Foydalanish bo'yicha cheklovlar
Tariflar va Tarif paketlari bitta Abonent qurilmasida bitta SIM-kartaga nisbatan foydalanish uchun
mo'ljallangan. Abonent qurilmasiga o'rnatilgan SIM-kartadan bunday Abonent qurilmasiga simli
va simsiz kanal orqali ulangan boshqa qurilmalar bilan Provayder aloqa xizmatlaridan
foydalanishning qo'shimcha imkoniyatlarini ta'minlash uchun foydalanish faqat "0 GИ" va
"Cheksiz Internet" Tarif paketlarida ruxsat etilmaydi. Qolgan Gigabayt Tarif paketlarida boshqa
qurilmalar tomonidan sarf qilinadigan trafik Cheksiz Ilovalarning ulangan Opsiyalari mavjudligi
yoki mavjud emasligidan qat'i nazar, Tarif paketi doirasida maksimal tezlikda taqdim etilgan
hajmni sarflaydi. Tarif paketi doirasida taqdim etilgan trafik hajmi ishlatib tugatilganida boshqa
qurilmalar tomonidan trafik sarf qilinishiga yo'l qo'yilmaydi.
Barcha Tariflarda, Tarif paketlarida piring fayl almashuvi tarmoqlaridan foydalanish imkoniga ega
bo'lish uchun (jumladan BitTorrent va shunga o'xshash fayllarni taqsimlagan holda tarqatish
texnologiyalari yordamida) Tarmoq resurslaridan foydalanayotgan servislar uchun tezlik
soniyasiga 32 kbit'gacha chegaralanadi.
Tariflar va Tarif paketlari smartfonlar yoki planshetlarda foydalanishga mo’ljallangan, agar boshqa
shartlar Arizada ko’rsatilgan bo’lmasa. Smartfon yoki planshetdan tashqari boshqa qurilmalardan
foydalanilganligi aniqlangan holatlarda barcha Tariflarda, Tarif paketlarida tezlik 0 kbit/s gacha
chegaralanishi mumkin. SIM-kartadan smartfon yoki planshetda foydalanilsa ushbu cheklanish amal
qilishda davom etmaydi.
Mijozlarning manfaatlari yo'lida, tasodifiy qo'ng'iroqlarning salbiy oqibatlaridan saqlanib qolish
maqsadida Provayder ovozli ulanish davomliligini bir soat bilan chegaralab qo'yishga haqli.
Xizmatlarni, Tarifni, Tarif paketlarini boshqarish HUMANS.uz mobil ilovasidan (Ilovadan)
foydalangan holda amalga oshiriladi. Ilovani Mijoz o'z abonent qurilmasiga o'rnatib olishi kerak.
Mijoz tomonidan Ilova o'rnatilmaganida Mijoz uchun yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy
oqibatlar uchun Provayder javobgar emas.
Roumingda Mobil internet xizmatiga ega bo'lish uchun Mijozning Shaxsiy hisobvarag'idagi
mablag' 30 000 so'mdan kam bo'lmasligi kerak.
|