4-mavzu: Gaz va elektr manbaini tejash. Gaz, elektr energiyasi va ichimlik suvi milliy boyligimiz. O`quvchilarni tejamkorlikka o`rgatish, ularga ortiqcha isrofgarchilikka yo`l qo`ymaslikni uqtirish orqali o’quvchilarning iqtisodiy savodxonligini, iqtisodiy ongini, iqtisodiy fikrlashi va iqtisodiy madaniyatlilik darajasini oshirish.
5-mavzu: Ustozlar bizning faxrimiz (1 oktyabr – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan). O`quvchilar qalbiga o`qituvchi va murabbiylarga hurmat tuyg`usini singdirish, ularga ustozlarning ulug`ligini va ularga doimo ehtirom ko`rsatish lozimligini uqtirish.
6-mavzu: Bir og‘iz shirin so‘z (filologiya fanlari oyligi doirasida). Jamoat joylarida telefondan foydalanish. SHirin so’z - dardga davo. Muloqot madaniyati va jamoat joylarida telefondan foydalanish qoidalari.
8-mavzu: Ona tilim – mening iftixorim! (O‘z.Res. “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilingan kun munosabati bilan). O`quvchilarga Ona tili — bu millatning ruhi, til – dil kaliti ekanligi haqidagi hikmatlarni uqtirib, Davlat tiliga bo`lgan hurmatni yanada rivojlantirish bilan bir qatorda o’quvchilar qalbi va ongiga boshqa millat va elatlar tillariga ham hurmat bilan munosabatda bo’lish tuyg’ularini singdirish.
10-mavzu: Bag‘rikenglik O’zbekiston bag’rikenglik o’lkasi ekanligi, sobiq mustabid tuzum davrida xalqimiz qanday qiyinchiliklarni boshidan kechirganligi, O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning diniy bag’rikenglik va millatlararo hamjihatlik haqida aytgan fikrlari.
11-mavzu: Davlatimiz bayrog‘i (18 noyabr - O‘z.Res. Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan). O`quvchilarda davlat ramzlariga bo`lgan hurmatni rivojlantirish,O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ini yuksaklarga ko`tarishda ularning o’rni kattaligini uqtirish, O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i o`zga yurtlarda ko`tarilganda g`urur va iftixor tuyg`usini oshirishini singdirish.
13-mavzu: 8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun. O`quvchilarda Konstitutsiya va qonunlarga hurmat bilan munosabatda bo’lish, ularni o’rganish va amal qilish tuyg’ularini tarbiyalash hamda ular ongiga “jinoyat jazosiz qolmaydi, har kim qilmishiga yarasha javobgarlikka tortiladi” degan qoidani singdirish.