floti Misr va Bobil kabi davlatlar bilan savdo-sotiq olib borishga
xizmat qildi.
Kritliklar o ‘z yozuvlarini ham yaratdilar. Ular uzunligi 150—200,
eni 70—150 m etr kenglikdagi nihoyatda go‘zal yerosti zallari ham
qurganlar. Ular yaratgan labirintlar hamon odamlarni hayratga solib
kelmoqda.
Yodda tuting!
M iloddan avvalgi 2-m ing yillikda K ritda davlat tashkil topdi. Bu
Yevropadagi birinchi davlat edi.
Mikenaliklar savdo
kemasi.
Miloddan avvalgi 2-ming yillikning o‘rtalarida yuz bergan vulqon
otilishi natijasida ICrit madaniyati halokatga uchradi. Biroq yuz ber
gan bu halokat Krit madaniyatini butunlay yo‘q qilib yubormagan
edi. Ko‘p o‘tmay Peloponnes yarimorolida
yashovchi yunon qabilalari Kritni egallab
oldilar.
Mikena madaniyati.
Peloponnes yarim
orolida miloddan avvalgi 2-ming yillikda
Mikena shahar-davlati vujudga keldi. Bu
shahar- davlatning m adaniyati kritliklar
madaniyati ta ’sirida rivojlandi. Arxeologik
qazishmalar Mikenada hunarmandchilik va
savdoning yaxshi rivojlanganligini ham ko‘rsatdi.
Bronzadan yasalgan turli qurollar, oltindan ish-
t
langan zeb-ziynatlar, sopoldan tayyorlangan idish
qoldiqlari yaxshi saqlangan. Mikenaliklar bunyod et
gan qal’a va toshdan qurilgan uylar juda mustahkam
f
M
Shaharning yuqori qismida podsho saroyi va
FI
badavlat zodagonlarning uylari joylashgan. Saroy
\j у
yaqinida qoyaga maqbara qurilgan. Maqbaradan
bronza qurollar va oltin buyumlar topilgan. Shahar
atrofida savdogar, hunarmand va dehqonlaming uylari
zich joylashgan. Mikenaliklar Krit yozuvini o‘zlariga
moslashtirib olganlar.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: