Keng polosali tarmoqlarda xizmatlar Keng polosali tarmoqlar yaratilishidan asosiy maqsad telekommunikatsiya tarmoqlari mijozlariga yuqori sifatli ko‘p sondagi xizmatlarni taqdim etishdir. Chunki, aloqa tarmog‘ining chastota polosasi kengligi qanchalik katta bo‘lsa unda amalga o‘shiriladigan xizmatlar sifati va soni shunchalik yuqori bo‘ladi. Keng polosali tarmoqlar orqali abonentlarga taqdim etiluvchi xizmatlarni quyidagi tartibda klassifikatsiya qilish mumkin: 1. Kontent bo‘yicha (uzatiluvchi axborot turi bo‘yicha) xizmatlarning klassifikatsiyasi. 2. Xizmatga mijozni kirish imkoniyati ta'minlab berish usuli bo‘yicha xizmatlarning klassifikatsiyasi. 3. Mijoz turi bo‘yicha xizmatlarning klassifikatsiyasi. 4. Ma'lumotlar turlari almashish bo‘yicha xizmatlarning klassifikatsiyasi. Bu turdagi xizmatlar quyidagilarga bo‘linadi: telefoniya (videotelefoniya) xizmatlari; ma'lumotlar uzatish xizmatlari; keng eshittirish xizmatlari; ajratilgan kanallarning xizmatlari (axborot turiga qaramaydi); infrastrukturali xizmatlari. Telefoniya xizmatlarga ovoz signalini yuborish xizmatlari kiradi, bularga statsionar va mobil tarmoqlarning xizmatlari hisoblanadi. Bu Yerda videokonferensiya aloqani ta'minlab berish ham kiritilgan bo‘lib, ma'lumotlar uzatish xizmatlari ularni amalga oshirishda qo‘llaniluvchi protokolning turiga (IP, ATM, FR, X.25) bog‘liq ravishda ajratiladi. Keng eshittirish xizmatlari bu – bir nechta mijozlarga bir tomonlama signallarni yuborish orqali amalga oshiriladi. Bunday xizmatlarga tele va radioeshittirish xizmatlarini misol keltirish mumkin. Ajratilgan kanallarning xizmatlari trafik turi va soniga, kanallarni ishlatishga qaramay, ta’rif siyosati bo‘yicha xizmatlarni ta’minlab beradi. Bunda, tariflarning turi faqat kanal turiga va o‘tkazish qobiliyatiga bog‘liq bo‘ladi. Infrastrukturali xizmatlari mijoz ma'lumotlarni yuborish bilan bog‘liq bo‘lmagan xizmatlar hisoblanadi. Bularga xar xil konsultatsiya xizmatlari, xonalarni yoki qurilmalarni ijaraga berish xizmatlari kiradi. Xizmatga mijozni kirish imkoniyati ta'minlab berish usuli bo‘yicha xizmatlarning klassifikatsiyasi foydalangan texnologiyaga qarab bo‘linadi: ISDN, SDH, Frame Relay, ATM, Ethernet, xDSL (ADSL, SDSL, SHDSL), Passive Optikal Network, PON; koaksial va optik kabel asosida gibrid tarmoqlari HFC. Mijoz turi bo‘yicha xizmatlarning klassifikatsiyasi quyidagi guruxlarga bo‘linadi: boshqa aloqa operatorlarga ta'minlab beradigan xizmatlar; korporativ mijozlarga ta'minlab beradigan xizmatlar; shaxsiy foydalanuvchilarga ta'minlab beradigan xizmatlar. Ma'lumotlar turlari almashish bo‘yicha xizmatlarning klassifikatsiyasi quyidagi turlariga bo‘linadi: O‘zining tarmoq resurslarga kirish imkoniyatini ta'minlab berish; Ikki tomonli almashuv; Tranzit; ma'lumotlar almashish markaz bilan aloqada bo‘lish; O‘zini tarmog‘ida Internetga kirishni ta'minlab beradigan serverlarni o‘rnatish. Intellektual xizmatlarni ta'minlab berish. Xosting xizmatlari.