Tarmoq texnologiyasi: tushunchasi va mazmuni



Yüklə 1,58 Mb.
səhifə22/24
tarix07.12.2022
ölçüsü1,58 Mb.
#72930
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Tarmoq texnologiyasi tushunchasi va mazmuni

Chastota modulyasiyasi.
Chastota modulyasiyasida axborot uzatilayotgan signalning chastotasida bo’ladi. Har bir K = log2M belgini uzatish intervalida axborotli bit uzatilayotgan S(t), 0 ≤ t < Ts ,signal chastotasida kodlashtiriladi, natijada uzatilayotgan signal quyidagi ko’rinishda bo’ladi: Si(t) = A cos (2πφi), bu yerda i – log2M bitga mos keluvchi i - xabarning indeksi, φi esa i – tashuvchi chastotaga mos keluvchi faza. Signal fazosidagi tasavvurlar quyidagini beradi: Si(t) = ∑ , bu yerda sij = Aδ(i -j), φj(t) = cos (2πfit + φj), bunda bazisli funksiya turli tashuvchi chastotalarga mos keladi va har bir vaqt intervalida faqatgina bitta shunday bazis funksiya uzatiladi.Bazi funksiya tashuvchi chastotalarning minimal farqida orthogonal hisoblanadi, ya’ni φi = φj uchun Δf = minij || = 0,5 / Ts va φi φj uchun esa, Δf =1/ Ts.Chastota modulyasiyasida axborot signal chastotasining o’zgarishida bo’lgani uchun, uzatilayotgan S(t) signal doimiy egiluvchi A ga ega bo’ladi. Bunday signal uchun quvvat bo’yicha yuqori samaraga ega nochiziqli kuchaytirgichlardan foydalanish mumkin, bundan kelib chiqib, modulyasiyalangan signal kanallar yoki apparaturalar hosil qiladigan amplituda bo’yicha buzilishlarga kam ta’sirchan bo’ladi. 5.22-rasmda belgilarning berilgan ketma-ket davrli, oddiy chastotali modulyasiyali signalni shakllantiruvchi modulyatorning tuzilishi ko’rsatilgan.


5.22-rasm. Chastotali modulyator.

Qabul qilinayotgan har bir davrdagi belgilarni demodulyasiya qilish 5.23-rasmda ko’rsatilgan demodulyator yordamida amalga oshiriladi. Rasmda ko’rsatilgan demodulyatorda j-tashuvchi signal, uzatkichdagi j-tashuvchi signalning fazasi bilan moslashtirilgan bo’lishi kerak. Bu esa, amplitudali va fazali modulyasiyadagi kogerent tayanch fazaga talabni eslatadi.

5.23-rasm. chastotali demodulyator


Chastota modulyasiyasidagi muammo bo’lib, turli tashuvchi chastotalar turlicha fazalarga ega bo’ladilar, ya’ni i ≠ j bo’lganda φi ≠ φj, shuning uchun har bir Ts vaqt intervalida uzatilayotgan signalda faza sakrashi kuzatiladi. Bunday sakrashlar signalning chastota diapazonini sezilarli oshirib yuboradi. Shuning uchun amaliyotda uzluksiz fazaga ega chastotali modulyasiyalangan signalni shakllantiruvchi alternativ modulyatordan foydalaniladi.

Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin