Tarmoq adapteri (kartasi) Ma’lumotlarni kompyuter tarmog‘ida bitta kompyuterdan boshqasiga uzatish paytida kompyuter va aloqa kanali ishini muvofiqlashtiruvchi plata shaklida yaratilgan moslashtirgich. Tarmoq kartasi kompter shinasidan parallel ravishda keluvchi va axborot so‘zlarining ikkilik xonalariga mos signallarni aloqa liniyasi orqali ketma-ket uzatiluvchi yuqori chastotali impulslarga ugiradi. KONSENTRATOR (HUB) ingliz tilida : concentrator (HUB) Kompyuterlarni mahalliy tarmoqqa ulash uchun ishlatiladi. Odatda signal kuchaytiruvchisi bilan birlashtiriladi. Xab yordamida bog‘langan kompyuterlar muloqoti “bittasi uzatadi – barcha eshitadi” tamoili bo‘yicha amalga oshiriladi. Eng oddiy xablar ko‘p portli takrorlovchilardir (povtoritel). Xablar BNC, RJ-45, AUI ulash uyalari to‘plamiga ega bo‘lib, manbadan qabul qiluvchiga uzatish uchun kabel tanlashni ta’minlashi mumkin. Xab portiga alohida bog‘lama ham, boshqa xab ham ulanishi mumkin. Turli xil portlar to‘plamiga ega bo‘lgan xablar turli kabel tizimli tarmoq qismlarini birlashtirish imkonini beradi. S WITCH - (UZIB-ULAGICh) ingliz tilida: switch rus tilida: kommutator Kompyuterlarni mahalliy tarmoqqa birlashtirish qurilmasi. Bunday tarmoqda kompyuterlarning juftlangan kommunikatsiyasi hamda bir necha ma’lumotlar oqimlarining bir paytning o‘zida mavjud bo‘lishi mumkin. Xab yordamida qurilgan tarmoqdan farq qiladi. Ya’ni, bu yerda uzib-ulash ma’lumotlarga birorta ishlov bermasdan amalga oshiriladi. Uzib-ulagich buferga ega emas va ma’lumotlarni yig‘a olmaydi. Lokal xisoblash tarmoqlari topologiyalari Topologiya – lokal hisoblash tarmog‘idagi kompyuterlarning joylashishini ifodalovchi termin Topologiya tarmoqning umumiy tarkibiy tuzilmasidir. Tarmoq topologiyasi kompyuter, kabel va tarmoqning boshqa tarkibiy qismlarini jismoniy joylashuvini ifodalaydi. Har bir topologiya aniq shartlarni qo‘yadi. Turli topologiyalar kompyuterlarni tarmoqda aniq o‘zaro ishlash usuliga ham talab qo‘yadi. Asosiy topologiyalarga Shina - (shina, bus ) Yulduz - (zvezda, star ) Halqa - (kolso, ring) topologiyalari kiradi. Agar kompyuterlar bir kabel (segment) bo‘ylab ulangan bo‘lsa, bunday topologiya shina deb ataladi.
Shina toplogiyasi ko‘rinishi Agar kompyuterlar bir nuqtadan chiqqan segmentlarga yoki to‘plagichga ulangan bo‘lsalar, bunday topologiya yulduz deb ataladi.
Yulduz toplogiyasi qo‘rinishi Agar kompyuterlar ulangan kabel halqa qilib ulangan bo‘lsa, bunday topologiya halqa deb ataladi.
Xalqa topologiyasi ko‘rinishi Bunday tarmoqlar shina tarmog‘idan keskin farq qiladi. Har bir kompyuter qabul qilingan signallarni kuchaytiradi va ularni navbatdagi kompyuterga uzatib repiter vazifasini bajaradi. Yulduz tarmog‘idan esa tarmoqdagi kompyuterlar orasida uzluksiz aloqa bulishini talab qiladi. Shu sababli biror kompyuterning ishdan chiqishi butun tarmoqning ish faoliyatini to‘xtatib qo‘yadi. Yuqoridagi topologiyalarning qiyosiy harakteristikalari
Topologiya
Qulayligi
Kamchiligi
Shina
• kabel tejaladi • oson kengaytiriladi • sodda va kafolatli
-kabelni ishdan chiqishi, tarmoq ishini to‘xtatadi.
-ma’lumotlarning ko‘pligi, utkazish qobiliyatini pasaytiradi.
Yulduz
-kompyuterlar sonini oson ko‘paytirish mumkin.
-markazdan boshqarish va nazorat qilish mumkin.
-biror kompyuterning ishdan chiqishi tarmoqqa ta’sir qilmaydi.
-markaziy konsentratorning ishdan chiqishi, tarmoqni ish faoliyatini to‘xtatib qo‘yadi.
Xalqa
-barcha kompyuterlar bir xil mavqega ega.
-foydalanuvchilar soni katta axamiyatga ega emas.
-biror kompyuterning ishdan chiqishi tarmoq faoliyatini to‘xtatib qo‘yadi.
-tarmoq konfiguratsiyasini o‘zgartirish tarmoq ishini to‘xtatadi.