Salom do'stlar. Bugungi maqolam "Tarmoq" tushunchasi haqida qisqacha tushunchalarga ega bo'lishga asoslangan. Unda boshladik.
TARMOQ
Tarmoq - bu ikki yoki undan ortiq qurilmalarni bog'lanishidan hosil bo'ladigan aloqadir. Bunga misol qilib ixtiyoriy narsa olish mumkin. Masalan bir kompyuterdan boshqasiga ma'lumot uzatish yoki bir necha kishilik yoki jamoaviy o'yinlarni o'ynash imkoniyati mavjud. 2ta insonni telefon orqali suhbat qurishida ham asosi sifatida tarmoq yotadi. Qisqacha aytadigan bo'lsak, har qanday qurilmani boshqa qurilmalar bilan aloqa qilishida tarmoq tushunchasi yotadi.
TARMOQ KOMPONENTALARI
1. Qurilma: a) Oxirgi qurilmalar (kompyuter, telefon, printer, faks va h.k);
b) Oraliq qurilmalari (router, switch, hub va h.k);
2. Vosita (ulanish usuli): a) mis (med) kabel:
1) simmetrik - parali kabellar;
2) koaksial;
b) Optik kabel:
1)bir modali – magistralda ishlatiladi;
2)ko'p modali – lokal tarmoqda ishlatiladi;
c) Simsiz aloqa (wi-fi, bluetooth va h.k);
3. Xizmat - Tarmoq taqdim etadigan xizmatlar (audio/video qo'ng'iroq, ma'lumot uzatish va h.k)
TARMOQ TURLARI
PAN (Personal Area Network) – ko'pi bilan 8ta qatnashchilar mavjud bo'lishi mumkin va radius qamrovi 30 metrgacha.
LAN (Local Area Network) – 10 tadan 100 gacha foydalanuvchilar mavjud bo'lishi mumkin va radius qamrovi 100 metrgacha.
CAN (Campus Area Network) – o'ziga bir necha LAN tarmoqlarini birlashtiradi. Katta va ko'p segmentli LAN hosil qilinadi.