Tarifikatsiya va shtatlar jadvalini ro‘yxatdan o‘tkazish


O‘qituvchilarning tarifikatsiya ro‘yhatini shakllantirish maqsadida umumta’lim muassasasi tomonidan har yili 20-sentabrga qadar elektron dasturga quyidagi ma’lumotlar kiritiladi



Yüklə 9,31 Kb.
səhifə2/2
tarix20.12.2023
ölçüsü9,31 Kb.
#187233
1   2
k8kp7Fi0Z1Vr5GuzLBwhASRYm4IN3hvLN4NF0Tq7

O‘qituvchilarning tarifikatsiya ro‘yhatini shakllantirish maqsadida umumta’lim muassasasi tomonidan har yili 20-sentabrga qadar elektron dasturga quyidagi ma’lumotlar kiritiladi


Pedagogik kengash tomonidan o‘qituvchilar o‘rtasida taqsimlangan dars soatlari
O‘qituvchilar haqidagi ma’lumotlar, shu jumladan, ismi, familiyasi, otasining ismi, diplom bo‘yicha ma’lumoti, malaka toifasi to‘g‘risida ma’lumotlar
Bazaviy tarif stavkalari to‘g’risida ma’lumotlar (bunda o‘qituvchining har bir fan uchun ma’lumoti va tegishli malaka toifasi berilgan sanasi va amal qilish muddati ko‘rsatiladi)
Informatika kabineti mudirligi uchun qo‘shimcha haq to‘lovlari
Umumta’lim maktabi direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan elektron dasturga kiritilgan o‘qituvchilarning tarifikatsiya ro‘yhati tegishliligi bo‘yicha hududiy xalq ta’limi bo‘limlarva hududiy moliya organlariga har yili 20-sentabrga qadar ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun yuboriladi.
Hududiy xalq ta’limi bo‘linmalari va hududiy moliya organlari har yili 25-sentabrga qadar o‘qituvchilarning tarifikatsiya ro‘yxatini ko‘rib chiqadi va ularni tasdiqlaydi yoki tasdiqdashni rad etadi
Bir stavkada ishlovchi o‘qituvchi uchun boshlang‘ich I-IV sinflardagi haftalik o‘quv yuklamasi-18 soat va pedagogik yuklamasi-18 soatni hamda yuqori V-XI sinflardagi haftalik o‘quv yuklamasi-20 soatni va pedagogik yuklama- 16 soatni tashkil etadi, bunda o‘qituvchining pedagogik yuklamasi haftalik o‘quv yuklamasiga mos ravishda boshlang‘ich I-IV sinflarda 1,0 koeffitsientga, yuqori V-XI sinflarda 0,8 koeffitsientga ko‘paytirilgan holda hisoblanganligi; umumta’lim muassasasining rahbar xodimi (direktor va uning o‘rinbosarlari) tomonidan asosiy lavozimning bir haftada 10 soatgacha hajmda o‘qituvchi lavozimi bilan qo‘shib olib borilganligi (o‘quv yuklamasi yuritilishiga) hamda ular tomonidan bajarilgan dars soatlariga soatbay haq to‘langanligi
Umumta’lim muassasalarining uyda yakka tartibda mashg‘ulotlar olib borayotgan o‘qituvchilariga haq to‘lash bazaviy tarif stavkasini o‘quv va pedagogik yuklamalarga bo‘lish, ularni yakka tartibda o‘tkazilgan haqiqiy dars soatlariga ko‘paytirish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-sentabrdagi 490-son “Xalq ta'limi tizimi xodimlariga haq to‘lashni tartibga solish to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan o‘qituvchining tarif stavkasi hamda lavozim maoshlari miqdoriga qo‘shimcha oyiga 50 foiz to‘lov amalga oshirilganligi (bunda yakka tartibda o‘quvchini uyda o‘qitayotgan o‘qituvchilarning asosiy oylik yuklamasi maktabda bo‘lishi shart)
Daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik uchun qo‘shimcha haq o‘qituvchining daftarlar va yozma ishlar bo‘yicha tekshiriladigan fanlarning umumiy soatlari va sinf komplektidagi o‘quvchilar sonidan kelib chiqqan holda hisoblanganligi
Sinf rahbarligi uchun qo‘shimcha haq sinfdagi o‘quvchilar soniga ko‘ra belgilangan miqdorlar bo‘yicha hisoblanganligi; umumta’lim muassasalarida o‘qituvchilarga bittadan ortiq sinfga rahbarlik qilish mehnatini soatbay asosda olib boruvchi o‘qituvchilarga sinfga rahbarlik qilishga yo‘l qo‘yilmasligi (bunda boshlangich sinflarda sinf rahbarligi ona tili, o‘qish va matematika fanlaridan dars o‘tadigan o‘qituvchilarga yuklatiladi)
Informatika kabinet mudirligi uchun qo‘shimcha to‘lovlar belgilangan miqdorlar asosida informatika kabineta soniga ko‘ra hisoblanganligi;
informatika kabinet mudirligi informatika fani o‘qituvchisiga yuklatilganligi (bunda informatika fani bo‘yicha mutaxassis bo‘lmagan hollarda matematika yoki fizika fanlari o‘qituvchilariga biriktirilishi mumkin, bir nafar informatika fani o‘qituvchisiga bittadan ortiq informatika kabinet yuklatilganda faqat bitta informatika kabinet mudirligi uchun qo‘shimcha haq belgilanadi)
Direktor jamg‘armasi hisobidan har oylik ustamalar belgilanadigan o‘qituvchilar ro‘yxati umumta’lim muassasasida tashkil etilgan ustamalar belgilash, moddiy rag‘batlantirish va moddiy yordam berish bo‘yicha ishchi guruh tomonidan belgilangan talablarga ko‘ra aniqlanishi va ustamalar miqdorlari o‘qituvchining tarif stavkasiga nisbatan hisoblanganligi
Umumta’lim muassasalari o‘qituvchilariga har oylik qo‘shimcha to‘lovlar va ustamalar amaldagi me’yoriy hujjatlarga muvofiq belgilanganligi; Umumta'lim muassasasida fanlar bo‘yicha vakant soatlar uchun mablag‘larni rejalashtirish barcha ustama va qo‘shimchalarni (direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lanadigan ustamalar bundan mustasno) inobatga olib, bir stavkada ishlovchi oliy ma’lumotli o‘qituvchining bazaviy tarif stavkasi hisobidan kelib chiqqan holda elektron dastur orqali hisoblanganligi
Vakant sinf rahbarligi bo‘yicha qo‘shimcha haq to‘lovlari sinfdagi o‘quvchilar soniga ko‘ra belgilangan miqdorlarda hisoblanganligi
O‘qituvchilarning tarifikatsiya ro‘yxati mazkur Nizomning
23-bandidagi mezonlari mavjud
Ushbu mezonga muvofiq holda to‘ldirilgan bo‘lsa
Ular hududiy xalq ta’limi bo‘linmalari va hududiy moliya organlari tomonidan tasdiqlanadi
Yüklə 9,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin