Tarixiy ma'lumotlar Qoraqalpog`iston Respublikasi



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix27.07.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#137619
Tarixiy ma\'lumotlar



Tarixiy ma'lumotlar
Qoraqalpog`iston Respublikasi
Muqaddas Vatanimiz – O`zbekiston Respublikasi o`zining 27 yillik mustaqil rivojlanish 
yillarida asrlarga teng yo`lni bosib o`tdi. Tarixan qisqa bu davrda shahar va 
qishloqlarimiz, butun yurtimiz qiyofasi, jamiyatimizdagi ijtimoiy-siyosiy munosabatlar 
butunlay o`zgardi. Hayotimizning barcha soha va tarmoqlarida barqaror o`sish sur`atlari 
kuzatilmoqda. Eng muhimi, xalqimiz qalbida o`z yurtiga egalik hissi, shu ulug` Vatanning 
bugungi va ertangi kuni uchun mas`uliyat va daxldorlik tuyg`usi ortib, uning ongu 
tafakkuri va dunyoqarashi yuksalib bormoqda.
Mustaqillik yillari butun mamlakatimizga, har bir hudud va mintaqaga bunyodkorlik va 
yangilanishlar boshlab kelganining tasdig`ini O`zbekistonimizning shimoliy qismida 
joylashgan Qoraqalpog`iston Respublikasi misolida ham yaqqol ko`rish mumkin.
Ma`lumki, saxovatli va betakror qoraqalpoq diyori mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojida alohida o`rin tutadi. Bu haqda so`z yuritganda, Muhtaram Birinchi Prezidentimiz 
Islom Abdug`anievich Karimovning “Qoraqalpoq xalqi doimo yurtimizning tayanch 
tog`laridan hisoblangan” degan so`zlarini esga olish o`rinlidir.
Shuning 
uchun 
ham 
mustaqillik 
yillarida 
boshqa 
mintaqalarimiz 
qatori 
Qoraqalpog`istonning rivojlanishiga ham ulkan e`tibor berilmoqda. Aynan ana shunday 
e`tibor tufayli bugungi kunda respublika poytaxti – Nukus shahridan boshlab, tumanlar 
markazlari, shahar va qishloqlar, hatto chekka ovullargacha har tomonlama o`zgarib, 
rivojlanib bormoqda. Bunda, ayniqsa, davlatimiz rahbari Shavkat Miromoniovich Mirziyoev
ning bevosita tashabbusi bilan ishlab chiqilib, izchil amalga oshirilayotgan 
Qoraqalpog`iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari muhim 
ahamiyat kasb etmoqda. Aytish kerakki, bu dasturlar respublikani asrlar davomidagi 
oddiy agrar o`lkadan zamonaviy ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmalar, 
transport-kommunikatsiya tarmoqlari, yuksak malakali kadrlarga ega bo`lgan qudratli 
mintaqaga aylantirishni nazarda tutadi.
Dasturlarning bosqichma-bosqich hayotga tadbiq etilishi natijasida qoraqalpoq zamini 
bugungi kunda tanib bo`lmas darajada o`zgarib, yildan-yilga chiroy ochib, barqaror 
sur`atlarda rivojlanib borayotgan diyorga aylandi.
Mustaqillik yillarida bu zaminda amalga oshirilgan ulkan iqtisodiy-ijtimoiy o`zgarishlar, 
qurilish va obodonchilik ishlarini sanab adog`iga etib bo`lmaydi. O`rta Osiyoda yagona 


bo`lgan, sahro bag`ridagi mo``jiza deb nom olgan Qo`ng`irot soda zavodi, Ustyurt gaz-
ximiya kompleksi, Nukus polimer, Samsung-Nukus, Nukus elektroapparat, «Lanextrakt» 
qospa kәrxanasы, «Nukus Med Tex» MChJ, «Tөrtkүl shiyshe ыdыslarы» MChJ,
Xo`jayli shisha zavodi, “Markaziy Osiyo bezak toshlari” qo`shma korxonasi, 
Qo`ng`irotdagi karbid, Nukusdagi marmar va kabel` zavodlari, O`rga gaz koni, “Elteks” 
va “Kateks” majmualari kabi zamonaviy ishlab chiqarish ob`ektlari, Qoraqalpog`iston 
Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nukus 
filiali, Olimpiya zaxiralari kolleji binolari, 345 kilometrlik Navoiy – Nukus temir yo`li, 
Nukus bilan Xo`jaylini bog`laydigan ulkan ko`prik, Qo`ng`irot avtomobil` yo`li, o`nlab 
umumta`lim maktablari va maktabgacha ta`lim muassasalari, litsey va kollejlar, bolalar 
sporti, bolalar musiqa va san`at maktablari singari ko`plab inshootlar – bularning 
barchasi istiqlol mevasidir.
Milliy avtomagistral qurilishida ro`y bergan ulkan voqealardan biri – bu shu yo`lning 
Nukus shahriga kiraverishida yangi ko`prik va chorraha yo`lning qurilishidir.
Shuni ham alohida ta`kidlab o`tishimiz kerak, Muhtaram Birinshchi Prezidentimizning 
tashabbusi bilan tamal toshi qo`yilgan Ustyurt gaz-kimyo majmuasining qurilishi bugun 
dunyo xalqlari e`tiborini jalb etmoqda.
Eng muhimi, qoraqalpoq xalqi asrlar davomida orzu qilib, intilib kelgan ezgu maqsadiga 
etdi – ozod va erkin, tinch-osuda hayotga erishdi, o`z tarixi, madaniy merosi, milliy 
an`ana va qadriyatlarini tiklash, rivojlantirish, o`zligini anglash imkoniga ega bo`ldi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi O`zbekistonning shimoliy-g`arbiy qismida, Amudaryoning 
quyi qismi, Orol dengizining janubiy sohilida joylashgan. Respublika janubi-g`arb 
tomondan Qoraqum sahrosiga tutashgan. Uning shimoliy-g`arbida Ustyurt tekisligi, 
shimoliy-sharqiy tomonida esa Qizilqum sahrosi yastanib yotibdi. Orol dengizining 
janubiy hududi qoraqalpoq zaminida joylashgan. Qoraqalpog`istonning umumiy er 
maydoni 166,6 ming kvadrat kilometrdan iborat bo`lib, u hududining kattaligi jihatdan 
O`zbekiston Respublikasi viloyatlari o`rtasida birinchi o`rinda turadi. Respublika aholisi 
2018 yil 1 aprel holatiga 1 million 800 ming kishidan ziyoddir.
Respublikaning ma`muriy-hududiy tuzilmasi 15 ta tuman va 1 ta shahardan iborat. Bular 
Amudaryo, Beruniy, Qorao`zak, Kegeyli, Qo`ng`irot, Qonliko`l, Mo`ynoq, Nukus, 
Taxtako`pir, To`rtko`l, Xo`jayli, Taxiyotosh, Chimboy, Sho`manoy, Ellikqal`a tumanlari 
va Nukus shahridir.
Qoraqalpog`iston O`zbekiston Respublikasi tarkibidagi parlament boshqaruv shakliga 
ega bo`lgan suveren respublikadir. Qoraqalpog`iston o`z Konstitutsiyasi, bayrog`i, gerbi 
va gimniga ega. Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari O`zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan. Respublikada 
umumiy rahbarlik Jo`qorg`i Kenges Raisi – Qoraqalpog`iston Respublikasi parlamenti


Raisi tomonidan amalga oshiriladi.
Respublikaning oliy ijroiya hokimiyati Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi 
tomonidan tasdiqlangan Vazirlar Kengashi hisoblanadi. Respublika Vazirlar Kengashi 
tarkibiga Kengashining Raisi, Raisning o`rinbosarlari, vazirlar, davlat qo`mitalari raislari, 
yirik kontsern va birlashmalar rahbarlari kiradi. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar 
Kengashining 
Raisi 
o`z 
vazifasiga 
ko`ra 
O`zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasining tarkibiga kiradi. O`zbekiston Respublikasi poytaxti Toshkent shahrida, 
O`zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasi 
huzurida 
Qoraqalpog`iston 
Respublikasining doimiy vakolatxonasi faoliyat ko`rsatadi.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin