109-rasm. Bosqoq rus qishlog‘ida
110-rasm. Knyaz
Aleksandr Oltin O‘rda
xoni huzurida
131
V BOB. OSIYO, AMERIKA VA AFRIKA XALQLARI Eronda mustaqil davlat tuzgan
Xuloku va uning voris-
lari esa Oltin O‘rda bilan Kavkazortiga egalik qi
lish ma-
salasida raqobat qila bosh
lagan. Bu ikki Mo‘g‘ul davlati
qo‘
shinlari qator janglarda to‘qnashib, goh u tomon, goh
bu tomonning qo‘li baland kelgan. Bu janglardan biri-
da 1266-yilda Botuxonning ukasi Berka
xon ham halok
bo‘lgan. Xuloku ulu
siga qarshi kurashda Oltin O‘rda hatto
Misr sultonlari bilan ittifoq tuzgan.
XIV–XV asrlarda Oltin O‘rda. XIV asrning birinchi
yarmida Oltin O‘rda davlati o‘z qudratining cho‘qqisiga
erishadi. Bu jarayon
O‘zbekxon (1312–1342) va uning
og‘li
Jonibek (1342–1357) nomi bilan bog‘liqdir. Oltin
O‘rda qudratini mustahkamlagan omillardan biri islom
dinining qabul qilinishi bo‘ldi. O‘zbekxon 1314-yilda is-
lomni davlat dini deb e’lon qiladi. Unga qarshilik ko‘rsat-
moqchi bo‘lgan zodagonlar va hatto qarindoshlari qatl
etiladi.
Mo‘g‘ullar davlati asoschisi Chingizxon barcha diniy
e’tiqodlarga birday munosabatda bo‘lishni vasiyat qilgan
edi. Uning avlodlari bu vasiyatni bajarishga harakat qil-
ganlar. Oltin O‘rda poytaxti
Saroy shahrida turli diniy
ibodat
xonalar qurilgan. Botuxon davrida shahar Saroy
Botu deyilgan.
O‘zbekxon va Jonibek davrida Oltin O‘rda shaharlari
gullab-yashnagan. Ular iqtisodiy va madaniy hayot
markaz lariga aylangan.
Saroy Botu va
Saroy Berka dun-
yoning eng katta shaharlari qato
rida bo‘lgan.
Jonibekning vafotidan so‘ng Oltin O‘rda taxti uchun
ku rash boshlangan.
To‘xtamishxon XIV asrning oxirida uni
o‘n besh yilga yana birlashtirgan. Lekin davlat tarixining
fojiali sahifalari aynan uning hukmdorligi bilan bog‘liqdir.
Bunga To‘xtamishning Movarounnahr hukmdori Amir
Temur bi
lan raqobati sabab bo‘lgan. Amir Temur Jo‘ji
ulu
siga qarshi uch marta yu
rish qilgan. Shimoliy Kavkaz-
da 1395-yilda To‘xtamishning Amir Temurdan mag‘
lubiyati
Saroy, Saroy Berka, Astraxan
shaharlarining vayron etil-
ishiga sabab bo‘
lgan. Shundan keyin savdo yo‘llari janub
tomonga siljigan. Amir Temurning yurishlari Oltin O‘rdani
132
V BOB. OSIYO, AMERIKA VA AFRIKA XALQLARI uzil-kesil zaiflashtirgan. Oltin O‘rda XV asrning birinchi
yarmidan qator xonliklarga bo‘linib ketgan. Ulardan eng
yiriklari