Tarbiyaviy soat


-mavzu: Oilada tejamkorlik



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə18/54
tarix13.05.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#113234
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   54
Tarbiyaviy soat

9-mavzu: Oilada tejamkorlik.
O`quvchilarni tejamkorlikka o`rgatish, ularga ortiqcha isrofgarchilikka yo`l qo`ymaslikni uqtirish orqali o’quvchilarning iqtisodiy savodxonligini, iqtisodiy ongini, iqtisodiy fikrlashi va iqtisodiy madaniyatlilik darajasini oshirish.
11-mavzu: Bayrog‘imiz – faxrimiz (18 noyabr - O‘z.Res. Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan).
O`quvchilarda davlat ramzlariga bo`lgan hurmatni rivojlantirish,O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ini yuksaklarga ko`tarishda ularning o’rni kattaligini uqtirish, O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i o`zga yurtlarda ko`tarilganda g`urur va iftixor tuyg`usini oshirishini singdirish.
13-mavzu: Bizning huquqlarimiz (8 dekabr – Konstitutsiya kuni munosabati bilan).
Huquq va burch tushunchasi. O`quvchilarda Konstitutsiya va qonunlarga hurmat bilan munosabatda bo’lish, ularni o’rganish va amal qilish tuyg’ularini tarbiyalash hamda ular ongiga “jinoyat jazosiz qolmaydi, har kim qilmishiga yarasha javobgarlikka tortiladi” degan qoidani singdirish.
14-mavzu: Davlatimiz madhiyasi (10 dekabr - O‘z.Res. Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan).
O`quvchilarda davlat ramzlariga bo`lgan hurmatni rivojlantirish, ular ongiga O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini har bir fuqaro bilishi, yoddan ayta olishi, hurmat qilishi, mazmunini anglashi, davlat madhiyasi matni va musiqasi mualliflarini bilishi lozimligini singdirish.
15-mavzu: Mening huquqim
Bola huquqlari to’g’risida Konvensiya, O’zbekiston Respublikasining “Bola huquqlari kafolatlari to’g’risida”gi Qonunida bolalarning huquqlari haqida.
16-mavzu: Yangi yil rejalari (Yangi yil bayrami yaqinlashishi munosabati bilan).
O`quvchilarda yangi yil bayramida ezgu orzular bilan yangi yilga qadam qo’yish, maktabning odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etish, yangi yilda tashkil etilgan bayram tadbirlarida namunali ishtirok etish xislatlarini tarbiyalash hamda o’quvchilar ongiga yangi yilda inson qalbi ham qor kabi oppoq bo`lishi lozimligini singdirish.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin