Tarix fakulteti


Antik davr shaharlar shaklidagi yodgorliklar strukturasi



Yüklə 330 Kb.
səhifə4/10
tarix29.01.2023
ölçüsü330 Kb.
#81518
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Antik davr shaharsozlik madaniyati . Topshirdi

Antik davr shaharlar shaklidagi yodgorliklar strukturasi.


Xorazm shaharsozlik madaniyatida tub burilish mil.avv. IV asrdan kuzatiladi. Xorazm davlatining qudrati oshib borgan sari yangi bunyod etilgan shaharlarning chegarasi o’ng sohilda janubiy Oqchadaryo deltasidan shimolga tomon Sulton Uvays tog’larigacha va undan sharq tamonda Qizilqum sahrolarigacha bo’lgan qadimgi sug’orma dehqonchilik vohalari bo’ylab qator ahamiyatga molik shahar-qal‘alar qad ko’taradi. Xorazmning aholi yashaydigan ko’p punktlari doira yoki to’rt burchak shaklida turlicha istehkom usulida qurilgan.
Xorazm antik davri shahar qurilishining keng yoyilishi bilan xarakterlanadi. Ba‘zi tadqiqotchilar mazkur voqelikni hatto urbanistik portlash deb ham ataydi.32
Amudaryo o’ng sohilida o’ndan ortiq yodgorliklar mavjud bo’lib, biz bularning barchasini shahar tipiga xos deb ayta olmaymiz. Jahon ilmiy ishlanmasiga ko’ra shahar deb atashimiz uchun dastlab hududi 5-6 ga va undan kam bo’lmagan maydonda aholining zich joylashgan bo’lishi, aholi joylashgan maydonning chor atrofi qalin mudofaa devori bilan o’rab olingan bo’lishi, shaharning yuqori tabaqa hokimlarining turar joylari oddiy fuqarolarnikidan ajralib turishi, shahar hokimining baland poydevor (platforma) ustiga qurilgan monumental qasri, shahristonda shahar aholisining barcha qatlamlari uchun xizmat qiluvchi muqaddas diniy markaz – ibodatxona bo’lishi, shahar iqtisodiy asosini ko’p tarmoqli hunarmandchilik va savdo-sotiq tashkil etgan bo’lishi, shahar ramzi va belgisi hisoblanmish shahar muhr va boshqalar mavjud bo’lishi lozim. Demak, yuqorida keltirilgan belgilar asosida shahar tipidagi yodgorliklarni aniqlashimiz mumkin.
Tadqiqotchilar, Amudaryo o’ng sohili antik davridagi ya‘ni janubdan shimolga qadar yo’nalish qilsak, Qo’ziqirilganqal‘a, Dumanqal‘a, Anqoqal‘a, Qavatqal‘a, Govurqal‘a, Qizilqal‘, Ayozqal‘a, Qo’rg’oshinqal‘a, Qirqqizqal‘a kabi yodgorliklar qal‘a-qo’rg’on bo’lib hisoblanadi. Bunday xulosa qilishimizga asos bor, arxeologlarimiz yodgorlikni o’rganishda ularning mudofaa devorlari, joylashgan o’rni va topilgan ashyolar bilan aniqlagan. Bu qal‘alar shaharni tashqi dushmanlardan himoya qilish va iqtisodiy-ijtimoiy maqsadlarda hamda tabiiy ofatlardan himoya qilish maqsadida qurilgan qo’rg’onlardir.
Chunonchi, Ayozqal‘a kompleksi harobalari Sulton Uvays tog’i sistemasi sharqiy tarmoqlarinnng ikkita tepaligida joylashgan. Ayozqala 1 yodgorligi baland qo’sh devorlar bilan o’rab olingan bo’lib, devorlar yarim doira shaklida solingan burjlar bilan mustahkamlangan. Qal‘a burchaklarida ikki burjning birga qo’shilishidan xarakterli «qaldirg’och dumi»ga o’xshash shakl hosil bo’ladi. Bu tipik detalni ilk kushonlar davrida qadimgi Xorazmning harbiy istehkom quruvchilari qo’llar edi.33 Ayozqal‘a qoyasining pastki yon bag’rida, janubiy tepalikning uchida tuxumsimon planda solingan Ayozqal‘a2 joylashgan. Bu qal‘a yaxshi mustahkamlangan va garnizon uchun yoppasiga qurilgan binolardir. Qizilqal‘a, Govurqal‘a ham Tuproqqal‘a va Oqchaxonqal‘a shaharlarining harbiy garnizoni va himoya qo’rg’oni hisoblangan.
Amudaryo o’ng sohilining shahar tipidagi yodgorliklari Qo’yqirilganqal‘a, Jonbosqal‘a, Bozorqal‘a, Guldursunqal‘a, Tuproqqal‘a, Oqchaxonqal‘alar hisoblanadi, chunki yuqorida keltirilgan shaharga xos bo’lgan deyarli barcha alomatlar tadqiqotlar natijasida aniqlangan.

Yüklə 330 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin