Salom! Siz kutayotgan inson – menman! “Kardiomiopatiya” nomli hastalikka naq 3 yil o’tib mana shu bugun davo topish arafasida turibman. Buning uchun ilmiy salohiyatim yetarli bo’lishiga qaramay, izlanishlar olib borishim uchun yetarli texnik bazaga ega emasman. Shu sababdan dunyodagi eng zamonaviy texnologiyalarga ega bo’lgan kasalxonangizdan foydalanishga majburman. Amalga oshiradigan ishlarim uchun sizdan hech qanday haq talab qilmayman. Butun insoniyat uchun bu imkonni menga berishingizga to’g’ri keladi. Aks holda shu ondan e’tiboran kardiomiopatiya kasalligidan vafot etgan har bir bemor uchun xalqaro sudda sizlarga qarshi da’vo qo’zg’atishga majbur bo’laman. Siz agar ba’zi bir hastaliklarga davo topish tibbiy jihatdan imkonsiz ekaniga ishonsangiz, maktubimni o’qir ekan, so’nggi gapim huquqiy jihatdan imkonsiz ekanini o’ylashingiz mumkin. Bunga hayron qolmadim. Aytgan so’zlarim sizda bir tahdid singari fikr uyg’otgan bo’lsa, to’g’ri o’ylabsiz, haqiqatda shunday. Sizlarga insonlarning ahmoqona hastaliklardan o’lib ketmasliklari uchun “Kendin’s33” jamoasi nomidan tahdid qilyapman. Zamondan ortda qolmasligingizni tilab qolaman... Eslatma: Men bilan birgalikda ish olib borishni sabrsizlik bilan kutayotganingizni bilaman. Ammo, bu yerda bitirishim kerak bo’lgan bir qancha muhim ishlarim bor, shu sabab bir haftasiz kela olmayman. Doktor Kayra Zenden Barcha zamonlarning eng muvaffaqiyatli kardiologi
194
Maktublar jo’natilgandan so’ng bir necha kun ichida ularning
ko’pidan ijobiy javob keldi. Javob kelmaganlariga esa ikkinchi
bir maktub yuborildi:
Salom! Guruhimizdan bo’lgan shifokor do’stimning sizga yuborgan maktubiga ijobiy yoki salbiy bo’lsin, biron javob ololmadik. Sizga quyidagi faylda boshqa bemorlarning holati, bizlarga nisbatan ijobiy yondashuvi hamda xatlarimizga kelgan javoblarni yuboryapman. Agar siz bizga mavzu bilan aloqador biror javob bermas ekansiz, sizga qarshi da’vo ochish bilan bir qatorda, “Kendin’s33” maqsadiga erishgan kun siz bilan uzoq tushuntirish ishlarini olib borishimizga to’g’ri keladi. Qudratimizga yengil baho bermasligingizni tavsiya etaman... Ishonchim komilki, siz quyosh kabi nur sochadigan marvaridni ko’rmagansiz. Zamondan ortda qolmasligingizni tilab qolaman... Doktor Kendin Sandin O’zini tanigan inson Bu ikkinchi maktubdan so’ng boshqa kasalxonalar harakatga
tushib qolishdi va kutilgan ijobiy javoblar olindi. Natijada, 33
shifokor o’zlari istagan tashkilotlarda tadqiqotlar o’tkazish
imkonini qo’lga kiritdilar. Aytgandek, “Kendin’s33” jamoasi
shifokorlari o’zlari boradigan kasalxonada hali ish boshlamay
turib mashhur bo’lishning uddasidan chiqdilar.
Shunday qilib, “Kendin’s33” shifokorlari butun dunyoga
tarqaldi. Ular shu onda kechalarni kunduzlarga ulab, insoniyot
nomidan tibbiyot imkonsizliklarini yo’q etmoqdalar. Agar
195
qayerdadir “Ixtirochi shifokor” yoki “Falon hastalikka davo
topgan qobiliyatli doktor” deya ta’rif etilgan biron kimsani
ko’rsangiz, u, shubhasiz, “Kendin’s33” ga mansubdir.