Uchinchi savol boʻyicha oʻquvchilarning bilimlari quyidagi mezonlar asosida
baholanadi:
T/r Baholash
Ball
1
Tarixiy atamaning maʼnosini tushunishi
1 ball
2
Tarixiy atamaga toʻgʻri va toʻliq izoh
bera olishi
1 ball
3
Tarixiy atama bilan bogʻliq qoʻshimcha maʼlumotlar bera olishi
1 ball
4
Tarixiy atama qoʻllanilgan tarixiy voqealardan misollar keltira olishi
1 ball
5
Tarixiy atamaning qaysi tildan
kelib chiqqanligini bilishi
1 ball
Jami
5 ball
Izoh: har bir yoʻnalish boʻyicha ballar yaxlitlanib (bunda yaxlitlangan ball
4,5 dan past boʻlsa “4” baho, yuqori boʻlsa “5” baho. Masalan: 5+4+5=14:3=4,6
yaxlitlansa “5” baho, 4+4+5=13:3=4,3 yaxlitlansa “4” baho qoʻyiladi.
Oʻquvchilarga bilet olganlaridan keyin tayyorgarlik koʻrishlari
uchun
20 daqiqa vaqt beriladi.
Imtihon topshirish jarayonida oʻquvchi oʻz fikrini faqat darslik materiallari
asosida emas, balki boshqa manbalarga tayangan holda ham bayon qilishi mumkin.
1-BILET
1. Gʻarbiy Turk va Sharqiy Turk xoqonligini oʻzaro taqqoslang.
2. Muhammad Shayboniyxonning Oʻrta Osiyo tarixida tutgan oʻrni haqida fikr
bildiring.
3. “Begar” atamasiga izoh bering.
Dostları ilə paylaş: