§3. Port scanning hujum turi Port scanning hujum turi odatda tarmoq xizmatini ko‘rsatuvchi kompyuterlarga nisbatan ko‘p qo‘llanadi. Tarmoq xavfsizligini ta’minlash uchun ko‘proq virtual portlarga e’tibor qaratishimiz kerak. Chunki portlar ma’lumotlarni kanal orqali tashuvchi vositadir. Kompyuterda 65 536ta standart portlar mavjud. Kompyuter portlarini majoziy ma’noda uyning eshigi yoki derazasiga o‘xshatish mumkin. Portlarni tekshirish hujumi esa o‘g‘rilar uyga kirishdan oldin eshik va derazalarni ochiq yoki yopiqligini bilishiga o‘xshaydi. Agar deraza ochiqligini o‘g‘ri payqasa, uyga kirish oson bo‘ladi. Hakker hujum qilayotgan vaqtda port ochiq yoki foydalanilmayotganligi haqida ma’lumot olishi uchun Portlarni tekshirish hujumidan foydalanadi.
Bir vaqtda barcha portlarni tahlil qilish maqsadida xabar yuboriladi, natijada real vaqt davomida foydalanuvchi kompyuterning qaysi portini ishlatayotgani aniqlanadi, bu esa kompyuterning nozik nuqtasi hisob-lanadi. Aynan ma’lum bo‘lgan port raqami orqali foydalanuvchi qanday xizmatni ishlatayotganini aniq aytish mumkin. Masalan, tahlil natijasida quyidagi port raqamlari aniqlangan bo‘lsin, aynan shu raqamlar orqali foydalanilayotgan xizmat nomini aniqlash mumkin
Port #110: POP3 (Post Office Protocol 3) E-mail portokoli.
Portlarni tekshirish hujumiga qarshi samarali himoya yechimi tarmoqlararo ekran texnologiyasidan unumli foydalanish kutilgan natija beradi. Barcha portlarni bir vaqtda tekshirish haqidagi kelgan so‘rovlarga nisbatan tarmoqlararo ekranga maxsus qoida joriy etish yo‘li bilan hujumni bartaraf etish mumkin.
Yillar davomida tashkilotlar kichik shaharcha aholisi uylarining eshiklarini qulflamagandek tarmoq xavfsizligiga e’tiborsiz edi. Internet va global tarmoqning keng tarqalishi tarmoqqa bo‘lgan bunday munosabatga o‘z ta’sirini o‘tkazishi natijasida ochiq eshiklar yopiladigan va qulflanadigan bo‘ldi.