Tarixiy ma'lumotlar



Yüklə 9,86 Kb.
tarix07.05.2023
ölçüsü9,86 Kb.
#109156
Tarixiy ma\'lumotlar

Tarixiy ma'lumotlar


Qoraqalpog`istonRespublikasi
Muqaddas Vatanimiz – O`zbekiston Respublikasi o`zining 27 yillikmustaqil rivojlanishyillarida asrlarga teng yo`lni bosib o`tdi. Tarixan qisqa bu davrda shahar vaqishloqlarimiz, butun yurtimiz qiyofasi, jamiyatimizdagi ijtimoiy-siyosiymunosabatlar butunlay o`zgardi. Hayotimizning barcha soha va tarmoqlaridabarqaror o`sish sur`atlari kuzatilmoqda. Eng muhimi, xalqimiz qalbida o`zyurtiga egalik hissi, shu ulug` Vatanning bugungi va ertangi kuni uchunmas`uliyat va daxldorlik tuyg`usi ortib, uning ongu tafakkuri va dunyoqarashiyuksalib bormoqda.
Mustaqillik yillari butun mamlakatimizga,har bir hudud va mintaqaga bunyodkorlik va yangilanishlar boshlab kelganiningtasdig`ini O`zbekistonimizning shimoliy qismida joylashgan Qoraqalpog`istonRespublikasi misolida ham yaqqol ko`rish mumkin.
Ma`lumki, saxovatli va betakror qoraqalpoqdiyori mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojida alohida o`rin tutadi. Bu haqda so`z yuritganda,Muhtaram Birinchi Prezidentimiz IslomAbdug`anievich Karimovning “Qoraqalpoq xalqi doimo yurtimizning tayanchtog`laridan hisoblangan” degan so`zlarini esga olish o`rinlidir.
Shuning uchun ham mustaqillik yillaridaboshqa mintaqalarimiz qatori Qoraqalpog`istonning rivojlanishiga ham ulkane`tibor berilmoqda. Aynan ana shunday e`tibor tufayli bugungi kunda respublikapoytaxti – Nukus shahridan boshlab, tumanlar markazlari, shahar va qishloqlar,hatto chekka ovullargacha har tomonlama o`zgarib, rivojlanib bormoqda. Bunda, ayniqsa, davlatimizrahbari ShavkatMiromoniovich Mirziyoevningbevosita tashabbusi bilan ishlab chiqilib, izchil amalga oshirilayotganQoraqalpog`iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarimuhim ahamiyat kasb etmoqda. Aytish kerakki, bu dasturlar respublikani asrlardavomidagi oddiy agrar o`lkadan zamonaviy ishlab chiqarish vaijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmalar, transport-kommunikatsiya tarmoqlari, yuksakmalakali kadrlarga ega bo`lgan qudratli mintaqaga aylantirishni nazarda tutadi.
Dasturlarning bosqichma-bosqich hayotgatadbiq etilishi natijasida qoraqalpoq zamini bugungi kunda tanib bo`lmasdarajada o`zgarib, yildan-yilga chiroy ochib, barqaror sur`atlarda rivojlanibborayotgan diyorga aylandi.
Mustaqillik yillarida bu zaminda amalgaoshirilgan ulkan iqtisodiy-ijtimoiy o`zgarishlar, qurilish va obodonchilikishlarini sanab adog`iga etib bo`lmaydi. O`rta Osiyoda yagona bo`lgan, sahrobag`ridagi mo``jiza deb nom olgan Qo`ng`irot soda zavodi, Ustyurt gaz-ximiya kompleksi,Nukus polimer, Samsung-Nukus, Nukus elektroapparat, «Lanextrakt» qospa kәrxanasы, «Nukus Med Tex» MChJ, «Tөrtkүl shiyshe ыdыslarы» MChJ, Xo`jaylishisha zavodi, “Markaziy Osiyo bezak toshlari” qo`shma korxonasi,Qo`ng`irotdagi karbid, Nukusdagi marmar va kabel` zavodlari, O`rga gaz koni,“Elteks” va “Kateks” majmualari kabi zamonaviy ishlab chiqarish ob`ektlari,Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi, Toshkent axborottexnologiyalari universitetining Nukus filiali, Olimpiya zaxiralari kollejibinolari, 345 kilometrlik Navoiy – Nukus temir yo`li, Nukus bilan Xo`jaylinibog`laydigan ulkan ko`prik, Qo`ng`irot avtomobil` yo`li, o`nlab umumta`limmaktablariva maktabgacha ta`limmuassasalari, litsey va kollejlar,bolalar sporti, bolalar musiqa va san`at maktablari singari ko`plab inshootlar– bularning barchasi istiqlol mevasidir.
Milliy avtomagistral qurilishida ro`ybergan ulkan voqealardan biri – bu shu yo`lning Nukus shahriga kiraverishidayangi ko`prik va chorraha yo`lning qurilishidir.
Shuni ham alohida ta`kidlab o`tishimizkerak, Muhtaram Birinshchi Prezidentimizning tashabbusibilantamal toshi qo`yilgan Ustyurt gaz-kimyo majmuasining qurilishi bugun dunyoxalqlari e`tiborini jalb etmoqda.
Eng muhimi, qoraqalpoq xalqi asrlardavomida orzu qilib, intilib kelgan ezgu maqsadiga etdi – ozod va erkin,tinch-osuda hayotga erishdi, o`z tarixi, madaniy merosi, milliy an`ana vaqadriyatlarini tiklash, rivojlantirish, o`zligini anglash imkoniga ega bo`ldi.
Qoraqalpog`iston RespublikasiO`zbekistonning shimoliy-g`arbiy qismida, Amudaryoning quyi qismi, Oroldengizining janubiy sohilida joylashgan. Respublika janubi-g`arb tomondanQoraqum sahrosiga tutashgan. Uning shimoliy-g`arbida Ustyurt tekisligi,shimoliy-sharqiy tomonida esa Qizilqum sahrosi yastanib yotibdi. Oroldengizining janubiy hududi qoraqalpoq zaminida joylashgan. Qoraqalpog`istonningumumiy er maydoni 166,6 ming kvadrat kilometrdan iborat bo`lib, u hududiningkattaligi jihatdan O`zbekiston Respublikasi viloyatlari o`rtasida birinchio`rinda turadi. Respublikaaholisi 2018 yil 1aprel holatiga 1 million 800 ming kishidan ziyoddir.
Respublikaning ma`muriy-hududiy tuzilmasi15ta tuman va 1 ta shahardan iborat. Bular Amudaryo, Beruniy, Qorao`zak, Kegeyli,Qo`ng`irot, Qonliko`l, Mo`ynoq, Nukus, Taxtako`pir, To`rtko`l, Xo`jayli,Taxiyotosh,Chimboy, Sho`manoy, Ellikqal`a tumanlari va Nukus shahridir.
Qoraqalpog`iston O`zbekiston Respublikasitarkibidagi parlament boshqaruv shakliga ega bo`lgan suveren respublikadir.Qoraqalpog`iston o`z Konstitutsiyasi, bayrog`i, gerbi va gimniga ega.Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyasi vaqonunlari O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiqishlab chiqilgan. Respublikada umumiy rahbarlik Jo`qorg`i Kenges Raisi –Qoraqalpog`iston Respublikasi parlamenti Raisitomonidan amalga oshiriladi.
Respublikaning oliy ijroiya hokimiyatiQoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi tomonidan tasdiqlangan VazirlarKengashi hisoblanadi. Respublika Vazirlar Kengashi tarkibiga KengashiningRaisi, Raisning o`rinbosarlari, vazirlar, davlat qo`mitalari raislari, yirikkontsern va birlashmalar rahbarlari kiradi. Qoraqalpog`iston RespublikasiVazirlar Kengashining Raisi o`z vazifasiga ko`ra O`zbekiston RespublikasiVazirlar Mahkamasining tarkibiga kiradi. O`zbekiston Respublikasi poytaxtiToshkent shahrida, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridaQoraqalpog`iston Respublikasining doimiy vakolatxonasi faoliyat ko`rsatadi.
Yüklə 9,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin