33-mavzu: Yaxshi dam – o‘qishga hamdam. O`quvchilarga yozgi ta’tilni mazmunli o`tkazish bo’yicha tavsiyalar berish, ularga yozgi oromgohlarga yoki cho`milish havzalariga borganda ehtiyot bo`lishlikni uqtirish.
4 – sinf (34 soat) 1-mavzu: O‘zbekiston – Vatanim manim! Mustaqillik kunini nima uchun eng ulug`, eng aziz ayyom sifatida bayram qilinishi,hayotimizdagi bugungi imkoniyatlar qanday paydo bo`lganligi, sobiq mustabid tuzum davrida xalqimiz qanday qiyinchiliklarni boshidan kechirganligi, O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning buyuk ma’naviy jasorati va o’tmishni unutmaslik haqida aytgan fikrlari, afg`on qizi nima uchun o`z orzusiga yetolmaganligi, Yurtimizda yoshlarning bilim olishi uchun qanday qulay imkoniyatlar yaratilganligi, dunyoda qanday gunoh kechirilmasligi haqidagi tushuncha va tasavvurlar.
3-mavzu: Odob-axloq qoidalari O’quvchilar qalbi va ongiga odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etish tuyg’ularini singdirish, ularni zo‘ravonlik, hayosizlik va shafqatsizlikni tashviq qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlardan himoya qilish, o’quvchilarda ichkilikbozlik, giyohvandlik va «ommaviy madaniyat» kabi bizga yot illatlarga qarshi immunitetni shakllantirish.
4-mavzu: Favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish Favqulodda vaziyatlarda to’g’ri harakat qilish qoidalari.
5-mavzu: Sizni sharaflaymiz, aziz ustozlar (1 oktyabr – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan). O`quvchilar qalbiga o`qituvchi va murabbiylarga hurmat tuyg`usini singdirish, ularga ustozlarning ulug`ligini va ularga doimo ehtirom ko`rsatish lozimligini uqtirish.
7-mavzu: Notanish odamlar bilan muloqot qanday bo‘lishi kerak? Notanish odamlar bilan muloqotga kirishmaslik lozimligi, eng avvalo ustozi yoki ota-onasiga xabar berishlari lozimligini uqtirish.
8-mavzu: Til – dil ko‘zgusi (O‘z.Res. “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilingan kun munosabati bilan). O`quvchilarga Ona tili — bu millatning ruhi, til – dil kaliti ekanligi haqidagi hikmatlarni uqtirib, Davlat tiliga bo`lgan hurmatni yanada rivojlantirish bilan bir qatorda o’quvchilar qalbi va ongiga boshqa millat va elatlar tillariga ham hurmat bilan munosabatda bo’lish tuyg’ularini singdirish.