Tariff-plans-available-in-uzbekistan-uz docx



Yüklə 421,94 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/15
tarix02.01.2022
ölçüsü421,94 Kb.
#45788
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
o-zbekiston-hududida-amal-qiluvchi-tarif-rejalari

Avtomatik uzaytirish

Agar Mijoz Tarif paketlarining biriga ulangan bo'lsa va Hisob-kitob davrining tugash vaqtiga

uning Shaxsiy hisobvarag'ida Tarif paketini uzaytirish uchun yetarli pul mablag'lari bo'lsa,

Shaxsiy hisobvaraqdan amaldagi Tarif paketini to'liq Hisob-kitob davriga uzaytirish uchun

abonent to'lovi yechib olinadi. «Cheklanmagan SMS xabarlar» va/yoki Cheklanmagan Ilovalar

xizmatlari ham avtomatik ravishda uzaytiriladi. Agar Tarif paketiga «Cheklanmagan

SMS-xabarlar» opsiyalari va/yoki Cheklanmagan Ilovalar opsiyalari ulangan bo'lsa, paket faqat

ushbu opsiyalar bilan birga uzaytiriladi.

Agar Tarif paketini unga ulangan barcha xizmatlar bilan birga avtomatik uzaytirish uchun pul

mablag'lari yetarli bo'lmasa, Tarif paketi opsiyalarsiz uzaytirilmaydi (Mijoz xizmatlarni avtomatik

uzaytirishni o'chirib qo'ygan holat bundan mustasno), xizmatlar quyidagi shartlar asosida

tarifikatsiya qilinadi:

paket tugaganidan keyin 72 soat davomida (“0 daqiqa va 0 GB paket”i bundan mustasno):

· O‘zbekiston Respublikasi raqamlariga SMS — har biri 150 so‘mdan;

· Kiruvchi qo‘ng‘iroqlar daqiqasi — 0 so‘m;

·

O‘zbekiston Respublikasi abonent raqamlariga chiquvchi qo‘ng‘iroqlarning daqiqasi —



150 so‘m

·

“Telegramga cheksiz kirish” opsiyasining doirasida ma’lumotlarni uzatish tezligi 32



kbit/s qilib cheklanadi;

· Internet tarmog‘iga kirish taqdim etilmaydi.

Paket tugaganidan keyin 72 soat o‘tib, shuningdek “0 daqiqa va 0 GB paket”i tugaganidan keyin

xizmatlar «Boshlang'ich» tarifi shartlari bo'yicha tarifikatsiya qilinadi.

Mijoz «Boshlang'ich» tarifiga o'tgunicha foydalangan Tarif paketini unga ulangan barcha

xizmatlari bilan birga uzaytirish uchun yetarli bo'lgan pul mablag'lari Shaxsiy hisobvaraqqa kelib

tushganida, Tarif paketi barcha xizmatlari bilan bunday mablag' kelib tushgan vaqtdan boshlab

ulanadi.



Tarif paketi yoki opsiyalarning avtomatik uzaytirilishini Mijoz Qo‘llab-quvvatlash markaziga

murojaat qilgan holda o'chirishi mumkin. Bunday holatda “0 daqiqa va 0 GB paketi”da paket

muddati tugashi bilan, boshqalarida esa — Hisob-kitob davridan 72 soat o‘tgach, xizmatlar

«Boshlang'ich» tarifi shartlari bo'yicha tarifikatsiya qilinadi.




Yüklə 421,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin