Mustaqil ishlar buyicha ko‘rsatma va tavsiyalar
“Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish” fani bo‘yicha talabaning mustakil ta’limi shu fanni o‘rganish jarayonining tarkibiy qismi bo‘lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to‘la ta’minlangan.
Talabalar auditoriya mashg‘ulotlarida professor - o‘kituvchilarning ma’ruzasini tinglaydilar, misol va masalalar echadilar, tajriba mashg‘ulotida natijalar olib hisobot tayyorlaydilar. Auditoriyadan tashkarida talaba darslarga tayyorlanadi, adabiyotlarni konspekt qiladi, uy vazifa sifatida berilgan misol va masalalarni echadi. Bundan tashqari ayrim mavzularni kengrok o‘rganish maksadida ko‘shimcha adabiyotlarni o‘qib referatlar tayyorlaydi hamda mavzu bo‘yicha internet tarmog‘idan foydalanib yangi ma’lumotlar oladi. Mustaqil ta’lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi.
Uyga vazifaparni bajarish, qo‘shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni mustakil o‘rganish, kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni topish yo‘llarini aniklash, internet tarmoklaridan foydalanib ma’lumotlar to‘plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to‘garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va ma’ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chukurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. SHuning uchun ham mustakil ta’limsiz o‘kuv faoliyati samarali bo‘lishi mumkin emas.
Uy vazifalarini tekshirish va baholash amaliy mashg‘ulot olib boruvchi o‘kituvchi tomonidan, konspektlarni va mavzuni o‘zlashtirish darajasini tekshirish va baholash esa ma’ruza darslarini olib boruvchi o‘kituvchi tomonidan har darsda amalga oshiriladi.
Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarining mavzulari:
1. Kaskadli avtomatik rostlash sistemalari.
2. Optimal boshqarish.
3. Optimallik mezonlari.
4. Kechikishli obektlarni rostlash.
5. Nostatsionar obektlarni rostlash.
6. Kombinatsiylashgan avtomatik rostlash sistemalari.
7. Kimyoviy reaktorlardarda jarayonlarni rostlash.
8. Issiklik jarayonlarni roslash.
9. Modda almashinish jarayonlarini rostlash.
10. Rektifikatsion kurilmalarni avtomatlashtirish.
11. Neftni qayta ishalsh jarayonlarini avtomatlashtirish.
12. Obekt holatini optimal baholash.
13. Adabtiv avtomatik rostlash sistemalari.
14. Ekstrimal avtomatik rostlash sistemalari.
“Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish” fanidan talabalar bilimini baholash mezoni
Ushbu Nizom O’zbekiston Res’ublikasi Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligining 2018 yil «9» avgustdagi № 19-2018-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan «Oliy ta`lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to’g’risidagi nizomini tasdiqlash haqida»gi buyrug’i bilan tasdiqlangan Oliy ta`lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to’g’risidagi nizomi asosida ishlab chiqildi.
Dostları ilə paylaş: |