Tarix va madaniy meros


II.2. Yangi davrda olib borilgan tadqiqotlar



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə6/8
tarix12.04.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#96879
1   2   3   4   5   6   7   8
Tarix va madaniy meros

II.2. Yangi davrda olib borilgan tadqiqotlar
O’rta Osiyo xalqlarining moddiy va manaviy yodgorliklarini o’rganish XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlanadi. Bu o’lka Rossiyaga qo’shib olingach bu yerga turli kasbdagi kishilar ko’plab kela boshladi. Ular orasida mahalliy va moddiy yodgorliklarga qiziquvchi kishilar ham bor edi. V.V.Bartold, V.A.Jukovskiy, N.I.Veselovskiy kabi mashhur sharqshunoslar, A.P.Kun, V.L.Vyatkin, I.T.Poslovskiy, N.A.Ostroumov va boshqa havaskorlar O’rta Osiyoning arxeologiyasi va tarixini o’rganishda o’zlarining xizmatlarini qo’shdilar.
Mahalliy havaskorlardan Akram Asqarov, M.Mirmuhammadovaning ishlari ham diqqatga sazavordir. 1895-yilda V.Bartoldning bevosita rahbarligida va taklifi bilan “Turkiston arxeologiyasi havaskorlari to’garagi” tuzilib, uning ustavi tasdiqlanadi. O’rta Osiyo arxeologiyasining rivojlanishida S.P.Tolstov, M.Ye.Mason, M.M.Dyakonov, A.P.Okladnikov, M.M.Gerasimov, A.Yu.Yakubovskiy, Ya.G’ulomov, V.A.Shishkin, B.A.Litvinskiy, G.A.Pugachenkova singari mashhur arxeologlar o’lkamiz tarixini o’rganishda o’zlarining juda katta hissalarini qo’shdilar. Shuni ham takidlab o’tish kerakki, so’nggi yillar ichida ham arxeologlarning katta gruppasi yetishib chiqdilar. A.Asqarov, A.Muhammadjonov, U. Islomov, I. Albaum, Yu.F.Buryakov, R.H.Sulaymonov, A.S.Sagdullaev, N.Ne’matov, A.Ranov, V.Vinogradov, E.V.Rtveladze, M.Jo’raqulov va boshqalarni aytish mumkin33.
Hozirgi kunda ham O’rta Osiyo arxeologiyasining o’rganilishi ancha yo’lga qo’yilgan. Bu ish bilan maxsus institutlar, universiteti va pedagogik institutlari, respublika va oblast muzeylari qoshidagi kafedralar va bo’limlar shug’ullanishmoqda.
O’zbekiston Respublikasi mustaqilligidan so’ng xorijiy mutaxasislarning qadimgi tariximizga bo’lgan ilmiy qiziqishi kuchayib, ularning o’quv va ilmiy tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda vatanimizning turli hududlarida arxeologik tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Xususan, Avstraliya, AqSh, Germaniya, Frantsiya, Yaponiya davlatlari o’quv va ilmiy tadqiqot muassasalari O’zRFA arxeologiya instituti, FA qoraqalpog’iston bo’limmi tarix instituti va O’zMU arxeologiya kafedrasi bilan hamkorlikda Surxandaryo, qashqadaryo, Samarqand viloyatlari va qoraqalpog’iston AR hududlarida arxeologik qazish ishlari olib borilyapti. Shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, universitetimiz tarix fakulteti ilmiy jamoasi va talabalari Qashqadaryoda arxeologik ilmiy izlanishlar olib borishi natijasida vohaning muste davrdan o’rta asrlargacha bo’lgan tarixi va madaniyati masalalari o’rganildi. Umuman, salkam bir asrlik arxeologik tadqiqot ishlarining natijalari tadqiqotchi olimlarning ilmiy maqolalari, risolalari, monografiyalari, darsliklar va o’quv qo’llammalarida o’z aksini topgan34.
Antik davri O’rta Osiyo xalqlarining ijtimoiy-siyosiy hayoti murakkab jarayonlar: bosqinchilik yurishlari, xalqlar va madaniyatlarning kirib kelishi, mintaqaviy davlatlarning tashkil topishi va boshqa o’zgarishlar bilan belgilanadi. Bu esa har bintaqada o’ziga xos madaniyatning shakllanishida o’ziga muhim omil bo’lib xizmat qilgan. Antik davrga kelib qisman qadimgi shaharlarning rivojlanishi bilan birgalikda Yangi shahar markazlari paydo bo’ladi va rivojlanadi35.
Bu davrga oid yirik shahar markazlaridan Dalvarzin, Zartepa, Yerqo’rog’on, Afrosiyob, Ko’ktepa, Tuproqqal’a, Kanxa va boshqadarning o’rnida keng ko’lamli arxeologik tadqiqot ishlari amalga oishirilib, natijada mazkur davr shaharlarining tuzilishi, ulardan o’rin olgan qurilish inshootlari, ularninrg qurilish usullari va texnikasi, shuningdek, qadimgi xalqlar yaratgan boy moddiy va ma’daniy madaniyat namunalari o’rganilgan. Ushbu shahar markazlari iqtisodiy, savdo va madaniy markaz bo’lish bilan birgalikda Yunon – Baqtriya podsholigi, Kushon podsholigi, Qang’lar davlati, Xorazm va Davan kabi yirik davlatlar yoki ularning tarkibidagi ayrim ma’muriy bo’linmalarning markazi ham bo’lgan. Shahar xarobalarida va alog’ida joylashgan diniy inshootlar o’z davri aholisining g’oyaviy qarashlarini ochib berishda yordam beradi. Bu davrda qadimgi O’zbekiston aholisi bir necha dinlarga e’tiqod qilganliklarini hozirgi paytda saqlanib qolgan topilmalar va ibodatxona xarobalaridan ko’rish mumkin. Xususan, Surxon vog’asida Budda ibodatxonalari va stupalari (Qoratepa, Fayoztepa, Zurmala, Dalvarzintepa ibodatxonasi), zardushtiylar (Dalvarzintepa) ibodatxonasi, Xorazm vohasidagi turli xil Ossuariylar va joylardagi diniy xarakterdagi ayrim topilmalar fikrimizning dalilidir36.
Qadimgi qishloq hayotini yoritib berishda ham arxeolog manbalar muhim ahamiyatga ega bo’lib, ko’plab qishloq xarobalari o’rganilgan. Antik davrga oid yodgorliklardan topib o’rganilgan hayokalchalar, tasviriy san’at namunalari, yozuvlar va boshqa moddiy manbalar o’z davri kishilarining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotlarini yoritib berish bilan birgalikda boshqa xalqlar bilan aloqalari va o’zaro ta’siri masalalarini ochib berishda yordam beradi. Dalvarzintepa, Xolchayon, qoratepa va Fayoztepa xarobalaridan boy mazmunga ega bo’lgan haykalchalar va tasviriy san’at namunalari ochilib, yuksak darajada rivojlangan madaniyat qaror topganligidan dalolat beradi. Ular o’zida mahalliy madaniyat an’analari bilan bilan birgalikda yunon, hind madaniyati namunalarini aks bu tasvirlar mazmunan ancha boy bo’lib, murakkab mafkuraviy qarashlarni o’zida aks ettiradi. 1948-yilda arxeolog A.Terenojkin Afrosiyobning ilk o’rta asrlarga oid qatlamlarini tekshiradi. 1958-yildan buyon Afrosiyobni o’rganilish davom etmoqda va hozirgacha turli davrlarga oid bir qancha boshqa yodgorliklar ham o’rganildi. VІ asrga mansub Tallu Barzu yodgorligidagi qazuv ishlari jarayonida VІІІ asrga oid sopol idishlar majmui, sosoniylar tangalari, quyi qatlamidan esa antik va Kushon davriga oid temirchilik charxi, sopol idishlar, haykalcha topildi. 1956-1957-yillarda Kofirqal‘a o’rganila boshlanadi37.
Qadimgi So’g’d, Xorazm, Farg’ona vodiysi va Toshkent vog’asi hududlarining bu davrga oid madaniyati o’ziga xos tomonlari bilan ajralib turadi. Ular asosan sodda ishlangan haykalchalar va tasvirlaridan iborat bo’lib, motiviga ko’ra ko’proq real hayot, kishilar turmush tarzi va xo’jalik faoliyati yoki nufuzli kishilarni tasvirlashgan. Zarafshon vohasi hududida Yevroosiyoning yevropoed va mongoloid kabi ikki asosiy irq o’rtasida chegara mintaqasini tashkil etadi. Yuqorida ta’kidlab o’tilgandek, 1971-yili arxeologik G.V.Shishkin Afrosiyobning shimoliy qismida o’rta asrlarga oid juda qalin qatlam ostida er.av.V asrga oid, ya’ni bundan 2500 yil ilgari yashagan odam skletini topdi. Skelet qadimgi so’g’dlik 172 sm, tiriklikdagi vazni 68 kg ga yaqin bo’lgan. Ularning bosh tuzilishi hozirgi o’zbek va tojiklarga o’xshash va orqa tomoni yassi bo’lgan. bu esa O’rta Osiyoda bolani beshikka yotqizish qadimdayoq keng tarqalganini ko’rsatadi. So’g’dliklarning peshonasi tik va keng, qirraburun bo’lgan. Beti o’rtacha kenglikda, lekin mongoloid irqqa xos yuz yapaloqligi ko’rinmaydi. Bu belgilar so’g’dliklarning yevropoed irqiga mansub ekanligidan dalolat beradi, ular o’zining irqiy xususiyatlari bilan shu davrdagi Shimoliy Baqtriya odamlariga o’xshaydi. Demak, yevropoed irqiga mansub O’rta Osiyo Ikki daryo oralig’i tipi, ya’ni hozirgi o’zbeklarga va tekislikda yashovchi tojiklarga xos tip er.av.1 ming yillik o’rtalaridayoq So’g’d hududida tarqalgan. Shuni ta’kidlash kerakki, yuqorida keltirilgan antropologik tipdan tashqari, so’g’dliklar orasida uzun boshli O’rta yer dengizi irqiga mansub bo’lgan38.
Samarqand yaqinidagi Kofir qal’a va Buxoro viloyatidagi Poykentda olib borilgan arxeologik qazishmalar paytida topilgan o’rta asr odam suyaklari So’g’d hududida yashovchi xalqlar avvalgiday yevropoed O’rta Osiyo Ikki daryo oralig’i antropologik tipi bilan tavsiflanishni ko’rsatadi. Er.av.1ming yillik o’rtalaridan to milodning VI asrlarigacha, ya’ni taxminan ming yil So’g’dda yashagan aholining antropologik xususiyati - tashqi qiyofasi juda kam o’zgargan. So’g’dliklar orasida ko’pchilikka xos bo’lgan O’rta Osiyo Ikki daryo oralig’i antropologik tipdan tashqari boshqa antropologik tiplar ham uchraydi. Bunga VI-VIII asrlarga oid Panjikent antropologik materiallari dalil bo’la oladi39.
Panjikentda bu davrda yevropoed irqiga mansub ikki guruh aholi yashagan. Ikki guruh kishilarning bosh tuzilishi shakli bir-biridan farq qiladi. Shu bilan birga, mazkur guruhlardagi ko’pchilik erkaklarning boshi uzun, ayollarning boshi esa dumoloq shaklligi Panjikent aholisining VI-VIII asrlarga aralash bo’lganligini ko’rsatadi. Shundayo qilib ilk o’rta asrlarda So’g’d aholisining shakllanishida boshqa irqqa mansub aholi ham ma’lum darajada ta’sir ko’rsatgan. Milodiy birinchi ming yillikning ikkinchi yarmida So’g’d aholisi tarkibiga mongoloid irqiy belgilar aralashuvini ko’ramiz40.
Antropologik materiallardan ma’lum bo’lishicha, o’sha davrda mongoloid irqiga taalluqli belgilar shahardan tashqarida (qishloqlarda) yashovchi so’g’dliklar tarkibiga 10-15 % ni tashkil qilgan. Mongoloid antropologik belgilari mavjud odamlar (masalan, yuzning yalpoqlanishi, yonoqlarning bo’rtib turishi, burun burchagining pasayishi va boshqalar) So’g’d hududidagi sharqiy va shimoliy viloyatlardan kirib kelib, mahalliy xalqlar qiyofasining o’zgarishiga ta’sir ko’rsata boshlagan.
Etnografiya ko’p qirrali ijtimoiy fan bo’lib, uning tadqiqot ob’ekti xalq va elatdir. Bu fan xalqlarning kelib chiqishi va joylanishi, ijtimoiy hayotti, xo’jaligi va g’oyaviy qarashlari kabi muommolarni o’rganadi.
Dastlabki etnografik ma’lumotlar ibtidoiy jamiyat qaror topganidan keyin qabilalar o’rtasida aloqalar o’rnatilishi natijasida to’plana boshlangan. O’sha davrdayoq ayrim qo’shni qabila, elat va xalqlarning maishiy turmushi, etnik birligini o’rganadilar41.
XULOSA

Tarix odamlarni o’ylantiradi, bo’lib o’tgan tarixiy voqеa va hodisalarni tahlil qilish, fikrlash va ulardan hayotiy xulosalar chiqarish asosida dasturiy harakatlar yo’llanmasini bеlgilashga yordam beradi. Milliy o’zlikni anglashda, milliy birlikni shakllantirishda, shajaramiz ulug`ligi va pokligini bilishda, dono xalqimizning jahon xalqlari orasida tutgan o’rniga baho berishda, uning boy hayotiy tajribalaridan kеngroq foydalanishda, xalqimizning olijanob, hurriyatparvar va erkparvar an'analarini izchil o’rganish va uni yanada boyitishda, xullas, barkamol, xaqiqiy inson shaxsini yaratishda Vatan tarixining o’rni benihoya kattadir.


Yurtimiz tarixi mustaqil davlatimiz ijtimoiy hayotida faol qatnasha oladigan, idrokli va qobiliyatli, o’zining tarixiy ildizlarini anglashga qodir, yurtiga, vataniga, ona xalqiga chеksiz mеhr-muhabbat xis-tuyg’ulari bilan to’lib toshgan avlodni kamol toptirish, ularning ongida milliy istiqlol tafakkuri va harbiy vatanparvarlik g’oyalarini shakllantirish qurolidir. Shuning uchun ham har qanday rivojlangan davlatda tarix fani millatning, xalqning o’tmishini eslatib undan saboq chiqaruvchi fan sifatida joriy etilib, asosiy e’tibor berilib kelinadi. Shu asosda bizning yurtimizda ham tarix ta’limda asosiy o’rinni egallagan. Ammo eng muhim masala yurtimiz tarixini tadqiq etib chuqurroq o’rganish. Bunga masalan tarixiylik belgilari bor hududlarda arxeologik qazishma ishlarini olib borib o’sha yerni tadqiq etish va tariximizning butunligini yanada tiklash, yurtimiz joylashgan yerning qadimiyligini isbotlab, dalillar bilan ko’rsatish kiradi.
Shu paytgacha o’lkamiz hududda olib borilgan izlanishlar natijasida juda ko’plab tosh davriga oid odamning suyak qodiqlari, qadimiy manzigohlar, yozmava moddiy ashyolar, o’tmishdan darak beruvchi qoyatosh suratlari, shuningdek ilk o’rta asrlar davriga oid svilizatsiya belgisi bo’lgan ilk shaharlar qoldiqlari Qoraqalpog’iston Respublikasidan, Farg’ona vodiysida, Surxondaryo, Buxoro vohasi hududidan va shuningdek boshqa viloyatlar hududlaridan topib o’rganilgan va moddiy- madaniy yodgorliklar ro’yxatiga kiritilgan. Bu yerdagi topilgan ilk shaharlarda hali ham arxeologik qazishma ishlari olib borilmoqda. Vatan ostonadan, inson yashab nafas olib turgan go’shadan, insonning kindik qoni to’kilgan xonadon tuprog’idan boshlanadi. Shu bois, inson ilk bor nafas olib, ulg’ayib voyaga yеtgan ona zaminga mеhr-muhabbat va sadoqatda bo’lishi, uning har bir hovuch muqaddas tuprog’ini ko’ziga to’tiyodеk surtishi, unga nisbatan bir umr farzandlik hissi bilan yashashi uning uchun ham farz, ham qarzdir. Zero Vatandan tashqarida baxt bo’lmagan va bo’lmaydi ham. O’zgalar yurti, bеgona diyor hеch qachon Vatan bo’lolmaydi. O’zga yurtda shoh bo’lgandan o’z yurtingda gado bo’lgan afzal dеgan naql bеjiz aytilmagan. Haqiqiy vatanparvar Vatanning og’ir kunida ham, yеngil kunida ham uni tark etmaydi, u bilan birga bo’ladi.
O’zingni vatanga qanchalar yaqin his etsang, uni shu qadar vujud kabi aniqroq va sеvibroq tasavvur qilasan. Yurtimiz tarixining ko’pchilik qismi chet dalatlari olimlari tomonidan o’rganilganligi bu juda achinarli. Shuning uchun ko’proq o’zimiz o’z tariximizni o’rganadihan vaqt keldi. Buning uchun tarix, arxeologiya va tarixning turli sohalarida yaxshiroq sifatliroq ta’li berishga katta e’tibor brishimi zarur. Shundagina katta-katta natijalarga erishamiz.


Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin