Tarjimon: Shahnoza Qahhorova



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/65
tarix22.09.2023
ölçüsü1,69 Mb.
#146901
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
Ishqqa oid qirq qoida [@kitoblar pdf]

«Mening yoqimtoy 
Ellamga - yuvosh xarakterli, keng fe'lli va 
farishta kabi sabru toqatli ayolga. Meni 
bo'lganimcha qabul qilganing uchun senga 
rahmat. Mening xotinim bo'lganing uchun 
senga rahmat. Sening Deviding» 
degan yozuv 
yozdirilgan edi. 
Ella Devidga aytmasa hamki, ushbu yozuvni 
o'qiganida o'zi uchun yoziladigan nekrolog 
(ta'ziyanoma)ni ko'rganday bo'lgan edi. «Men 
o'lganimda mana shunday yozishar ekanda», 
deb o'ylagan edi u. Agar haqqoniy bo'lsalar, 
yana bir necha jumlani qo'shishlari mumkin 
edi: 
«Ella o’z hayotini eri va farzandlariga parvona 
bo'lib yashash bilangina o'tkazdi va o'z holicha 
yashash nimaligini unutdi. U oqimga qarshi 
suzadiganlardan bo'lmagan edi. Hatto 
damlaydigan qahvasining navini almashtirish 
ham uning uchun deyarli qahramonlikday 


bo'lar edi».
Va hech kim, hatto Ellaning o'zi ham, nima 
uchun 2008 yilning oxirlariga kelib yigirma 
yillik nikohdan keyin, ajrashish uchun ariza 
berganini tushuna olmadi. 
Sababi sevgi edi. 
Ular (sevishlaridan oldin) boshqa-boshqa 
shaharlarda yashayotgan edilar. Hattoki boshqa 
qit'alarda edilar. Ularni nafaqat oralaridagi 
masofa ajratardi, ularning o'zlari ham xuddi tun 
bilan kun kabi juda har xil edilar. Ularning 
hayotiy prinsiplari shu darajada turlicha ediki, 
bir-birlarini yaxshi ko'rish u yoqda tursin, hatto 
bir-birlarining yonlarida turishga ham toqat 
qila olmas darajada edilar. Lekin bo'lar ish 
bo'ldi. Va bu shunchalar tez sodir bo'ldiki, 
Ellaning uni anglash va undan himoyalanish 
uchun vaqti ham bo'lmadi, agar sevgidan 
himoyalanish mumkin bo'lsa, albatta. 
Sevgi Ellaning yuragiga tom ma'noda yorib 
kirgan edi - uning sokin hayot ko'liga 
qaerdandir to'satdan va hech qanday takallufsiz 


otilgan tosh kabi edi u. 
Ella 
2008 yil, 17 may, Nortgempton.
Oshxona derazasi ortida bahor quyoshi nur 
sochib turgan tongda qushlar baralla sayrashar 
edi. Keyinchalik Ella (o'z hayotida) sodir 
bo'lgan bu hodisani xayolan juda ko'p marta 
miridan-sirigacha qayta tiklashga urinarkan, 
oxir-oqibat bu uning uchun endi xotira bo'lmay 
qoldi va uni davom etayotganday his etadigan 
bo'ldi. 
Yakshanba kuni odatda birgalikda va kechroq 
qilinadigan nonushtaga butun oila a'zolari 
xursandchilik bilan yig'ilib, stol atrofiga 
joylashgan edilar. Eri o'z likopchasiga 
qovurilgan tovuq oyog'ini soldi. Avi pichoq va 
sanchqini o'ynatar edi, uning egizak singlisi 
Orli esa - kuniga 650 kaloriyadan iborat - o'z 
parhezini buzmaslik uchun yutayotgani har 
bitta luqumini sanab o'tirar edi. Yaqinlaridagi 


Maunt-Xoliok Kollejining birinchi kursida 
o'qiyotgan Janet nonga qaymoqli pishloq 
surtardi va o'z xayollari g'arq bo'lib ketganday 
ko'rinardi. Uning yonida qarindoshlarining o'zi 
pishirgan mashhur marmar torti bilan siylash 
uchun kelgan, keyin ular bilan birga nonushta 
qilishga qolgan Ester xola o'tirar edi, Ella 
bugunga juda ko'p ishlarni 
rejalashtirgan edi, shunga qaramay u stoldan 
turishga shoshmay o'tirardi. Keyingi paytlarda 
butun oila yig'ilib, bir stol atrofida o'tiradigan 
hollar uncha ko'p bo'lmayotgan edi va Ella 
oilani birlashtiradigan bunday qulay 
imkoniyatni boy bermaslik kerak, deb 
hisoblardi. 
- Ester, Ella senga bir ajoyib yangiligi borligini 
aytdimi? - so'radi dabdurustdan Devid. - U 
o'ziga ajoyib ish topdi. 
Garchi Ellaning ingliz adabiyoti bo'yicha 
bakalavrlik darajasi bor va o'qishni juda yaxshi 
ko’rsa hamki, kollejni bitirganidan keyin 
ishlari uncha yaxshi yurishmagan edi: ayollar 


jurnallarida nashr etish uchun yoziladigan 
kichik-kichik maqolalarni tahrir etish, kam 
sonli kitob klublari bilan hamkorlik qilish va 
onda-sonda mahalliy gazetalar uchun 
resenziyalar yozib turishdan nariga o'ta 
olmagan edi. Bir vaqtlar esa Ella taniqli 
tanqidchi bo'lishni orzu qilgan edi, keyin hayot 
unga boshqa yo'l tanlaganini tan oldi va son-
sanoqsiz uy ishlariga butkul g'arq bo'lib ketgan 
onaga aylandi. 
Uch bolaning onasi, erli xotin, iti va uy 
xizmatchisi bor ayol sifatida u bir on ham tinim 
bilmas edi. Baxtiga tirikchilik uchun pul topish 
tashvishi ham yo'q edi. To'g'ri, Smit Kollejida 
u bilan birga o'qigan dugonalari Ella tanlagan 
yo'lni ma'qullamas edilar, lekin uning o'zi uy 
ishlari bilan astoydil shug'ullanar va eri bilan 
birgalikda erishgan barcha narsalar uchun 
taqdiridan xursand edi. Boz ustiga kitob 
o'qishni hamon juda sevardi. 
Ammo keyingi bir necha yil mobaynida 
Ellaning hayoti o'zgara boshlagan edi. Bolalari 


ulg'aya boshlagan va onalarining tinimsiz 
sarvarishiga muhtoj emasliklarini anglatishga 
urina boshlagan edilar. Bo'sh vaqti ko'paygani 
uchun Ella endi ish topishga harakat qilsa, 
to'g'ri bo'lishini o'ylab qolgan edi. Devid 
xotinini qo'llab-quvvatladi. To'g'risi, bu haqida 
qancha kup gaplashilgan bo'lsa hamki, u 
unchalik shoshilmas, ishga takliflar ham uncha 
ko'p tushmas edi. Taklif tushib, suhbatdan 
o'tish vaqti kelganda esa, ish beruvchilarga 
yoshroq va tajribaliroq kimdir kerak ekani 
ma'lum bo'lar edi. O'zining rad etilishlaridan 
sarosimaga tushgan va biroz qo'rqqan Ella ish 
qidirishdan voz kechib qo'ya qolgan va bu 
ishlarning hammasini yig'ishtirib, o'z holiga 
tashlab qo'ygan edi. 
Shunga qaramasdan 2008 yilning may oyida, 
o'zining qirq yoshga to'lishidan oldin u birdan 
markaziy idorasi (ofisi) Bostonda joylashgan 
adabiyot agentligidan taklif olgan edi. Aslida 
esa eri o'z klientlaridan biri vositasida, bu 
uning jazmanlaridan biri bo'lsa ham ajabmas, 


unga shu ishni topib bergan edi. 
- E, yo'q, bu shunchaki, uncha arzirli ham 
emas, - tushuntira boshladi Ester xolaga Ella. - 
Men faqat adabiyot agenti uchun o'qiyman, 
xolos, u ham bo'lsa, to'liq ish kunini 
qamramaydi. 
Lekin Devid Ellaning o'z ishini kamsitishga 
urinishiga qat'iyan yo'l qo'ymadi. 
- Yo'q, bu taniqli agentlik, - uqtirdi u xotinini 
qo'zg'atishga harakat qilar ekan va bundan 
natija chiqmaganidan keyin, o'zi tushuntirishda 
davom etdi. - Bu boobro' ish, Ester. Boshqa 
assistentlarni ham ko'rsangiz edi! Hammalari 
eng yaxshi kollejlarni bitirishgan! Faqatgina 
Ella ko'p yil uyda o'tirib qolgan. Endi esa uning 
ham tuzukkina obro'si bo'ladi! 
«Nahotki eri yuragining tub yerida uning 
karera qila olmaganida o'zini aybdor hisoblar 
ekan?» deb o'yladi Ella. Yoki vijdoni uni o'z 
xotiniga qilgan xiyonatlari uchun tinchlik 
bermayaptimikin? Uning bu ishda nega 
bunchalik tashabbus ko'rsatayotganining 


sababini u boshqacha tushuna olmas edi. 
- Men buni dadillik deb atayman. Biz onamiz 
bilan faxrlanamiz, - kulimsirab, o'z gapini 
yakunladi Devid. 
U maqsadiga yetadi. U har doim shunaqa 
bo'lgan, - dedi Ester xola hayajon bilan, 
nazdida jiyani hoziroq stoldan turadiganday va 
o'z qarindoshlarini butunlay tashlab chiqib 
ketadiganday edi. 
Hammalari Ellaga mehrli nigoh bilan qarab 
turardilar. Hatto Avi ham istehzoli gap 
qilishdan o'zini tiyib turardi, o'zining tashqi 
qiyofasidan boshqasi xayoliga 
keltirolmaydigan Orli ham o'ylab qolgan edi. 
Ella bu onlarni yuqori baholadi, lekin 
ajablanarlisi, birdan avvallari o'ziga notanish 
bo'lgan cheksiz bo'shliq borligini his etdi. U 
stol atrofida boshlangan bu suhbat mavzusini 
kimdir o'zgartirishini istab qolgandi. 
Ellaning katta qizi Janet xuddi uni eshitganday, 
to'satdan gapga aralashdi: 
- Menda ham yaxshi yangilik bor. 


Hamma o'girilib unga qaradi... 
- Biz Skott bilan turmush qurishga ahd qildik, - 
e'lon qildi Janet. - O, nima demoqchi 
bo'layotganingizni tushunib turibman! Biz hali 
yoshmiz, hali kollejni ham bitirmaganmiz va 
hokazolar. Lekin biz ikkimiz ham o'zimizning 
bunday o'zgarishga tayyor his etayotganimizni 
tushunishingiz kerak. 
Oshxonadagi stol atrofiga og'ir jimlik cho'kdi. 
Hozirgina hammalarini birlashtirgan iliqlik va 
mehribonlik tuyg'usi bir zumda o'chdi. Orli 
bilan Arli bir-birlariga hayron nigoh tashlashdi, 
Ester xola esa olma sharbati solingan stakanni 
qo'lida siqqanicha toshday qotdi. Devid 
ishtahasi xippa bo'g'ilgan kabi sanchqisini 
qo'ydi va och rangli qo'y ko'zlarini qisib 
Janetga shunday tikilib qaradiki, burchaklarida 
kulimsiragandagi kabi chuqur ajinlar paydo 
bo'ldi. Lekin u kulmayotgan edi. Yuzi xuddi 
bir ho'plam sirkani ichib yuborgan kabi 
bujmayib ketgan edi. 
- Qoyil-e! Men bo'lsam xursand bo'lasizlar, deb 


umid qilgandim, buning o'rniga muzdekkina 
dush qabul qilgandek bo'ldim, - dedi 
cho'zilibgina Janet. 
- Sen hozirgina turmushga chiqmoqchiman 
deding, - dedi Devid qizi aytgan xabarni unga 
eslatganday. 
- Dada, biz biroz shoshayotganimizni bilaman, 
lekin kecha Skott menga nikohdan o'tishni 
taklif qildi va men rozi bo'ldim. 
- Lekin nima uchun? - so'radi Ella. 
Ella Janetning nigohidan o'zining butunlay 
boshqacha savol bergan bo'lishi kerakligini 
angladi. 
- Chunki men uni sevsam kerak, deb 
o'ylayman, - yosh bolaga tushuntirganday 
homiylarcha ohangda javob berdi Janet. 
- Azizam, men nima uchun bunchalik 
shoshilinch, deb so'ramoqchi edim? - 
tushuntirdi Ella. - Sen homiladormisan? 
Ester xola stulda tinmay qimirlardi, hamma 
uning xijolat chekayotganini his etdi. Birozdan 
keyin u cho'ntagidan kislotalanishga qarshi 


tavsiya etilgan tabletkasini oldi va chaynay 
boshladi. 
- Men tog'a bo'lar ekanman, - hiringladi Avi. 
Ella Janetning qulini ushladi va uni mayingina 
siladi. 
- Sen bizga to'g'risini aytishing mumkin. Sen 
axir buni bilasan, to'g'rimi? Nimaiki sodir 
bo'lmasin, biz sening tarafingdamiz. 
- Oyi, iltimos, bas qiling, - dedi uni kesib Janet, 
qo'lini tortib olarkan. - Hech qanday 
homiladorlik yo'q. Siz meni gangitib 
tashladingiz-ku! 
- Men senga yordam bermoqchiman, xolos, - 
bosiqlik bilan dedi Ella, garchi bu uncha oson 
kechmayotgan esada. 
- Meni shu zayl xafa qilib, yordam 
bermoqchimisiz? Biz Skott bilan faqatgina shu 
sababdan turmush qurmoqchi bo'lishyapti, deb 
o'ylayotganingiz ochiq-oydin ko'rinib turipti! 
Kallangizga men uni qattiq sevganim uchun bu 
yigitga turmushga chiqishni istayotganim 
haqidagi xayol kelmadimi? Biz sakkiz oydan 


buyon uchrashib yuribmiz. 
Ella o'zini kinoyali kulgudan to'xtata olmadi: 
- Ha, albatta, sakkiz oy-a! Va sen uni endi 
o'zingni besh barmog'ingday yaxshi bilib 
olding. Mana biz dadang bilan yigirma yil 
birga yashadik va haligacha bir-birimizni 
unchalik tushunmadik. Sakkiz oy - jiddiy 
munosabatlar o'rnatish uchun juda qisqa 
muddat! 
- Xudo dunyoni olti kunda yaratgan, - oraga 
suqildi Avi, lekin qarindoshlarining sovuq 
qarashlarini ko'rib jim bo'ldi. 
Devid oradagi tarang vaziyat tobora o'sib 
borayotganini his etarkan, katta qizidan 
ko'zlarini uzmay o'tirardi. 
- Jonginam, - qovog'ini uygancha dedi u, - 
oying faqat uchrashib turish boshqa, turmush 
qurib yashash butunlay boshqa narsalar ekanini 
aytmoqchi edi. 
- Lekin, dada, biz bir umr uchrashib turishimiz 
kerak, deb o'ylamassiz axir? 
- Ochig'ini aytsam, - dedi og'ir xo'rsinib Ella, - 


biz seni boshqa birov bilan topishishingni 
istardik. Jiddiy munosabatlar qurish uchun 
ikkingiz ham juda yoshlik qilasiz. 
- Men hozir nimani o'ylab qolganimni sizga 
aytaymi, oyi? - dedi Janet odatdagi quvnoq 
ovoziga sira o'xshamaydigan g'amgin ovozda. - 
Siz o'z qo'rquvlaringiz haqida gapiryapsiz, deb 
o'ylab qoldim. Biroq agar siz juda yosh 
turmushga chiqqan va hozirgi mening 
yoshimda meni tuqqan bo'lsangiz, bu mening 
ham siz kabi xato ish qilayotganimni 
bildirmaydi. 
Ellaning yuzi qizi go'yo yuziga tarsaki 
tushirganday qizarib ketdi. U o'zining 
muddatdan oldin tug'ruq bilan tugagan og'ir 
ko'targan homiladorlikni hamon unutmagan 
edi. Keyin esa bu bolaning parvarishi shunday 
katta kuch-quvvat talab qilgan ediki, faqat olti 
yil o'tganidan keyingina u keyingi 
homiladorlikka jur'at eta olgan edi. 
- Azizam, biz seni Skott bilan 
uchrashayotganingni bilganimizda sen uchun 


xursand bo'lgandik, - ehtiyotkorlik bilan suhbat 
taktikasini o'zgartirmoqchi bo'ldi Devid. - U 
yaxshi bola. Lekin universitetni bitirganingdan 
keyin sen qanday o'zgarishing mumkin, buni 
oldindan bilib bo'ladimi? Hamma narsa 
o'zgarib ketishi. mumkin. 
Janet go'yo uning bu gapini inobatga olganday, 
ohista bosh silkib qo'ydi. 
- Skott yahudiy bo'lmagani uchun shunday 
deyapsizlarmi? 
Qizining so'zlariga ishonmay, Devidning 
ko'zlari chaqchayib ketdi. U hamisha o'zining 
erkin qarashlari bilan g'ururlanardi va irqchilik, 
dinlar, jinslar orasidagi tenglik va shu kabi 
masalalar haqida gap ketganda o'zini doimo 
olib qochar edi. 
Lekin Janet qat'iyatli edi. Onasiga o'girilib 
dedi: 
- Mening ko'zimga tik qarab ayting-chi, agar 
Skott Xorun ismli yahudiy bo'lganida ham, 
sizda xuddi shunday e'tiroz bo'larmidi? 
Janetning ovozida shunchalar katta alam va 


kinoya bor ediki, Ella hatto uning yuragida 
nimalar kechayotgani haqida o'ylashga ham 
qo'rqardi. 
- Jonginam, garchi bu senga yoqmasa ham, 
senga chin dildan gapiray. Men yosh bo'lish, 
sevish qanchalar yoqimli ekanini bilaman. 
Ishon, men ham buni bilaman, Lekin o'z 
doirangdan bo'lmagan odamga turmushga 
chiqish juda xatarli. Biz sening ota-onang 
sifatida sen to'g'ri ish qilayotganingga ishonch 
hosil qilishni istaymiz, xolos. 
- Sizlar to'g'ri deb qisoblaydigan ishlar men 
uchun ham to'g'ri bo'ladi, deb 
hisoblaysizlarmi? 
Bu savoldan Ella bir qadar xijolat tortdi. U 
xo'rsinib qo'ydi va xuddi boshi qattiq 
og'riyotganday o'z peshonasini siladi. 
- Oyi, men uni sevaman. Siz buni biroz bo'lsa 
ham tushunasizmi? Siz «sevgi» so'zi nimani 
bildirishini esingizdan chiqarib 
qo'ymaganmisiz? Skottni ko'rgan zahotim, 
yuragim tez urib ketadi. Men usiz yashay 


olmayman. 
Ella qizining tuyg'ulari ustidan kulishni 
istamasa-da, beixtiyor kinoyali tovush bilan 
«hmm» deb yubordi. O'ziga tushunarli 
bo'lmagan allaqanday sabablarga ko'ra u qattiq 
asabiylashardi. U Janet bilan avvallari ham 
ko'p marta janjallashib turishardi, lekin bugun 
Ella odatdagidan ancha jiddiy, shu paytgacha 
o'zi uchun notanish allanima bilan to'qnash 
kelib qolganini tuydi. 
- Oyi, siz qachon bo'lmasin sevgini boshdan 
kechirganmisiz? - so'radi Janet, uning gapirish 
ohangida kamsituvchi ishora aniq jaranglab 
turardi. 
- Bas qil! Osmonlarda uchib yurganing 
yetarlidir, yerga tush endi. Sen haddan ziyod... 
- Ella kerakli so'z axtargan kabi derazaga 
qaradi. - Sen haddan ziyod romantiksan, - dedi 
nihoyat to'g'ri so'zni topib. 
- Buning nimasi yomon ekan? - xafa bo'lib 
so'radi Janet. 
«Chindan ham, romantik bo'lishning nimasi 


yomon? 
xayolan qizining gapini ma'qulladi Ella. - Bu 
nima uchun birdan mening g'ashimni keltirib 
qoldi?» O'z xayollarida paydo bo'lgan 
savollarga javob berishga ojiz qolgan Ella 
hamon bo'sh kelmasdan o'z gapida turardi: 
- Azizam, quloq sol, sen qaysi asrda 
yashayotganingni bilasanmi? Sen hozirgi 
ayollar o'zlari sevgan erkakka turmushga 
chiqmasligini bu yoshgina boshchangga quyib 
olgin. Turmush qurish vaqti-soati kelganida 
ular yaxshi ota bo'ladigan va hayotda ishonchli 
juft bo'la oladigan erkaklarni tanlaydilar. Sevgi 
yoqimli tuyg'u, lekin u keladi va ketadi ham. 
Shu gapni aytib bo'lgach, Ella eriga o'girildi. 
Eri xuddi suv ichida harakatlanayotganday 
sekinlik bilan barmoqlarini o'zaro chirmashtirdi 
va xuddi birinchi marta ko'rayotgan kabi 
xotiniga qarab qoldi. 
- Siz nima uchun bunday deyayotganingizni 
men tushunaman, - dedi Janet. - Sizni mening 
baxtimga va yoshligimga rashkingiz kelyapti. 


Siz meni bir bebaxt uy bekasiga aylantirishni 
xohlaysiz. Oyi, siz meni o'zingizga 
o'xshashimni istaysiz. 
Ella qorni ostida g'alati og'riq turganini his etdi. 
Nahotki u baxtsiz uy bekasi bo'lsa? Nikoh 
qopqoniga tushib qolgan o'rta yoshli bir 
onaxonmanmi? Nahotki farzandlari uni 
shunday qabul qilayotirlar? Eri hammi? 
Do'stlar, qo'ni-qo'shnilar-chi? U tuyqusdan 
hamma unga yashirincha achinayotganini his 
etdi va bu hissiyot shunchalar keskin ediki, 
Ellaning hatto nafasi qaytib ketayozdi. 
- Sen oyingdan kechirim so'rashing kerak, - 
dedi Devid xo'mraygancha qizi tomonga 
o'girilib qarab. 
- Mayli. Kechirim so'rashning keragi yo'q, - 
dedi Ella g'amginlik bilan. 
Janet onasiga zimdan masxaraomuz nigoh 
tashladi, stulini ortga surdi, salfetkani stolga 
otdi va oshxonadan chiqib ketdi. Orli va Avi 
ham, balki uni qo'llaganlari uchunmi yoki 
kattalarning gaplaridan zerikib ketganlari 


uchunmi, shu zahoti opalari ketidan 
ergashishdi. Ester xola esa oxirgi tabletkasini 
chaynarkan, noaniq allanimalarni valdirardi. 
Devid bilan Ella oraga cho'kkan xatarli 
taranglikni his etgancha stol atrofida 
o'tirardilar. Ella o'zini behuzur his etardi: u bu 
taranglik endi Janet bilan bog'liq emasligini 
sezib turardi. 
Devid yaqinda stolga tashlagan sanchqisini 
qo'liga olib, uni zo'raki diqqat bilan tomosha 
qila boshladi. 
- Sen sevgan odamingga turmushga chiqmagan 
ekansan, deb xulosa chiqarishim kerakmi men 
endi? 
- O, iltimos, qo'y, men mutlaqo buni nazarda 
tutmadim. 
- Unda nimani nazarda tutding? - ko'zini 
sanchqidan uzmagancha so'radi Devid. - 
Menga turmushga chiqishingni so'raganimda, 
meni sevganing uchun rozilik berganingni his 
etganday bo'lgan edim. 
- Seni sevardim... o'shanda, - deb yuborda Ella 


vaqtida o'zini to'xtata olmay qolib. 
Va qachondan boshlab meni sevmay qo'yding? 
- sovuqqonlik bilan so'rashda davom etdi 
Devid. 
Ella xuddi birinchi marta ko'rayotganday eriga 
hayron bo'lib qaradi. Men uni qachondan 
boshlab sevmay qoldim? U hech qachon 
o'ziga-o'zi bunday savolni bermagandi. U javob 
berishni istardi, lekin kerakli so'zlarni topa 
olmas edi. Ella o'zi va eri bolalar haqida emas, 
ko'proq o'zaro munosabatlari haqida tashvish 
chekishlari kerakligini yuragining tub-tubida 
anglab turardi, buning o'rniga ular hamisha 
o'zlari uchun oson bo'lgan ishni qilib kelishgan 
- o'z hayotlarini o'z holiga tashlab qo'yishgan 
edi. Mutaassib hayot o'z girdobiga tortib olgan 
edi. 
Ella o'z tabiatining bir qismiga aylanib bo'lgan, 
o'zining odatdagi holatiga aylangan hasratni 
tiyib tura olmay, yig'lab yubordi. Devid 
alamdiyda ko'rinish olib yuzini o'girdi. Ikkalasi 
ham bunday yig'idan nafratlanishardi. Devid 


Ellaning yig'isiga qanday nafrat bilan qarasa, 
Ella ham uning oldida yig'lashdan shunday 
nafratlanardi. Baxtlariga telefon qo'ng'irog'i 
jiringlab qolib, ikkisini ham keyingi savol-
javoblardan to'xtatib qoldi. 
Trubkani Devid oldi: 
- Salom... Ha, u yonimda. Hozir, shoshmay 
turing. Ella o'zini tutib olishga harakat qilib 
trubkani 
oldi va xuddi kayfiyati zo'r odam kabi gaplasha 
boshladi: 
- Ha. Bu menman. 
- Salom. Men Mishelman. Dam olish kuni 
bezovta qilayotganim uchun ikkingizdan ham 
uzr so'rayman, - sayrab ketdi yoshgina ayol 
ovozi. - Lekin kecha Stiv mendan siz bilan 
bog'lanishimni iltimos qilgan edi, mening 
esimdan chiqib ketgan ekan. Siz qo'lyozma 
ustida ishlashni boshladingizmi? 
- E... - nafasini rostladi Ella, o'z xizmat burchi 
borligi uning esiga endigina tushgan edi. 
Adabiyot agentligi tomonidan unga berilgan 


birinchi topshiriq bir yevropalik noma'lum 
yozuvchining asarini o'qib chiqish, undan 
keyin juda mufassal hisobot yozishdan iborat 
edi. 
- Unga ayting, xotirjam bo'lsin. Men o'qishni 
boshladim, - dedi yolg'on gapirib Ella. U 
birinchi vazifadayoq Mishelning hafsalasini pir 
qilishni sira istamas edi. 
- Juda soz. Sizga yoqyaptimi? 
- Ella fikrlarini yig'ib olishga harakat qilib, 
biroz jim qoldi. U hali qo'lyozmani qo'liga ham 
olmagan, uning markazida «Islom dunyosining 
Shekspiri» hisoblanuvchi mashhur mistik-shoir 
Rumiy obrazi turgan tarixiy roman ekanini 
bilardi, xolos. (Bunda gap «Devon» lirik 
falsafiy traktatining, so'fizm ta'limoti asosiy 
g'oyalarini qamrab olingan «Ma'naviy 
masnaviy» poemalarining muallifi bo'lgan 
taniqli sufiy-shoir Jaloliddin Rumiy (1207-
1273) haqida 
ketmoqda). 
- U... juda mistik ko'rinyapti, - dedi mavzuni 


tezroq yopish uchun ovoziga hazilomuz ohang 
berib. 
- To'g'ri, - dedi u shashti tushgan ovozda. - 
Menga qarang. Balki hisobot yozishingiz 
uchun sizga biz o'ylaganimizdan ko'proq vaqt 
kerakmikin... 
Shu payt Mishelning ovozi g'oyib bo'lib, 
boshqa noaniq ovozlar eshitila boshladi. 
Ella Mishelning bir vaqtning o'zida bir qancha 
ish qilayotganini - elektron pochtani 
tekshirayotganini, o'z hammualliflaridan 
birining hisobotini o'qiyotganini, sendvich 
yeyayotganini, tirnoqlarini silliqlayotganini va 
shularni qilaturib, telefonda ham 
gaplashayotganini ko'z oldiga keltirdi. 
- Eshitayapsizmi? - so'radi Mishel bir 
daqiqadan keyin. 
- Ha, ha. 
- Yaxshi. Bilsangiz edi, mening uyim naqd 
jinnixonaning o'zi. Men chiqib ketayapman. 
Shunchaki esingizda tursin, sizni uch hafta 
vaqtingiz bor. 


- Esimda, - shartta kesdi Ella, o'ziga ishongan 
odamday ko'rsatishni istar edi u.
-
Ulguraman. 
Aslida esa Ellaning o'zida qo'lyozmani 
baholashga xohishi bor yoki yo'qligiga 
unchalik ishonch yo'q edi. Boshida u 
shoshilgan va o'ziga ishongan edi. Noma'lum 
muallifning nashr etilmagan romanini birinchi 
bo'lib o'qish, garchi muallif taqdirida uncha 
katta bo'lmasa ham, har holda muayyan rol 
o'ynashi mumkinligi haqidagi fikr uni 
hayajonlantirgan edi. Endi esa diqqatini o'z 
hayotidan shunchalik uzoq bo'lgan so'fizmga 
va uzoq o'n uchinchi asrga bura olishiga 
shubhalanardi. 
Mishel uning shubhasini sezganday edi. 
- Sizni nimadir bezovta qilayaptimi? - so'radi u. 
- Javob bo'lmagach, qat'iyatliroq so'radi. Siz 
menga ochig'ini aytishingiz mumkin. 
Biroz jim turganidan keyin, Ella Mishelga 
to'g'risini aytishga qaror qildi: 
- Shunchaki men tarixiy romanga diqqatimni 


to'play olishimga unchalik ishona 
olmayapman. Rumiy va shunga oid narsalar 
men uchun qiziqarli, lekin ular menga butkul 
notanish. Balki menga boshqa biron narsani - 
oddiyroq romanni berarsiz. 
- Ishga g'alati yondoshish, - to'ng'illadi Mishel. 
- Siz tasavvur eta oladigan muhitga oid kitoblar 
bilan ishlash osonroq, deb o'ylaysizmi? 
Bo'lmagan gap! Shu shtatda yashayotganingiz 
uchun faqat Massachusetsga oid 
qo'lyozmalarni o'qishingiz kerak ekan-da. 
- Men buni nazarda tutmagandim... - dedi Ella 
va shu zahoti bugun bu iborani juda ko'p 
ishlatganini angladi. Erim bunga e'tibor 
bermadimikin, deya eriga o'girildi, lekin 
Devidning yuzidan hech nimani anglab 
bo'lmadi. 
- Biz odatda o'z hayotimizga sira aloqasi 
bo'lmagan kitoblarni o'qiymiz. Ishimiz 
shunday. Bu hafta menga avval Tehronda 
ishratxona egasi bo'lgan va mamlakatdan 
qochishga majbur bo'lgan eronlik ayolning 


kitobini o'qishimga to'g'ri keldi. Unga yozgan 
kitobingni Eron agentligiga yubor, deyishim 
kerakmidi? 
- Yo'q, albatta, - g'o'ldiradi Ella o'zini 
ahmoqona va shuning bilan birga aybdor his 
etarkan. 
- Haqiqiy adabiyotning kuchi odamlarni va 
kontinentlarni birlashtira olishida emasmi? 
- Ha, to'g'ri aytdingiz. Mening gaplarimni 
xayolingizdan chiqarib tashlang. Mening 
hisobotim kelishilgan muddatda stolingiz 
ustida bo'ladi, - dedi Ella, o'ziga ahmoq bir 
ta'viyaday qaragan Misheldan ham, bunga yo'l 
qo'yib bergan o'zidan ham nafratlanarkan. 
- Juda soz, shunday bo'lsin, - cho'zib dedi 
Mishel. - Meni to'g'ri tushuning, lekin 
o'rningizni egallashni xohlaydigan o'nlab 
odamlar ham borligini unutmasangiz yaxshiroq 
bo'lardi. Aytmoqchi, ulardan ko'plari sizdan 
ikki barobar yosh ham. Ularning afzalligi bor, 
deb o'ylayman. 
Ella telefon trubkasini joyiga qo'yib qaraganida 


Devid uni diqqat bilan kuzatayotganini ko'rdi. 
Aftidan u o'zaro munosabatlarini aniqlashni 
kelgan joyidan davom etishini kutayotgan edi. 
Keyin, kechga yaqin, Ella uyga kiraverishdagi 
ayvonda o'zi yaxshi kurgan tebranuvchi 
o'rindiqda o'tirar va Nortgempton osmonida 
to'q sarg'ish-qizg'ish nurlanib botayotgan 
quyoshni kuzatardi. Osmon qo'l cho'zib, tegsa 
bo'ladigan darajada yaqin ko'rinardi. Ellaning 
fikru xayoli yana odatdagi yo'nalishga tushdi: 
Orli tuzuk ovqatlanmayapti. Avining baholari 
uncha yaxshi emas. Spirit quvvatsizlanib 
borayapti. Janetning nikoh haqidagi rejasi, 
Devidning yashirin ishqiy yurishlari, sevgi 
tuyg'usining yo'qligi... Ella kundalik hayotidagi 
mana shu ko'ngilsizliklarning barchasini fikran 
ko'zdan kechirib, miyasidagi tegishli 
g'aladonlarga joyladi va keyinroq ochish uchun 
yaxshilab berkitdi. 
Shundan keyin konvertdan qo'lyozmani oldi va 
xuddi vaznini o'lchayotganday kaftlarida biroz 
ushlab turdi. Muallif roman nomini konvert 


ustiga ko'k rangli siyohda «Shirin shakkoklik» 
deb yozgan edi. 
Agentlikdagilar Ellaga muallif haqida hech kim 
hech nima bilmasligini - bu Gollandiyada 
yashovchi qandaydir A.Z. Zaxara ekanini 
aytishgan edi. Qo'lyozma agentlikka 
Amsterdamdan jo'natilgan, konvert ichida yana 
ustki tomoni turli pushti, sariq, qizil rangli 
lolalarning suvrati tushirilgan pochta 
kartochkasi ham bor edi. Kartochkaning orqa 
tomoniga esa chiroyli dastxat bilan quyidagi 
satrlar yozilgan edi: 

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin