O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi qonuni, «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunlarida axborot xavfsizligini ta’minlash sohasidagi davlat siyosati axborot sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan hamda shaxs, jamiyat va davlatning axborot borasidagi xavfsizligini ta’minlashdan iborat deb belgilangan.
Axborotni muhofaza qilish har qanday shaklda ma’lumotlarning yo‘qolishi (o‘g‘irlanishi, yo‘qolishi, buzib ko‘rsatilishi, qalbakilashtirilishi) natijasida buzilishining oldini olishni ta’minlashi kerak. Axborotni muhofaza qilish tadbirlarini tashkil etish amaldagi qonunlar va normativ hujjatlarga to‘liq muvofiq ravishda amalga oshirilishi kerak.
Axborot resurslari va axborot tizimlarini muhofaza qilish quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
Axborot resurslari va axborot tizimlarini muhofaza qilish quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
shaxs, jamiyat va davlatning axborot xavfsizligini ta’minlash;
axborot resurslarining tarqalib ketishi, o‘g‘irlanishi, yo‘qotilishi, buzib talqin etilishi, to‘sib qo‘yilishi, qalbakilashtirilishi va ulardan boshqacha tarzda ruxsatsiz erkin foydalanilishining oldini olish;
axborotni yo‘q qilish, to‘sib qo‘yish, undan nusxa olish, uni buzib talqin etishga doir ruxsatsiz harakatlarning hamda axborot resurslari va axborot tizimlariga boshqa shakldagi aralashishlarning oldini olish;
axborot resurslaridagi mavjud davlat sirlari va maxfiy axborotni saqlash.
Axborot resurslari va axborot tizimlari, agar ular bilan g‘ayriqonuniy munosabatda bo‘lish natijasida axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining mulkdorlariga, egalariga yoxud boshqa yuridik hamda jismoniy shaxslarga zarar yetkazilishi mumkin bo‘lsa, muhofaza qilinishi kerak. Davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar davlat sirlari hamda maxfiy sirlar to‘g‘risidagi axborotni o‘z ichiga olgan axborot resurslari va axborot tizimlarining muhofaza qilinishini ta’minlashi shart.Axborot resurslari va axborot tizimlari muhofaza qilinishini tashkil etish tartibi ularning mulkdorlari, egalari tomonidan mustaqil belgilanadi.