Tarix fanlari



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə1/46
tarix04.06.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#124735
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
Tarix fanlari


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI


IJTIMOIY IQTISODIY FAKULTETI

TARIX FANLARI”




KAFEDRASI

FANIDAN




A N N O T A TS I YA

o`quv soatlari hajmi doirasida tarixning muhim qismi hisoblangan O`rta Osiyo hamda jahon arxeologiyasiga bag'ishlangan. Mazkur ma`ruza matnida berilgan mavzular uzviylik va tarixiy davriylik ketma-ketligini o`zida mukammal aks ettirib, arxeologiya fani tarixning ajralmas qismi ekanligini, vatan tarixining qadimgi davridan o`rta asrlargacha bo`lgan moddiy va ma`naviy yodgorliklar haqidagi bilimlarni qamrab olgan. Talabalarga arxeologiya fanining tadqiqot usullari, tarixiylik, ilmiylik va xolislik tamoyillari haqida ma`lumot beradi. Ma`ruza matni bakalavriat ta`lim yo`nalishining o`quv hajmi soatlariga mos keladi va me`yoriy hujjatlarga muvofiq tayyorlangan.



Tuzuvchi: o`qit.Sh.N. Nasriddinov.
Taqrizchilar: t.f.n. A. A. Erqo’ziyev, t.f.n. Z.Sh. Madrahimov.

Muqaddima


Tarixni yoritishda va o'rganishda arxeologlar olib borgan tadqiqot ishlarining ahamiyati juda kattadir. So'nggi yillar ichida jahonning, jumladan O'rta Osiyoning turli hududlarida ko'plab arxeologik kashfiyotlar qilinib, muhim ma'lumotlar to'plandi. Olimlar tomonidan topib tekshirilgan bu yangi ashyolar eng qadimgi va o'rta asrlar tarixi haqidagi bilimlarni kengaytiradi. Mazkur manba va ashyolar jahon tarixining qadimgi davr siyosiy-iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jarayonlari haqida to'laroq tasavvurlar hosil qilish imkonini beradi.
Jahonda ibtidoiy odamlar tarqalishi jarayonidan boshlab, xalqlarning tarixida turli xil murakkab voqealar sodir bo'lgan. Ular ibtidoiy to'da davri, ibtidoiy xo'jaliklari va mehnat qurollari, urug'chilik tuzumining vujudga kelishi, xo'jalikning ishlab chiqarish shakllariga o'tilishi, binokorlik va hunarmandchilikning rivojlanishi, ishlab chiqarishda metallning ishlatila boshlanishi, ilk shaharlar va davlatlarning tashkil topishi, antik davri, o'rta asrlar me'morchiligi va moddiy madaniyatining rivojlanishi bilan birga boshqa ko'pdan-ko'p voqealar bilan bog'liq.
Talabalar qadimgi tarixni o'rganishda qimmatli arxeologik manbalarga e'tibor berishlari lozim. Jahonda tekshirilgan barcha turdagi arxeologik yodgorliklar va ulardan topilgan moddiy manbalar, insoniyat toshdan yasagan oddiy qo'pol cho'qmordan boshlab, uzluksiz mehnat natijasida yuksak madaniyat darajasiga yetib kelishining asosiy qonuniyatlarini ochib beradilar.
Ushbu kursning asosiy maqsadi - tariximizning muhim voqealarini o'rganishda arxeologik manbalarni ahamiyatini ko'satish, jahon, jumladan O'rta Osiyo, shuningdek O'zbekiston hududida yashab o'tgan ibtidoiy odamlar, qadimgi qabilalar va xalqlarning tarixini va madaniy taraqqiyotidagi o'ziga xos tomonlari va xususiyatlarini ko'rsatib berishdir.



Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin