlab o’tkazilishi va sinf rahbari turli tarbiyaviy ishlarni o’tkazishda oldin shu ishning modelini tuza bilish lozim.
V. Sinf rahbari oldiga qo’yilgan maqsadga erishish uchun o’z oldiga aniq vazifa qo’ya bilish lozim.
G. Sinf rahbari har bir tarbiyaviy choralarni amalga oshirishda o’qituvchi va o’quvchilarning qobiliyatlariga qarab, vazifalarni taqsimlash, ma’lum reja asosida tarbiyaviy tadbirlarning o’tkazish o’rni, vaqti, soati, javobgar shaxslar va tizimliligini aniqlash lozim.
D. Ma’lum tarbiyaviy ish bajarishda bajaruvchi kishilarni ish uchastkalaridagi joy-joyiga qo’yish, vazifalarni to’g’ri taqsimlash, ishga boshqa o’qituvchilarni, otaonalar, o’quvchilar, otalik tashkilotlari va ish obxektini aniqlash lozim. Sinf rahbarining jamoani tashkil qilish bo’yicha asosiy faoliyati.
1. Har bir o’quvchini shaxs sifatida o’rganish.
2. O’quvchilarni sinfda tarbiyalashni tashkil etish.
3. O’quvchilarning bilim-tarbiyasini oshirish va ularning tartib intizomini mustahkamlash.
4. Sinfda darsdan tashqari ishlarni tashkil etish va o’tkazish.
5. Fan o’qituvchilarining tarbiyaviy ishlarini birlashtirish.
6. Iqtisodiy tarbiya (tejamkorlik). Iqtisodiy tarbiya ham shaxsning barkamol shakllanishining zarur shartidir. Yoshlarni iqtisodiy tarbiyalash pedagogikaning asosiy muammolaridan biri bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qolaveradi. Bozor iqtisodiga o‘tayotgan bir sharoitda va keyingi rivojlanishda ham yoshlarda iqtisodiy tafakkurni shakllantirish muhimdir. Bu sohada hukumatimiz g‘amho‘rlik ko‘rsatmoqda va pedagoglarimiz tadqiqotlar olib bormoqda.
Iqtisodiy tarbiya o‘quvchilarda tejamkorlik, ishbilarmonlik, iqtisodiy hisob-kitob qilish qobiliyatini shakllantiradi. Iqtisodiy tarbiya mazmuni Sharq mutafakkirlari tomonidan muntazam boyitilib, ilmiy asoslab kelingan. Bu borada Al-Xorazmiy matematika fani inson hayotida asosiy o‘rin tutishini alohida ta’kidlaydi. Uning fikricha, kishi hisob ilmini bilishi va o‘z ishiga puxta bo‘lishi kerak. Shunda u o‘z mehnatining (o‘zgalarning ham) natijalarini o‘lchovlar orqali aniqlay olishi mumkin.
A.N.Forobiy “Baxt-saodatga erishuv haqida” asarida shunday yozadi: “Inson o‘z mablag‘ini to‘g‘ri sarflashni bilishi kerak. Pul sarflashda qizg‘anchiqlik qilish xasislikka olib keladi. Pullarni rejasiz ishlatish esa insonni beboshlikka yetaklaydi”. A.Avloniy “Iqtisod deb, pul va mol kabi ne’matlarning qadrini bilmakka aytilur” yana “Hozirgi zamonda maqsadga yetmoq, xalqqa maqbul bo‘lmoq uchun ilm va mol lozimdur” kabi qimmatli g‘oyalarni olg‘a surgan. Masalan, uning quyidagi fikrlarini ko‘raylik: “Amerikaliklar bir dona bug‘doy ekib, yigirma qadoq bug‘doy olurlar, yevropaliklar o‘zimizdan olgan 5 tiyinlik paxtamizni o‘zimizga 25 tiyinga soturlar. Ammo biz osiyoliklar, xususan, turkistonliklar, dumba sotib, chandir chaynaymiz: qaymoq berub, non o‘rniga kesak tishlaymiz, so‘zning qisqasi, hozirgi zamonga muvofiq kishi bo‘lmak uchun ilm va ma’rifat ila barobar iqtisod, insof tugamas sa’i, bitmas g‘ayrat lozimdir”.
Ahmad Yugnakiy “Hibbatul haqoyiq”da: “Mol-mulksiz kishi uchun bilim – bitmas-tuganmas mulkdir, kambag‘al uchun bilim hisob – xatosiz hisobdir”. Bu fikrdan shuni anglash zarurki, inson o‘zining ilmi bilan ijtimoiy hayotga tejamkorlik ko‘nikmalarini shakllantiradi va o‘z hayotini oqilona tashkil qiladi.
7. Iste’dodning o’z vaqtida namoyon bo’lishi, tarbiyaga va qo’llab-quvvatlashga bog’liqdir. Har qanday jamiyatga iste’dodli shaxslar zarur. SHu nuqtai nazardan iste’dodli bolalarni aniqlash, tarbiyalash va o’qitish respublikaning bo’lajak aql-zakovatli va ijodiy fikrlovchi kuchlarni tayyorlashning yagona manbaidir.
Ijodiy qobiliyatlar rivojini samarali amlga oshirish uchun o’quvchilar iste’dodini aniq taxlil etish, bolalarning o’ziga xos psixologik jihatlarini va fazilatlarini hisobga olish zarur.
Turli yoshdagi iste’dodli o’quvchilarni namoyon etishda xozirgi kunda, avvalo maktab pedagogika jamoasi ruhiy-diagnostika tajribalardan unumli foydalanishlari zarur.
Yoshlar iste’dodining namoyon bo’lishiga qobiliyaьlarni aniq tahlil etish, bolaning o’ziga xos fazilatlarini hisobga olish ijodiy qobiliyatlar rivojini samarali amalga oshirish uchun zarur. Qobiliyatlarni rivojlantirish uchun jaraja va bosqichlari yangicha munosabatlar bilan bog’liq bo’ladi.
Qobiliyatning ma’lum bir darajadaistalgan o’quvchida shakllangan bo’lishi mumkin. Bu esa tashkil etilgan tarbiya va o’quv jarayoni sharoitlarida rivojlantiriladi.
O’quvchi yoshlar qobiliyatini rivojlantirish maqsadida iste’dod va iqtidorni ongli rag’batlatirish, mukammallik uchun sharoit yaratish, ularning ijobiy qiziqishlari rang-barangligini oshirish, turli ko’rgazmali tadbirlarda ishtirok ettirish, olimpiadalar, tanlovlar, uchrashuvlarga jalb etish lozim.
Iste’dodli bolalarning taniqli olimlar laboratoriyalarida shug’ullanishi, shoir, yozuvchi, rassom kabi san’at namoyondalari bilan hamkorlik qilishni tashkil etish muhim ahamiyatga ega.
Bolalar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda oila va muhitning ahamiyati yuksak. Ayniqsa respublikaning qishloq joylarida iqtidorli bolalarni izlash, topi shva ularning ta’lim va tarbiyasini muntazam ravishda to’g’ri yo’lga qo’yish muhimdir.
Iste’dodli bolalarni joylarning hududiy xususiyatlarini hisobga olib, ijodiy kamol toptirishda diagnostik uslubiyatlar, o’quv rejalari va o’quv uslubiy, tarbiya va ta’lim dasturlari bilan ta’minlash lozim.
SHuningdek, iqtidorli bolalarni izlash, toppish va tarbiyalash uchun zamonaviy moddiy-texnik va moliyaviy jihatdan to’liq ta’minot zarur.
Iste’dodli bolalar salomatligini muhofaza qilish uchun ularni ruhiy zarbalardan asrash yo’llarini aniqlash, ruhan yordam ko’rsatish, ruhiy xayajonlanish holatlarini o’rganish – ularning ijodiy qobiliyatlarini rivoji uchun sharoit yaratish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish darkor.
Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun tarkibiga Xalq ta’limi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirliklari xodimlari, yetakchi olimlar va mutaxasislar, ijodkorlar, amaliyotchi o’qituvchilar, to’garak rahbarlaridan iborat Respublika metodik kengashi tuzulishi lozim.
Turli yoshdagi guruhlar iste’dodlarni qidirishning umumiy dasturi zarur. Ommaviy o’quv yurtlarida bo’lganidek, maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida ham bu borada o’quv dasturi rejalarini ishlab chiqish kerak bo’ladi.
Iste’dodli bolalarni aniqlash, tarbiyalash va o’qitishni ta’minlash quyidagi omillarga bog’liq:
- ushbu aniqlashning ijtimoiy ahamiyatini, respublikaning zakovati, ijodkorligi, kuch-qudratini tayyorlashning istiqboli bilan bog’liqligini tushunishga;
- ruhiy diagnostik uslubiyat, uslubiy materiallari bo’lgani holda turli yoshdagi guruhlarda aniqlashning umumiy dasturlari yaratilishiga;
- iste’dodli bolalar (maxsus tayyorlangan rejalar, dasturlar va ilmiy asoslangan uslubiyat va hokazo bo’yicha) bilan ishlash uchun ixtisoslashgan muassasalarning yagona tarmog’ini targ’ib etishga;
- ommaviy o’quv yurtlarida iste’dodli bolalar bilan ishlash uchun zarur o’quv-dasturiy qo’llanmalarini ishlab chiqishga;
- joylarda mahsus guruhlar tomonidan ishlab chiqilgan xalq ta’limi, davlat va jamoat muassasalari, ijodiy uyushmalar tomonidan tasdiqlangan dasturlarga (bu dasturlarda iste’dodli bolalar bilan ishlashning istiqbollari va bosqichlari, o’z xududida bunday faoliyat va ko’pgina boshqa tadbirlar uchun mablag’ ajratish ularni ta’minlashga);
- qo’yilgan vazifalarni hal qilishga keng jamoatchilik diqqatini jalb qilishga, respublika metodik kengashining tuzilishiga (bu kengash tarkibiga Xalq ta’limi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirliklari, xalq ta’lim boshqaruv organlari xodimlari, yetakchi olimlari va mutaxassislari, ijodiy uyushmalar, amaliyotchi o’kituvchi, maktabdan tashqari ta’lim muassasalari to’garak raxbarlari kiradilar);
- ilmiy tadqiqotlar maktablar uchun me’yoriy xujjatlar, sinf ishlanmalari majmuiga, iste’dodli o’kuvchilar haqida ma’lumotlar manbaini yaratishga, ularni o’qitish va tarbiyalashning (tabaqalashtirish, individuallashtrish, insonparvarlashtirish) yagona uslubiy asosini yaratishga bog’liq.
Iste’dodli va iqtidorli bolalarning o’kituvchi hamda tarbiyachilari alohida iste’dodlar uchun turlicha o’kuv reja va dasturlariga ega bo’lishlari maqsadga muvofiq.
Iqtidorli bolalar va istedodli yoshlarni aniqlash va o’qitish uslubiyati, psixologik-pedagogik va tashkiliy sharoitlarini yaratish. maxsus o’kuv dasturlari va progressiv pedagogik texnologiyalar ishlab chiqish uchun eng yaxshi pedagog va olimlarni faol ishtirokini ta’minlash.
Iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlarni chet ellarda umumiy va kasbiy jihatdan tayyorgarlikdan o’tkazishga qaratilgan sobit qadam faoliyatni amalga oshirish. Akademik litseylarning o’quvchilariga, birinchi navbatda iqtidorli, yuksak iste’dod sohiblariga, bilimning tegishli sohalari va fanning aniq yo’nalishlari bo’yicha o’z tabiiy qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish, o’zlaridagi noyob iste’dodni ro’yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratish.
8. Oilada bolalarni milliy an’analar ruhida tarbiyalashda milliy urf – odatlar va qadriyatlarning tutgan o’rnini va o’rgatish va tahlil qilish asosiy maqsadimiz ekan. Shu maqsadda o’zbek xalqi udumining tiklanishi millat milliy an’analar chuqur milliylik bilan umuminsoniylik bilan chambarchas bog’liq bo’lgan tomonlarini o’rganishdan ruhiyatga xulq – atvor falsafasiga ega bo’lish jarayonlarini tahlil qilishdan iborat. Xo’sh bu maqsad va vazifalar qanday amalga oshiriladi.
Bizningcha bu vazifani ilmiy hal qilishning to’g’ri yo’li o’quvchilar ongida xalqning tarixi va millat sifatida rivojlanishi haqida ham milliy an’analar to’g’risida ilmiy ma’lumot berishdan boshlash demakdir. Buning uchun har bir millat mavjud ekan albatta u millatning rivojlanishi uchun tarbiya mazmuni mohiyati o’ziga xos milliy xususiyatlari bilan yosh avlodni tarbiyalashni maqsad qilib qo’ymog’i kerak. Aksincha, shunday tarbiyaviy tadbir olib borilmasa, millatning tarixi, tili, madaniyati, ma’naviyati va axloqi haqida to’la ilmiy ma’lumotga ega bo’la olmaydi. Tarbiyani milliy qadriyatlar asosida olib borib bormoqchi bo’lsak, ularni e’tiqodli, madaniyatli qilib tarbiyalamoqchi bo’lsak, shu fazilatlar avvalo ota – ona o’ziga mujassamlashgan bo’lishi zarur. Demak ota – ona oilada bolalarni milliy qadriyatlar asosida, ularda insoniy fazilatlarni tarbiyalashi uchun qanday ta’lim – tarbiya berishi lozim degan savol tug’iladi
9. arbiyada insonparvarlik va demokratiya qoidasi. O’qituvchining bilim saviyasi ma’naviyati jamiyatni harakatga keltiruvchi, taraqqiyotgga eltuvchi yetakchi omillardan biridir. Yoshlarni insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashda Qur’oni Karim, Hadisi shariflardan foydalanish juda muhim. Tarbiyada inson shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir bola, o’smirning betakror va o’ziga xosligini hurmatlash, uning ijtimoiy huquqi va erkinligini hisobga olish lozim. Tarbiyani demokratiyalash - bu tarbiyani ma’muriy ehtiyoj va qiziqishlardan yuqori qo’yish, tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar o’rtasida o’zaro ishonch, hamkorlik asosida pedagogik munosabatlar mohiyatini o’zgartirish demakdir. O’qituvchi o’quvchiga avvalgidek tarbiya ob’ekti emas, xuddi o’zi kabi sub’ekt deb qarashi darkor. Tarbiyaviy faoliyatni demokratiyalash va insonparvarlashtirish uning mohiyatini va mazmunini qayta tafakkur etishni ko’zda tutadi. Shaxsning rivojlanishi va o’zligini anglashni ta’minlaydi.