Tarixdan hikoyalar umumiy o‘rta ta ’lim maktablarining


səhifə116/140
tarix07.01.2024
ölçüsü
#202531
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   140
5-Sinf Tarixdan hikoyalar darsligi [uzsmart.uz]

UNICEF
YUNISEF
ramzi.
152


Y U N ISEF yiliga 3 
m illion 
bolaning hayotini saqlab qolmoqda. 
Bugungi kunda YUNISEFga 140 dan ortiq davlat a ’zo. 0 ‘zbekiston 
Respublikasi 1994-yilda unga a ’zo bo ‘lib kirdi va u bilan doimiy 
hamkorlik olib bormoqda. Y U N ISEF 0 ‘zbekiston hukumati bilan 
bolalarni emlash, vaksinalar yetkazib berish va Orolbo‘yi aholisiga 
yordam ko‘rsatish kabi sohalarda hamkorlik qilmoqda.
0 ‘zbekistonda bolalar haqida g‘amxo‘rlik qilish davlat siyosati- 
ning asoslaridan birini tashkil etadi.
BMT 1989-yilda «Bola huquqlari to‘g‘risida» deb ataluvchi xalqaro 
Konvensiyani qabul qildi. Unda 18 yoshgacha bo‘lgan fuqarolarning 
bola hisoblanishi qayd etildi. Shuningdek, BMT a’zolariga bolalarning 
yashash, tirik qolish va sog‘lom rivojlanishini ta ’minlash majburiyati 
yuklatildi. Ayni paytda bolalarning ilm olish huquqi kafolatlandi. 
Bolalardan arzon ishchi kuchi sifatida foydalanish va ularni askarlikka 
jalb etish ta’qiqlandi. Bolalarni giyohvand moddalar iste’mol qilishdan 
saqlash choralarini ko‘rish majburiyati yuklatildi. 0 ‘zbekiston 
Respublikasi ham bu Konvensiyaga qo‘shildi.
2007-yilda esa «Bola huquqlarining kafolatlari to ‘g‘risida»gi 0 ‘z- 
bekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi.
Bu qonun 18 yoshgacha bo‘lgan О‘zbekiston fuqarolarining man- 
faatini himoya qilib kelmoqda.
YUNISEF mablag‘i. 
A’zo davlatlar har yili tashkilot hisobiga m a’- 
lum miqdorda mablag‘ ajratadilar. Shuningdek, ayrim shaxslarning 
xayr-ehsoni hisobiga ham mablag‘ to ‘planadi. Bundan tashqari
Jamg‘arma har yili o‘zining ramzi tushirilgan millionlab ochiq tabrik 
jild xatlarini sotish orqali ham mablag‘ to ‘playdi.
Ochiq tabrik jild xati sotish qanday qilib rasm bo ‘lgan?
1949-yil... Jamg‘arma Chexiya bolalariga yordam ko‘rsatmoqda edi. 
Yordam ko‘rsatilayotgan bolalar orasida rasm chizishga juda iqtidorli 
7 yoshli Yitka Samkova ham bor edi. Jamg‘arma yordamidan quvon- 
gan Yitka (uning sinfdoshlari ham behad xursand edilar) oyna 
parchalariga Jamg‘arma uchun rangli rasmlar chizib beradi.
Sinf o ‘qituvchisi Yitkaning chizgan rasmlarini Chexiya poytaxti 
Pragada joylashgan Jam g‘arma qarorgohiga jo ‘natadi. Bu rasmlar 
Jamg‘arma xodimlariga juda yoqib qoladi. Ular rasmlarni Nyu-York 
shahriga yuboradilar.


Jamg‘arma xodimlari Yitka rasmlari tasviri tushirilgan ochiq tabrik 
jild xatlari tayyorlashga qaror qiladilar va ularni Iso payg‘ambar 
tug‘ilgan kuni — Rojdestvo bayrami munosabati bilan butun dunyoda 
sotilishini tashkil etadilar. Bu tadbir Jam g‘armaga katta daromad 
keltiradi.
Keyinchalik, har yili bunday ochiq jild xatlar sotish an ’anaga 
aylanadi.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin