Tarixiy geologiya fanining rivojlanishiga hissa qo’shgan olimlar



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə1/2
tarix26.05.2022
ölçüsü1,44 Mb.
#59688
  1   2
2 5188497798407920301

Tarixiy geologiya fanining rivojlanishiga hissa qo’shgan olimlar


GEOLOGIYA FANI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA
Gyeologiya - Yer haqidagi fan bo‘lib, yunoncha geo - yer, logos - fan ma’nosini anglatadi. Gyeologiya tabiiy fanlar tizimiga kiradi va u Yerning tuzilishi, paydo bo‘lishi va rivojlanishi qonuniyatlarini o‘rganadi. «Gyeologiya» atamasini birinchi bo‘lib norvegiyalik olim M.P.Esholt 1657 yilda fanga kiritgan. Yer shar shaklidagi tabiiy jism bo‘lib, Quyosh tizimidagi osmon jismlaridan biri hisoblanadi. Yer shari turli tabiiy fanlarning o‘rganish obektidir. Astronomiya Yerning fazoda tutgan o‘rnini, geografiya, geodeziya, geomorfologiya Yer sirtining tabiati, tabiiy muhitlari, relef shakllari hamda elementlarini o‘rganadi. Biologiya esa yerda tirik hayot - o‘simlik va hayvonot olami evolyutsiyasini, tuproqshunoslik Yerning eng ustki hosildor yupqa qatlamini o‘rganadi. Qurilish muxandislari Yerni qurilish materiallari manbai deb qarashadilar. Yuqorida qayd etilgan fan sohalari yerning faqat ustki
qatlamlarida sodir bo‘layotgan jarayonlar va hodisalarning rivojlanishi hamda o‘zgarishinigina o‘rganadi. Gyeologiya fani esa yerning ustki qismini o‘rganish bilan bir qatorda, uning ichki tuzilishini, tarkibini va undagi kechayotgan hodisalar va jarayonlarning rivojlanish qonuniyatlarini ham o‘rganadi. Gyeologlar Yerni turli mineral va tog‘ jinslaridan tarkib topgan, ichki va tashqi kuchlar ta’sirida doim o‘zgarib turadigan sharsimon tabiiy jism deb tushunadilar. Gyeologiya fani o‘rganadigan masalalar keng ko‘lamli bo‘lganligi sababli turli yo‘nalishlar va sohalardan tarkib topgan, ularning har biri muayyan vazifalarni yechadi. Yerning moddiy tarkibini mineralogiya (minerallar haqidagi fan) va kristallografiya (kristallar haqidagi fan), petrografiya (tog‘ jinslari haqidagi fan), geokimyo (Yer kimyosini o‘rganuvchi fan), paleontologiya (qadimgi organizmlarning toshqotgan qoldiqlari haqidagi fan), tuproqshunoslik (tuproq haqidagi fan), foydali qazilmalar geologiyasi (mineral xom ashyolarni o‘rganuvchi fan).
Gidrogeologiya (yerosti suvlari haqidagi fan) va boshqalar o‘rganadi. Yer yuzasining shakllari, ularning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va taraqqiyotini geomorfologiya fani o‘rganadi. Yerning yoshi va qatlamlar orasidagi munosabatlarni stratigrafiya, tektonik harakatlarni geotektonika va strukturalarni strukturaviy geologiya o‘rganadi. Gyeologik bilimlarning shakllanishi va taraqqiyoti uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Gyeologiya fan tariqasida ikki asrdan ko‘proq vaqt oldin shakllangan. O‘tmishda uni huddi geografiya singari falsafaning bir qismi deb qarashgan. Faqat XVIII - asrda N.Steno (Italiya), M.V.Lomonosov (Rossiya), A.Vyerner (Gyermaniya), J.Byuffon, J.Kyuve, A.Bronyar (Fransiya), D.Gyetton (Shotlandiya), U.Smit (Angliya) va boshqalarning umumlashtirilgan va fundamental ishlari tufayli geologiya mustaqil fan tarmog‘i sifatida shakllandi. Qazilma boyliklarni qazib olish haqidagi birinchi geologik tushunchalar qadim zamonlardan beri mavjud
Odamlar keyinroq mis, qo‘rg‘oshin, qalay, kumush, oltin, undan keyin esa temir ma’dani bilan tanishganlar. Ular asta - sekin qimmatbaho mineral va tog‘ jinslaridan foydalanganlar: ohanrabo, lazurit, firuza va boshqalardan ziynat buyumlari yasay boshlaganlar. Qulchilik davridagi geologik bilimlar, jumladan, tabiat hodisalari va jarayonlari, yer tuzilishi va qazilma boyliklar to‘g‘risidagi tushunchalar juda ham sodda bo‘lib, ularda din ta’siri kuchli bo‘lgan. Dastlabki Yer haqidagi yozma ma’lumotlar Bobil (hozigi Iroq) davlatiga mansub. Dunyoning paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi dastlabki rivoyatlar Myesopotamiyada, miloddan avvalgi 4 - 3 ming yillikda ilk sinfiy davlatlar - Ur, Uruk Lagash va boshqalarda vujudga kelgan. Bular eramizdan avvalgi 626 - 538 y. ma’lumotlar Janubiy Myesopotamiyada hukmronlik qilgan Xaldeya dinastiyasining yangi Bobil podsholigiga qarashli shaharlarda topilgan gildan yasalgan buyumlarda yozib qoldirilgan.
Dunyoning paydo bo‘lishi haqidagi Bobilliklarning qadimgi rivoyatlari yahudiylarning «Injil»iga, xristian va musulmon dinining «muqaddas» kitoblariga ham kirib qolgan. Ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiyoti tabiiy fanlarning rivojlanishi uchun moddiy asos yaratdi. Tabiiy fanlar Xitoy, Yunoniston, Rim, Eron, O‘rta Osiyo davlatlarida (Xorazmda, Sug‘diyonada) nisbatan yuksaldi. Taxminan eramizdan avvalgi XX - XIX - asrlarda Xitoyda mualliflar jamoasi tomonidan yozilgan «San Xyey Din - tog‘ va dengizlar haqidagi qadimgi rivoyatlar» degan to‘plam yozilgan. Oldinroq uning ayrim qismlari suyak, yog‘och, nefritdan yasalgan taxtalarga yozilgan. Kyeyingi asrlarda unga qo‘shimchalar kiritilgan va so‘nggi nusxasining yaratilishi eramizdan avvalgi 400 yillarga to‘g‘ri keladi. Bu qo‘lyozmada 17 ta mineral: oltin, kumush, qalay, mis, temir, magnetit, kuprit, aragonit, realgar, yashma, nefrit va boshqalar haqidagi ma’lumotlar berilgan.
Yaponiya va Sharqiy Xitoy dengizlaridagi orollarda tez - tez sodir bo‘lib turadigan zilzilalar mahalliy aholini juda qiziqtirgan va bu hodisani o‘rganish uchun 132 inchi yilda Chjan Xen birinchi bo‘lib eng oddiy seysmograf ixtiro qilgan. Qadimgi yunonlar Yerni atrofi suv bilan o‘ralgan tekis doira shaklidagi jism deb tushunganlar. Yunonistonda ilmiy asoslangan tushunchalarga ega bo‘lgan olimlar yetilib chiqqan. Ular dunyoning tuzilishi va tabiat hodisalari haqida turli fikrlarni qo‘rqmay aytishgan. Bular Fales (eramizdan avvalgi VII- VI - asrlar), Gyeraklit (eramizdan avvalgi VI - asr), Dyemokrit (eramizdan avvalgi V- IVasrlar), Empedokl (eramizdan avvalgi V -asr) va boshqalardir. Ular tabiatdagi barcha hodisa va jarayonlarning sabablarini xudoga emas, balki tabiatdagi muayyan kuchlarga, uning o‘ziga xos qonuniyatlariga bog‘lab tushuntirgan. Bu fikrlar diniy qarashlarga butunlay zid bo‘lgan.
Bu o‘sha vaqtda qurila boshlagan ilm - fanning ulug‘ binosiga qo‘yilgan birinchi g‘ishtlar edi. Gyerodot (eramizdan avvalgi 484 - 466 yillar) Misr yerining paydo bo‘lishi tarixini yozgan. U Misr o‘tmishda O‘rta yer dengizining Efiopiyagacha cho‘zilgan akvatoriyasining keyingi vaqtlarda quruqlikka aylangan qo‘ltig‘i ekanligini shu yerdagi tog‘larda topilgan dengiz chig‘anoqlarining qoldiqlari hamda boshqa daliliy ashyolar bilan isbotlab bergan. Yunon olimi Arastu ham (eramizdan avvalgi 384 - 322 yy.) geologiya fanining rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shgan. Mashhur geograf Strabon quruqlikda dengiz chig‘anoqlarining topilish sabablarini tushuntirib, yerning dengiz tagidagi qismi harakat qilib ko‘tarilishi va cho‘kishi natijasida orollar, hatto materiklarning hosil bo‘lishini ko‘rsatib o‘tgan. Sitsiliya bir zamonlar Apennin yarimoroli bilan qo‘shilganligi to‘g‘risida fikr bildirgan. U bu yerdagi vulkan harakatlari yer po‘stining tik harakat qilishi natijasi deb tushuntirgan.
Aleksandriya olimlari astronomiyanining taraqqiyotiga muhim hissa qo‘shgan. Aristarx Samosskiy (eramizdan avvalgi 320 - 250 yy.) va uning zamondoshlari Quyosh va Oyning kattaligini o‘lchashga uringanlar. Dunyoning markazi Yer emas, balki Quyoshdir, Yer Quyosh atrofida aylanadi deb taxmin qilganlar. Ularning bunday qarashlari Nikolay Kopernik g‘oyasidan (XVIII asr) oldin bayon etilgan. Abu Rayxon Byeruniy o‘zining arab tilida yozgan bir qator asarlarida Yer, minerallar, ma’danlar, geologik jarayonlar to‘g‘risida juda ajoyib fikrlarni yozib qoldirgan. Byeruniy yerning dumaloqligiga ishonish bilan birga uning kattaligini ham birinchilar qatorida aniqlagan. Olimning astranomik risolasidagi sxematik xaritasi Eski Dunyoni yaxshi bilganligidan dalolat beradi. Byeruniyning bu sohadagi ishlari g‘arb geografiyasidan oldinda turgan. Byeruniy o‘sha vaqtdagi o‘zining xaritasiga afsonaviy davlatlar va Kaspiybo‘yi mamlakatlarini joylashtirmaydi, balki Xorazm va Hindistonning geologiyasini tavsiflashga urinib, oqar suvlar faoliyati haqidagi ilmiy fikrlarini aniq ifodalab bergan.


Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin