Tarmoq xavfsizligi standartlari (O‘z dst iso/iso 27033)



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə4/6
tarix20.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#158221
1   2   3   4   5   6
Xurmatov Muhammadabdullo

VPN xavfsizligi shlyuzining adresi kiruvchi tunnellanuvchi paketning tashqi adresi sifatida ko‘rsatiladi, paketning ichki adresi esa shlyuz orqasidagi muayyan xost adresi hisoblanadi. VPN xavfsizligi shlyuzi alohida dasturiy echim, alohida apparat qurilmasi, hamda VPN vazifalari bilan to‘ldirilgan marshrutizatorlar yoki tarmoqlararo ekran ko‘rinishida amalga oshirilishi mumkin. Axborot uzatishning ochiq tashqi muhiti ma’lumot uzatishning tezkor kanallarini (Internet muhiti) va aloqaning sekin ishlaydigan umumfoydalanuvchi kanallarini (masalan, telefon tarmog‘i kanallarini) o‘z ichiga oladi. Virtual xususiy tarmoq VPNning samaradorligi aloqaning ochiq kanallari bo‘yicha aylanuvchi axborotning himoyalanish darajasiga bog‘liq. Ochiq tarmoq orqali ma’lumotlarni xavfsiz uzatish uchun inkapsulyasiyalash va tunnellash keng ishlatiladi.

  • VPN xavfsizligi shlyuzining adresi kiruvchi tunnellanuvchi paketning tashqi adresi sifatida ko‘rsatiladi, paketning ichki adresi esa shlyuz orqasidagi muayyan xost adresi hisoblanadi. VPN xavfsizligi shlyuzi alohida dasturiy echim, alohida apparat qurilmasi, hamda VPN vazifalari bilan to‘ldirilgan marshrutizatorlar yoki tarmoqlararo ekran ko‘rinishida amalga oshirilishi mumkin. Axborot uzatishning ochiq tashqi muhiti ma’lumot uzatishning tezkor kanallarini (Internet muhiti) va aloqaning sekin ishlaydigan umumfoydalanuvchi kanallarini (masalan, telefon tarmog‘i kanallarini) o‘z ichiga oladi. Virtual xususiy tarmoq VPNning samaradorligi aloqaning ochiq kanallari bo‘yicha aylanuvchi axborotning himoyalanish darajasiga bog‘liq. Ochiq tarmoq orqali ma’lumotlarni xavfsiz uzatish uchun inkapsulyasiyalash va tunnellash keng ishlatiladi.

Tunnellash usuli bo‘yicha ma’lumotlar paketi umumfoydalanuvchi tarmoq orqali xuddi oddiy ikki nuqtali ulanish bo‘yicha uzatilganidek uzatiladi. Har bir "jo‘natuvchi-qabul qiluvchi" juftligi orasiga bir protokol ma’lumotlarini boshqasining paketiga inkapsulyasiyalashga imkon beruvchi o‘ziga xos tunnel-mantiqiy ulanish o‘rnatiladi. Tunnellashga binoan, uzatiluvchi ma’lumotlar porsiyasi xizmatchi hoshiyalar bilan birga yangi "konvert"ga "joylash" amalga oshiriladi. Bunda pastroq sath protokoli paketi yuqoriroq yoki xudi shunday sath protokoli paketi ma’lumotlari maydoniga joylashtiriladi. Ta’kidlash lozimki, tunnelashning o‘zi ma’lumotlarni ruxsatsiz foydalanishdan yoki buzishdan himoyalamaydi, ammo tunnellash tufayli inkapsulyasiyalanuvchi dastlabki paketlarni to‘la kriptografik himoyalash imkoniyati paydo bo‘ladi. Uzatiluvchi ma’lumotlar konfidensialligini ta’minlash maqsadida jo‘natuvchi dastlabki paketlarni shifrlaydi, ularni, yangi IP sarlavha bilan tashqi paketga joylaydi va tranzit tarmoq bo‘yicha jo‘natadi.Ochiq tarmoq bo‘yicha ma’lumotlarni tashishda tashqi paket sarlavhasining ochiq kanallaridan foydalaniladi. Tashqi paket himoyalangan kanalning oxirgi nuqtasiga kelishi bilan undan ichki dastlabki paket chiqarib olinib, rasshifrovka qilinadi va uning tiklangan sarlavhasi ichki tarmoq bo‘yicha keyingi uzatish uchun ishlatiladi.

  • Tunnellash usuli bo‘yicha ma’lumotlar paketi umumfoydalanuvchi tarmoq orqali xuddi oddiy ikki nuqtali ulanish bo‘yicha uzatilganidek uzatiladi. Har bir "jo‘natuvchi-qabul qiluvchi" juftligi orasiga bir protokol ma’lumotlarini boshqasining paketiga inkapsulyasiyalashga imkon beruvchi o‘ziga xos tunnel-mantiqiy ulanish o‘rnatiladi. Tunnellashga binoan, uzatiluvchi ma’lumotlar porsiyasi xizmatchi hoshiyalar bilan birga yangi "konvert"ga "joylash" amalga oshiriladi. Bunda pastroq sath protokoli paketi yuqoriroq yoki xudi shunday sath protokoli paketi ma’lumotlari maydoniga joylashtiriladi. Ta’kidlash lozimki, tunnelashning o‘zi ma’lumotlarni ruxsatsiz foydalanishdan yoki buzishdan himoyalamaydi, ammo tunnellash tufayli inkapsulyasiyalanuvchi dastlabki paketlarni to‘la kriptografik himoyalash imkoniyati paydo bo‘ladi. Uzatiluvchi ma’lumotlar konfidensialligini ta’minlash maqsadida jo‘natuvchi dastlabki paketlarni shifrlaydi, ularni, yangi IP sarlavha bilan tashqi paketga joylaydi va tranzit tarmoq bo‘yicha jo‘natadi.Ochiq tarmoq bo‘yicha ma’lumotlarni tashishda tashqi paket sarlavhasining ochiq kanallaridan foydalaniladi. Tashqi paket himoyalangan kanalning oxirgi nuqtasiga kelishi bilan undan ichki dastlabki paket chiqarib olinib, rasshifrovka qilinadi va uning tiklangan sarlavhasi ichki tarmoq bo‘yicha keyingi uzatish uchun ishlatiladi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin